O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə145/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

2-§. Jamoat kontroli


Davlat boshqaruv organlarining faoliyatida qonuniylik va huquq- tartibotga rioya qilishni ta’minlashda jamoat kontrolining roli juda katta. Jamoat kontroli jamoat birlashmalari, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushma- lari, ularning huquqlari va faoliyati to‘g‘risida»gi 1992-yil 2-iyul qonuniga asosan, kasaba uyushmalari jamoat kontrolini olib borish huquqiga egadirlar. Ana shu maqsadda kasaba uyushmalari mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadilar. Davlat boshqaruvi va xo‘jalik organlari mehnatkash- larning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlariga daxldor normativ hujjatlarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashini kamida bir hafta oldin xabardor etgan holda qabul qilishlari kerak.
Ma’muriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv orga- nining tashabbusi bilan ish sharoitining yomonlashuviga olib keladigan korxonani va undagi tarkibiy bo‘linmalarni tugatish, ishlab chiqarishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish tegishli kasaba uyushmalari kamida uch oy oldin xabardor qilib qo‘yilgan va ular bilan mehnat jamoalarining huquqlari hamda manfaatlariga rioya etish yuzasidan muzokara o‘tkazilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Kasaba uyushmalari aholini ish bilan ta’minlashning ahvolini va bu sohadagi qonunlarga rioya etilishini kontrol qilib boradilar. Kasaba uyushmalari ma’muriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan organlar bilan jamoa nomidan muzokaralar olib borishda va jamoa shartnomalari, bitimlari tuzishda ustuvor huquqqa ega bo‘lib, ularning bajarilishini kontrol qiladilar.
Kasaba uyushmalarining respublika va hududiy birlashmalari o‘z vakolatlari doirasida aholini ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini, narx-navo indeksi o‘zgarishiga qarab tovon to‘lash miqdorini aniqlashda qatnashadilar; qonunda belgilab qo‘yilgan kun kechirishning eng past darajasiga hamda pensiyalar, stiðen- diyalar va nafaqalar miqdoriga rioya etilishini kontrol qiladilar.
Kasaba uyushmalari ma’muriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv organi mehnat va kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilinishini kontrol qilib boradilar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilishga haqlidirlar. Ma’muriyat mehnat va kasaba uyushmalariga oid qonunlar buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqib, uning natijalari to‘g‘risida bir oy muddat ichida kasaba uyushmasiga xabar qilishlari shart.
Kasaba uyushmalari mehnat qiluvchilarning mehnat huquqla- rini himoya qilib, da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqlidirlar. Shu maqsadda, kasaba uyushmalari inspeksiyalar, huquqiy yordam xizmatlari va boshqa zarur idoralarga ega bo‘lishi mumkin.
Ma’muriyat jamoa shartnomasi shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, kasaba uyushmalari ana shu qoidabuzarlikni bartaraf etish to‘g‘risida ma’muriyatga taqdimnoma kiritishga haqlidir, bu taqdimnoma bir hafta ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
Kasaba uyushmalari o‘z kontrol huquqlarini asosan, jamoat nazoratchilari, jamoat kontrol komissiyalari orqali amalga oshiradilar. Kasaba uyushmalari davlat boshqaruv organlarining faoliyatini kontrol qilish jarayonida asosan, ularning o‘z ishini rejalashtirish, operativ boshqaruvni tashkil etish, kadrlar masalasini hal qilish, ishni tashkil etish va muhofaza qilish, ish haqini to‘g‘ri aniqlashga qaratadilar. Bundan tashqari, kasaba uyushmalari savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalarining, uy-joy shirkatlari va sog‘liqni saqlash hamda madaniyat sohalaridagi muassasalarning ishlarini ham kontrol qilib turadilar. Davlat boshqaruv organlari va xo‘jalik organlari faoliyatini kontrol qilishda jamoat komissiyalarining ahamiyati katta.
Davlat boshqaruv organlarining faoliyati ustidan kontrol yuqorida ko‘rsatilgan jamoat tashkilotlaridan tashqari olimlarning jamiyati, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar tomonidan o‘z sohalari bo‘yicha olib boriladi.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin