O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Statistika sohasini boshqarish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə197/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Statistika sohasini boshqarish


Statistika deganda jamiyat hayotidagi hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida yalpi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil va e’lon qilish bilan bog‘liq amaliy faoliyat sohasi tushuniladi. Statistika amaliyotining boshlanishi davlatning paydo bo‘lishi davriga to‘g‘ri keladi. Qadimgi davrlardayoq xo‘jalik va harbiy ehtiyojlar, aholi, yer, mol-mulk hisobi bo‘yicha statistika ishlari amalga oshirilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Fan sifatida statistikaga XVII asrning oxirida ingliz iqtisodchisi U. Petti asos solgan.


O‘zbekiston Respublikasida statistika sohasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga yuklatilgan. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi 2002-yil 24-dekabr farmoniga asosan tashkil etilgan. Qo‘mita to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvar qarori bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi statistika sohasida rivojlanishning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda ilmiy metodologiyaga, xalqaro standartlar va qoidalarga asoslangan yaxlit ilg‘or statistika axboroti tizimini yaratishga va uning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistika axborotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi davlat hokimiyati ijro etuvchi organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat statistikasi to‘g‘- risida»gi 2002-yil 12-dekabr qonuniga muvofiq Davlat statisti- kasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar hamda ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil etish va e’lon qilish;

  • xalqaro standartlarga mos keluvchi yagona statistika uslu- biyatini ta’minlash;

  • davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari va xalqaro tashkilot- larni, shuningdek jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash;

  • statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtiso- diy-statistika tasniflagichlar tizimini hamda korxonalar va tashkilot- larning yagona davlat registrini yuritish.

Davlat statistikasi vakolatli organi hamda uning Qoraqal- pog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tuman- lar va shaharlardagi organlari davlat statistikasi organlari hisoblanadi. Davlat statistikasi vakolatli organining rahbari O‘zbekiston Res- publikasi Prezidenti tomonidan uch yil muddatga tayinlanadi.
Davlat statistikasi organlari ma’lumotlar manbalarini, statistika usullarini, statistika ma’lumotlarining mazmuni, shakli, vaqti va tarqatilishini tanlashda mustaqildir. Davlat statistikasi organlarining faoliyatiga davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat statistikasi organlarini moliyalashtirish hamda moddiy- texnika jihatidan ta’minlash Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistika ishlariga haq to‘lash buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mi- tasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning zamonaviy xalqaro statistika standartlariga javob beradigan samarali tizimini ta’minlash;
ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyoti asosiy prinsiðlariga javob beradigan yagona statistika metodologiyasini hamda milliy hisob raqamlarini tuzishni ta’minlovchi va xalqaro statistika standartlariga muvofiq bo‘lgan ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan jarayonlarni har tomonlama tavsiflovchi statistika va hisobot ko‘rsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi, xolisligi va izchilligini ta’minlash;
statistik axborotning qulayligi, aniqligi va oshkoraligini ken- gaytirish ishlarini amalga oshirish;
statistika ishlarini tashkil etishning statistika axborotini yig‘ish, ayta ishlash va umumlashtirish tartibiga xar qanday aralashishni istisno qiluvchi tizimni yaratish;
ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umum- lashtirish, tahlil qilish va e’lon qilishni amalga oshirish;
statistika ishlari davlat buyurtmasini tayyorlash va uning bajarilishini ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ehtiyojlari, foydalanuvchilarning statistika axborotlariga bo‘lgan talabini o‘rganish asosida Davlat statistika ishlari dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tashkil etish va hokazo.



  1. Yüklə 6,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin