O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə183/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

OAKning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni attestat- siyadan o‘tkazishga rahbarlik qilish hamda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarga qo‘yiladigan talablarning yagonaligini ta’minlash;
ixtisoslashtirilgan kengashlar ishi va dissertatsiya ishlari sifatini, ularning ilmiy va amaliy qiymatini nazorat qilib borish;
ilmiy unvonlar va ilmiy darajalarga qo‘yiladigan malaka talablarini xalqaro andazalarga muvofiq holga keltirish.
OAK raisi, uning o‘rinbosarlari, bosh ilmiy kotib va OAK ilmiy Kengashi boshqa a’zolaridan iborat Rayosat OAKning rahbarlik qiluvchi ijro etuvchi organi hisoblanadi. Rayosatning tarkibiy soni va shaxsiy tarkibini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. OAK Rayosati ixtisoslashtirilgan kengashlarni tashkil qilish tartibini ishlab chiqadi, ixtisoslashtirilgan kengashlarni tashkil etish uchun ruxsat beradi, ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi, ularga tegishli ixtisoslar bo‘yicha dissertatsiya ishlarini ko‘rib chiqish huquqini beradi; ekspertlar kengashini tuzish haqida qarorlar kiritadi va o‘z ishida ularga tayanadi, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish haqida qarorlar qabul qiladi. ixtisoslashtirilgan kengashlar va ilmiy unvonlar beruvchi kengashlar raislarining ishi to‘g‘risidagi hisobotlarni, davlat inspeksiyasi bo‘limi axborot- larini vaqti-vaqti bilan eshitib turadi, OAK plenumi ko‘rib chiqishi uchun kiritilgai hujjatlar loyihalarini muhokama qiladi, OAK
ixtiyoridagi boshqa masalalarni hal etadi.
OAK faoliyatiga oid kundalik masalalarni ko‘rib chiqish va hal etish, OAK bo‘limlari, bo‘linmalari ishiga tezkor rahbarlik qilish va ularni nazorat qilib borish, qabul qilingan qarorlarning ijrosini tekshirish, OAK apparati xodimlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish uchun OAK raisi, uning muovinlari, bosh ilmiy kotib hamda davlat bosh inspektoridan iborat OAK hay’ati tuziladi.
Ilmiy kengash Rayosati, hay’at ishiga OAK raisi rahbarlik qiladi.
Ilmiy kengash, Rayosat, uning hay’ati qarorlari ochiq ovoz berish orqali majlis ishtirokchilarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Taqdim etilgan dissertatsiyalarni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni
ko‘rib chiqish uchun OAK fan tarmoqlari bo‘yicha xalq xo‘jaligi va madaniyatning yetakchi mutaxassis olimlaridan iborat ekspertlar kengashlari tuzadi. Ekspertlar kengashlarining shaxsiy tarkibi oliy o‘quv yurtlari ilmiy tadqiqot institutlari va muassasalarining, fanlar akademiyalari, shuningdek, manfaatdor vazirliklar va idoralarning tavsiyalari hisobga olingan holda belgilanadi va keyinchalik kengashning kamida uchdan bir qismini yangilash sharti bilan, OAK Rayosati tomonidan 3 yil muddatga tasdiqlanadi. OAK apparati tuzilmasi va shtatdagi xodimlari soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. OAK apparatining xodimlari ro‘yxati, shuningdek, bo‘limlar, ekspertlar kengashlari to‘g‘risi- dagi nizomlar OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi. OAKning ishdan ozod etilmagan a’zolarining, ekspertlar kengashlarining, shuningdek, opponentlar va taqrizchilarning, jalb etilgan
mutaxassislarning mehnatiga belgilangan tartibda haq to‘lanadi.



    1. Yüklə 6,58 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin