O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Fan sohasini boshqarish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə182/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Fan sohasini boshqarish


O‘zbekiston — ilm-fan va madaniyat qadimdan taraqqiy etgan mamlakatlardan biridir. O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hudu- dida, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, to‘- qimachilik, me’morchilik, ma’danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. O‘zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni o‘rgandilar va boyitdilar. O‘zbekistonda hozir ham yuqorida sanab o‘tilgan sohalar rivoj- lantirilmoqda, ularning qatoriga yangilari qo‘shilmoqda.
O‘zbekiston olimlari o‘z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shdilar. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Nukus va Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bo‘limlari, Buxoroda ilmiy markazi, Urganchda Xorazm Ma’mun akademiyasi ochilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadigan ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlar, shuningdek, universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham olib boriladi. Ilmiy kadrlar Fanlar akademiyasi tizimida, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari, xalq ta’limi tizimida tayyorlanadi.
Ilmiy tadqiqot muassasalari tarmog‘i va ilmiy kadrlar sonining jadal o‘sishi, olimlar oldiga yangi-yangi vazifalarning qo‘yilishi ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish ishlarini takomillashtirishni taqozo etadi. Mamlakatimizda 1932- yilda Fan qo‘mitasi ta’sis etildi. 1940-yilda Fan qo‘mitasi negizida Ittifoq Fanlar akademiyasining O‘zbekiston filiali O‘zFan tuzildi. Shu davrda O‘zFan O‘zbekistonning ilmiy tadqiqot markaziga aylandi. 1943-yilda O‘zFan asosida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil qilindi. O‘sha paytda uning tarkibida o‘nta ilmiy tadqiqot instituti faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng, ilmiy tadqiqot muassasalarini bazaviy ta’min- lash tizimidan ilmiy-texnik vazifalarni hal qilishga qaratilgan maq- sadli loyihalarni moliyalashga o‘tish ilmiy jamoalarning ijodiy faolligini rag‘batlantirish, ularning sa’yi-harakatlarini real yakuniy natijalarga erishishga safarbar qilish, fan va texnika taraqqiyotining dolzarb masalalarini hal etishni, ularning ishlab chiqarishga joriy etilishini ta’minladi. Ilmiy-texnika sohasida xalqaro aloqalar jadal rivojlanib bordi.
O‘zbekiston Respublikasida fan va texnika sohalarini boshqarish bo‘yicha mustaqilligimizning ilk davrlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992-yil 18-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komiteti (O‘zbekiston Respublika FTDK) keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘ri- sida»gi 2002-yil 20-fevral farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ilmiy-texnika taraqqiyotini muvo- fiqlashtirish kengashi hamda uning ijroiya organi sifatida Fan va texnologiyalar markazi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2002-yil 4-mart qarori, shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2006- yil 7-avgust qaroriga asosan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tashkil etilib, nizomi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasida fanni rivojlantirishda avvalo Fanlar akademiyasining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur
muassasaga tabiiy, texnikaga oid va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy tekshirish ishlari olib borish vazifasi yuklatilgan. Fanlar akademiyasi o‘ziga bo‘ysungan ilmiy tadqiqot muassasalariga va institutlariga rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akade- miyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora- tadbirlari to‘g‘risida» 2004-yil 7-sentabr qarori qabul qilindi.
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida fanning rolini kuchaytirish, ilmiy-texnika taraqqiyoti boshqaruvini erkinlash- tirish, ilmiy tadqiqotlar, texnologik va konstruktorlik ishlanmalari darajasi, sifati va dolzarbligini oshirish, ulardan samarali foydalanishga sharoit yaratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnologiyalarni rivoj- lantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish vazifalari, zamonaviy fan yutuqlari hisobga olingan holda Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birga fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
vazirliklar va idoralarning ilmiy tadqiqot institutlari va muas- sasalari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassa- salari, Fanlar akademiyasining fan va texnologiyalar rivojla- nishining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha fao- liyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash;
ilmiy-texnika dasturlari amalga oshirilishini, shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlari natijalari iqtisod, ishlab chiqarish, ta’limning turli sohalarida qo‘llanilishini samarali monitoring qilishni tashkil etish; ilmiy-texnika sohasida o‘zaro foydali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mamlakat ilm sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, respublika ilmiy tashkilotlari, olimlari va mutaxassislarining xalqaro dasturlar va ilmiy loyihalar tanlovlarida qatnashishi uchun
ko‘maklashish.
Qo‘mita raisining o‘rinbosari — ijro etuvchi apparati rahbari maqomi, moddiy va maishiy ta’minot sharoitlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
Qo‘mita tomonidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa vazirlik va idoralarning ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari tomonidan fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ishlab chiqilgan ilmiy-texnika dasturlari asosida olib boriladi;
davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari fondlar, homiylardan tushgan mablag‘lar va xo‘jalik subyektlari bilan ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan shartnomalardan tushgan mablag‘lar moliyalash manbalari hisoblanadi;
davlat budjeti mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, yetakchi tadqiqot markazlariga, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga ajratiladi;
Innovatsiya, fan-texnika faoliyatini moliyalashtirish jamg‘ar- masini shakllantirish uchun mablag‘ vazirliklar, idoralar, xo‘jalik hisobidagi tuzilmalardan kelib tushadigan mablag‘lar, xalqaro grantlar, tijorat banklari va xorijiy moliya institutlarining maqsadli imtiyozli kreditlari bilan bir qatorda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan davlat budjetidan ajratiladi; Fanlar akademiyasi vazirliklar va idoralar tadqiqot va innovatsiya ishlari uchun ajratiladigan budjet mablag‘larini ilmiy tadqiqot, ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek, amalga oshirila- digan ilmiy-texnika loyihalariga ilmiy-texnika loyihalari eksperti-
zalari natijalariga qarab tanlov asosida mustaqil taqsimlaydi.
Har yili aspirantura, doktoranturaga qabul qilinadigan shaxslar soni Moliya vazirligi tomonidan maxsus ajratiladigan mablag‘lar doirasida o‘rnatilgan tartibda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar tomonidan aniqlanadi.
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akade-
miyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda ilmiy tadqiqot, ta’lim muassasalari, tajriba- konstruktorlik tashkilotlariga ega vazirliklar va idoralarda bajariladigan Fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining ilmiy- texnika dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash yangi tizimini shakllantirish, ularni respublika ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotining ustuvor muammolarini hal qilishga yo‘naltirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni ekspertiza qilishni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi ham (O‘zbe- kiston Respublikasi OAK) tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, vazirliklari, idoralar, o‘quv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va muassasalar kimga bo‘ysunishidan qat’i nazar, ular uchun majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (O‘zbekiston Respublikasi OAK) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 1992-yil 31-martda tashkil etilgan. Ushbu Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari haqida»gi 1992-yil 9-sentabr qarori qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (O‘zbekiston Respublikasi OAK) fan, texnika, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy, ilmiy- pedagog xodimlarga ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar beruvchi davlat organi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idora huquqlaridan foydalanadi va respublikada ilmiy, ilmiy-pedagog xodimlarni davlat yo‘li bilan attestatsiyadan o‘tkazishning ahvoli va tizimini takomillashtirish uchun mas’uldir.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin