O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə196/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Bojxona nazorati O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojxona organlari amalga oshiradigan tadbirlar majmuidan iborat.
Bojxona nazorati shakllari. Bojxona nazorati bojxona organlari- ning mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yo‘llar bilan o‘t- kaziladi:

    • bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lu- motlarni tekshirish;

    • jismoniy va mansabdor shaxslarni og‘zaki so‘rab-surish- tirish;

    • bojxona ko‘rigidan o‘tkazish;

    • tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona tomonidan qiyoslash;

    • tovarlar va transport vositalarini hisobga olish;

    • hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish;

    • bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo‘lgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshiri- layotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni tekshirish;

    • qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

Bojxona nazorati o‘tkazilayotganida inson, hayvonot va o‘sim- liklar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lgan hamda tovarlar va transport vositalariga ziyon yetkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qo‘llanilishi mumkin.
Bojxona rejimi O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui.
Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tish ularning bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Shaxs, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlar va transport vositalarining xususiyati, miqdori, qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgani yoki qaysi maqsadga mo‘ljallanganligidan qat’i nazar, istalgan rejimni tanlashga yoki uni boshqasiga o‘zgartirishga haqli.
Rejimlarning qo‘llanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Dav- lat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular egallab turgan lavozimlarga hamda necha yil ishlaganliklariga qarab, quyidagi maxsus unvonlar beriladi:

    • kichik tarkib — bojxona xizmatining kichik serjanti, bojxona xizmatining serjanti, bojxona xizmatining katta serjanti;

    • o‘rta boshliqlar tarkibi — bojxona xizmatining leytenanti, bojxona xizmatining katta leytenanti, bojxona xizmatining kapitani;

    • katta boshliqlar tarkibi — bojxona xizmatining mayori, bojxona xizmatining podpolkovnigi, bojxona xizmatining polkovnigi;

    • oliy boshliqlar tarkibi — bojxona xizmatining general- mayori, bojxona xizmatining general-leytenanti, bojxona xizma- tining general-polkovnigi.

Oliy boshliqlar tarkibiga maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomo- nidan belgilanadi.
Bojxona organlari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari bilan hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar bojxona nazoratini amalga oshirish hamda bojxona haqidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishiga qarshi kurashda bojxona organlariga ko‘maklashishlari shart.
Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida chiqaradigan hamma uchun majburiy tusdagi normativ hujjatlar tegishli vazirliklar, idoralar bilan kelishilishi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekis- ton Respublikasining qonunchilik hujjatlariga va xalqaro shartno- malariga muvofiq bojxona ishi, kontrabandaga, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning g‘ayriqonuniy muomalasiga
qarshi kurash masalalari hamda o‘z vakolati doirasidagi boshqa masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Bojxona organlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z vakolatlariga kiradigan ayrim harakatlarning boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga yo‘l qo‘yadilar.
Bojxona organlari Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari bilan o‘zaro hamkorlikda qonunchilikda belgilangan tartibda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradilar.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar




  1. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati qanday normativ hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan?

  2. Mudofaa sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiðlari va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibi haqida so‘zlab bering.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qanday vakolatlarga ega?

  4. Mudofaa sohasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi va Harbiy okruglarning vazifalari hamda fuqarolarning majburiyatlariga nimalar kiradi?

  5. Mudofaa sohasida davlat boshqaruvi organlarining ichki ishlar organlari bilan o‘zaro hamkorligi haqida tushuntirib bering.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?

  7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirishda qanday prinsiðlarga amal qilinadi?

  8. Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasida boshqa vazirliklar hamda idoralar faoliyatining ahamiyati haqida so‘zlab bering.

  9. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari va Ichki ishlar vazirligining vakolatlari nimalardan iborat?

  10. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?

  11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qanday vakolatlarga ega?

  12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalari va Vazirlik tizimiga qanday tuzilmalar kiradi?

  13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi va uning asosiy vazifalari haqida so‘zlab bering.

  14. Respublika tashqi ishlar sohasida O‘zbekiston Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qanday vakolatlarga ega?

  15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining asosiy vazifalari va tuzilmalari haqida tushuntiring.

  16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  17. Bojxona nazorati va bojxona rejimining farqini aytib bering.





XXII bob
TARMOQLARARO BOSHQA SOHALARNI MA’MURIY- HUQUQIY TARTIBGA SOLISH



  1. Yüklə 6,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin