O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Tashqi ishlar sohasini boshqarish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə193/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

6-§. Tashqi ishlar sohasini boshqarish


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlari uning tashqi siyosatiga, davlatlarning suveren tengligiga, kuch ishlat- maslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslikka, chegaralarning daxlsiz- ligiga, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishga, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi,
hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Konstitut- siyasining 17-moddasi.).
Davlatning tashqi ishlar funksiyasini amalga oshirish ana shu sohani boshqarish demakdir. Bu sohada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi:

    1. respublika tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgi- laydi va davlat strategik dasturlarini qabul qiladi;

    2. xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiq- laydi) va denonsatsiya (barvaqt to‘xtatadi) qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti esa:

  1. xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;

  2. muzokaralar olib boradi, shartnoma va bitimlarni imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;

  3. o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diðlomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

  4. respublikaning chet davlatlardagi diðlomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

  5. xalqaro ahvol xususida respublika Oliy Majlisiga har yili ma’lumotnoma taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublikaning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilini tayinlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora- tadbirlarini ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasining majlislarida davlatlararo shartno- malar va bitimlarni imzolash to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan o‘z takliflarini beradi.
Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiri- g‘iga binoan xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi va O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida, shuningdek, xalqaro-huquqiy normalarda belgilangan prinsiðlardan kelib chiqqan holda O‘zbekis- ton Respublikasining tashqi siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organidir.
Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita rahbarligida amalga oshiradi.
Tashqi ishlar vazirligining huquqiy maqomi asosan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diðlomatiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash hamda chaqirib olish tartibi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respub- likasining Diðlomatiya xodimlari uchun diðlomatiya daraja marta- balari belgilash to‘g‘risida»gi 1992-yil 3-iyul qonunlari, O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risi- da»gi 1994-yil 25-fevral farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish masalalari to‘g‘risi»dagi 1994-yil 16-mart qarorlari bilan belgilanadi. Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi tarkibidagi ayrim tuzilmalar va undagi xizmatchilar faoliyatini tartibga solish hamda vazirlik tarkibida boshqa tuzilmalarni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bir necha qonunlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari e’lon qilingan bo‘lib, jumladan O‘zbe- kiston Respublikasining «Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risi- da»gi 1996-yil 29-avgust qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida Axborot agentligi tashkil etish to‘g‘risida»gi 1995- yil 8-noyabr qarori, «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida madaniyat, fan va turizm sohasida xalqaro hamkorlik boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1996-yil 25-sentabr va
«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati tuzilmasida axborot-tahlil boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2000-yil 27-yanvar qarorlari shular jumlasidandir.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konsti- tutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, o‘zining
nizomiga amal qiladi. Vazirlik o‘z faoliyatini xalqaro huquq normalaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti prinsiðlarini hayotga tatbiq etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosiy yo‘lini amalda ro‘yobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O‘zbekistonning davlat manfaatlarini va uning fuqarolari huquqlarini himoya qilish vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:

  • O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati strategiyasi, uning tashqi siyosiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, shuningdek, davlatning xalqaro faoliyatiga doir umumiy muam- molar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini xalqaro siyosat masalalari bo‘yicha zarur axborot bilan ta’minlaydi;

  • o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, muassasa- larning xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha ishini muvofiq- lashtiradi;

  • respublika organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respubli- kasining milliy-davlat manfaatlarini, shuningdek, uning xorijdagi fuqaroligining huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi;

  • tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga, boshqa tashkilotlar bilan xalqaro moliyaviy, iqtisodiy aloqalar o‘rnatilishiga va bu aloqalarning kengayishiga ko‘maklashadi;

  • belgilangan tartibda va o‘z vakolatlari doirasida boshqa mamlakatlarning tegishli davlat organlari va tashqi siyosiy muassa- salari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi hamda shartnomalar va bitimlar tuzadi;

  • O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalari va bitimlarini ishlab chiqishda qatnashadi va tuzilishini ta’minlaydi hamda bu shartnomalar va bitimlar asl matnlarining depozitari hisoblanadi;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, ijro etish va denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflarni

belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masiga taqdim etadi;

  • boshqa davlatlarning tegishli tashqi siyosiy organlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan ishlarni muvofiqlashtirish to‘g‘risida shartnomalar hamda bitimlar tuzadi va boshqalar.

Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi: markaziy apparat, elchi- xona, missiyalar, bosh konsulliklar va konsulliklar, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalar, diðlomatik servis xizmati, xo‘jalik hisobidagi tuzilmalar.
Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Vazir boshchilik qiladi.
Vazir o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasi tomonidan tayinlanadi. Ular o‘rtasidagi vazifalarni vazir taqsimlaydi.
Vazir o‘rinbosarlari vazirlikka qarashli bo‘linmalarning zarur tartibda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydilar, hududiy bo‘limlar o‘zlari mutasaddi bo‘lgan mamlakatlar, mintaqalar va ularga doir muammolar majmuini to‘liq hajmda hal etish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
Alohida topshiriqlar bo‘yicha elchilar vazirning taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tayinlanadilar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Tashqi ishlar vazirining maxsus topshiriqlarini bajaradilar. Diðlomatik vakolatxonalar vazirlik rahbarligida ishlaydi.
Xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalar O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radilar hamda uning manfaatlarini, respublika yuridik shaxslari va fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.
Missiya yoki vakolatxonaning boshlig‘i tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda vazirlikning taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Xorijiy vakolatxonalar soni va ular xodimlarining soni o‘rna- tilgan diðlomatik munosabatlarga va ushbu masalalar bo‘yicha erishilgan bitimlarga muvofiq belgilanadi.
Vazirlik tizimiga ishga qabul qilish kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Vazirlik markaziy apparati va uning muassasalari xodimlari soni, shuningdek ularning xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin