Ikkinchibosqich,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari faoliyatini tako- millashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2001-yil 27-mart far- moni va uning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 21-aprelda
«Kriminal, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm na narkotrafikka qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida»gi, 2001-yil 7-mayda
«Jinoyatchilikka qarshi kurashda IIVning tergov xizmatlari rolini kuchaytirish haqida»gi, 2001-yil 15-maydagi «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash choralari to‘g‘risida»gi, 2001-yil 31-mayda
«O‘zbekiston Respublikasida patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash faoliyatini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi, 2001- yil 6-iyunda «Jinoyatchilikka qarshi kurashda profilaktika xizmati rolini kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi, 2001-yil 25-iyunda
«O‘zbekiston Respublikasida yong‘in xavfsizligi tizimini takomil- lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari shular jumlasidandir1. Xususan, o‘tkazilgan islohotlar natijasida Vazirlikning Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, tergov, jamoat tartibini saqlash, Yo‘l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklarning oldini olish, hamda Yong‘in xavfsizligi boshqarmalariga Bosh boshqarma maqomi berildi, ularning vakolatlari va vazifalari kengaytirilib, joylardagi bo‘limlari boshqarmalarga aylantirildi. Xususan, Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi, Tergov bosh boshqarmasi, Post-patrul xizmati va Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh bosh- qarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik boshqarmasi, Respublika «Qo‘riqlash» birlashmasi va ko‘plab
boshqarmalar, xizmatlar shular jumlasidandir.
Uchinchibosqich,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2004-yil 19-iyul farmoni Respublikamizda jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil qilishda ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 19-iyuldagi farmonida ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirish zaruriyati belgilab berildi. Mazkur Farmon asosida ichki ishlar organlari tizimida kadrlar tayyorlash hamda ushbu tizimda xizmat
1MynamoвŒ.G.C ÷åãî íа÷èíаåòñя ðåôîðìèðîâаíèå îðãаíîâ âíóòðåííèõ дåл? // ¥ó³ó³-Мðаâî-Law. – 2004. – ¹ 4. – C. 80-84.
qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini moddiy rag‘bat- lantirish va ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida ichki ishlar idoralarida muta- xassislar tayyorlovini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi 2004-yil 23-sentabr qarori hamda «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»dagi 2004-yil 4-oktabr qarorlari qabul qilindi.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining ichki ishlar organlari uchun «jinoyatlarning oldini olish faoliyati», «operativ qidiruv faoliyati», «tergov faoliyati», «ekspert-kriminalistik fao- liyat» bo‘yicha ofitserlar va bir necha mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha serjantlar tarkibini tayyorlash vazifalari belgilab berildi. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2005-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi IIV organlarining safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi maxsus unvonlari bo‘yicha oylik ish haqi va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlariga daraja kvalifikatsiyasi
uchun oylik pul mukofotlari va boshqalar belgilandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida» 1991-yil 25- oktabrdagi 270-sonli qarori bilan Ichki ishlar vazirli- gining nizomi va tuzilmasi tasdiqlangan kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi 2006-yil 29-noyabr qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning 1-moddasida
25-oktabrni Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni etib belgila- nishi ta’kidlandi. Bu esa, albatta, davlatimiz suvereniteti va xavfsizligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, jino- yatlarning oldini olish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashda ichki ishlar organlari oldida turgan vazifalarni amalga oshirishga vijdonan, sidqidildan va yanada mas’uliyat bilan yondashishga undaydi.
Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalariga konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish; jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash; fuqarolar hamda korxona, muassasa, tashkilotlarning mulkini, huquq va erkinliklarini har xil jinoiy tajovuzlar va boshqa huquq- buzarliklardan himoya qilish; jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurash hamda sodir etilgan jinoyatlarni qisqa fursatda to‘liq ochilishini ta’minlash; jinoyat sodir etish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish, sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish; pasport tizimi faoliyatini ta’minlash (fuqarolarga pasport berilishi, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan chiqarishni, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish); yo‘l harakati xavfsizligini, ma’muriy javobgarlik va jinoiy jazolarning ijrosini ta’minlash; yong‘in xavfsizligini ta’minlash; voyaga yetmaganlar bilan ishlash; fuqarolar tomonidan o‘q-otar qurollar sotib olish, saqlash va olib yurish tartibini nazorat qilish va rasmiylashtirish kabi ko‘plab vazifalar kiradi.
Vazirlik o‘z huquqi doirasida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini muhofaza qilishni va jinoyatchilikka qarshi kurashni ta’minlaydi.
Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarni Qoraqalpog‘iston Respub- likasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIBB, transportdagi IIB, tuman va shahar IIBlari bilan bevosita amalga oshiradi.
Vazirlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, transportdagi ichki ishlar boshqarmalari bilan o‘zaro hamkorlikda respublika ichki ishlar organlari faoliyati- ning asosiy yo‘nalishlariga oid ishlarni olib boradi.
Vazirlik o‘z faoliyatini siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlaridan mustaqil amalga oshiradi.
Vazirlik chet davlatlarning ichki ishlar organlari, davlat va jamoatchilik institutlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni bitimlar asosida amalga oshiradi.
Vazirlik faoliyatining huquqiy asoslarini O‘zbekiston Respub- likasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, Respublika davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan ichki ishlar organlarining faoliyati sohasidagi o‘zaro hamkorlik haqidagi bitimlar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining idoraviy normativ hujjatlari tashkil qiladi.
Vazirlik xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqa- rida xizmat vazifalarini bajarayotganda o‘z huquqlari doirasida harakat qiladilar va tegishli chet davlatlar qonuniga muvofiq javob- gardirlar.
Vazirlik o‘z huquqi doirasida ko‘rsatilgan huquqiy hujjat asosida va ularni bajarish uchun buyruqlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar chiqaradi va qoidalar o‘rnatadi.
Vazirlik vakolatiga kiritilgan masalalarga oid normativ hujjatlar- ning O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ichki ishlar organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda normativ hujjatlar chiqaradi. Vazirlik davlat organlari, jamoat birlashmalari, mehnat jamoa- lari, aholi va ommaviy axborot vositalarini respublikadagi huquqiy tartibning ahvolidan hamda ichki ishlar organlarining uni mustah- kamlashga, shuningdek, vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni
bajarishga oid faoliyatidan xabardor qilib turadi.
Vazirlik davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar va fuqarolardan vazirlik vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni talab qilib olishga haqlidir.
Vazirlik o‘z faoliyatini respublikaning boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish asosida amalga oshiradi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va Hukumatiga bo‘ysunadi.
Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomo- nidan tasdiqlanadigan Vazir boshchilik qiladi.
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tuziladi va tugatiladi so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq vazir o‘rinbosarlari vazirlik faoliyatining muayyan yo‘nalishlari bo‘yicha rahbarlikni amalga oshiradilar.
Vazirning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘rinbosari o‘z huquqi doirasida buyruqlar va ko‘rsatmalar chiqaradi.
Vazifalarni kelishilgan holda hal etish va funksiyalarni amalga oshirish uchun vazirlikda hay’at tuziladi.
Vazirlik hay’ati boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qarorlar qabul qilishi mumkin. Bunday hollarda qabul qilingan qarorlar, odatda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va tegishli vazirliklar hamda idoralar rahbarlarining buyruqlariga ko‘ra hayotga tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay’atining reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, ularni ilmiy, ijtimoiy va moddiy-texnik rivojlantirish, kadrlar bilan ta’minlash, boshqaruv qarorlari va tavsiyalarini kelishilgan holda ishlab chiqish masalalarini kompleks hal etish uchun Vazirlikda kengashlar va komissiyalar tuziladi.
Kengashlar va komissiyalarning a’zoligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, viloyat hokimiyati ichki ishlar boshqarmalarining, Transport ichki ishlar boshqarma- larining, hokimiyat va boshqaruv organlarining, davlat va jamoat tashkilotlari va birlashmalarining vakillari tayinlanishi mumkin.
Kengashlar va komissiyalarning tarkibi, shuningdek, ular haqidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati va ichki ishlar organlari xodimlarining soni, shuningdek, ularni saqlashga ajratilgan mablag‘lar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasi, shtatlari, xodimla- rining moddiy-texnik va ijtimoiy-maishiy ta’minoti, shuningdek, ichki ishlar organlarining tuzilmasi va shtatlari O‘zbekiston Res-
publikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan, ularning soni va ularni saqlashga ajratilgan mablag‘lar doirasida belgilanadi. Ichki ishlar organlarining moddiy-texnik va ijtimoiy-maishiy ahvoli Ichki ishlar vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Mehnatga haq to‘lash shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlikning markaziy apparati va ichki ishlar organlari bosh- liqlari tarkibiga kiruvchi shaxslar hamda o‘zining shaxsiy, ma’naviy va kasb fazilatlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir xizmat- chilar bilan to‘ldiriladi.
Vazirlik markaziy apparati ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi va shartlari ichki ishlar organlari oddiy va boshliqlar tarkibining xizmatni o‘tash haqidagi tasdiqlangan nizom bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvini modernizat- siyalash va yangilash, qolaversa respublikamizda amalga oshiri- layotgan ma’muriy islohotlar doirasida ichki ishlar organlari boshqaruvida ham muayyan islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, vazirlik sohaviy xizmatlarini yuqorida qayd etilgan uch bosqichli islohotlar asosida hamda 2008-yil 17-apreldagi O‘zbekiston Respublikasining «Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 60 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi 2008-yil 1-may farmonlari talablari asosida Vazirlik tizimida Inson huquqlari va yuridik ta’minlash xizmati, Odam savdosiga qarshi kurashish tuzilmalari tashkil etildi.