O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Moliya va kredit sohasini boshqarish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə200/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

4-§. Moliya va kredit sohasini boshqarish


O‘zbekiston Respubilkasida moliya sohasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. Vazirlik to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama- sining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida O‘zbekiston Respubli- kasining moliyaviy narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi-
ning davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika budjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta’minlashni, valuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta’min- laydi.
Moliya vazirligi respublika budjetining ham daromadlar, ham xarajatlar bo‘yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etishga javob beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo‘limlari, davlat sug‘urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.
Moliya vazirligi o‘z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki o‘zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi.
Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa
moliyaviy resurslarning o‘sishini ta’minlash;
moliya-kredit vositalarining xo‘jalik mexanizmi boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;
respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqa- rishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan yaxlit xalq xo‘jaligi dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash, zarur moliya, valuta rezervlarini tashkil etish;
moliya, budjet, valuta va soliqni rejalashtirish va mablag‘ bilan ta’minlash usullarini takomillashtirish;
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etishni nazorat qilish; korxonalar, vazirliklar, idoralar, banklar va davlat sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va takomillashtirish, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish sohasida mahalliy moliya organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga O‘zbekiston Res- publikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Pre- zidenti tomonidan tayinlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi tasdiqlaydigan Vazir boshchilik qiladi.
Moliya vaziri Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan o‘rinbosarlariga ega bo‘ladi. O‘rinbosarlar o‘rtasidagi vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan taqsimlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2007-yil 28-fevral qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida G‘aznachilik organi tashkil
etilgan. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-mart qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. G‘aznachilik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbe- kiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama- sining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
G‘aznachilik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bevosita va o‘zining hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiradi.
G‘aznachilik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar g‘aznachilik boshqarmalari hamda tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlariga ega bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri g‘aznachilik boshqar- malari yuridik shaxs hisoblanadilar.
G‘aznachilikning asosiy vazifalari quyidigilar hisoblanadi:
Davlat budjetinining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o‘rtasida taqsimlash, budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
Davlat budjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisob raqami, shuningdek tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisob raqamlarini joriy etish orqali boshqarish;
budjet tashkilotlarining tovar yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’iy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shart- nomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish
orqali budjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish; budjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘nalti- riladigan budjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalar sifatining ta’minlanishi, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda qoidaga ko‘ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida tovar yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar)ning bevosita hisob raqamlariga budjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining ijrosi, davlat aktivlari va pasivlarining holati hamda harakati, qimmatbaho metallar va toshlar bilan operatsiyalar amalga oshirilishi, oltin- valuta zaxiralarini boshqarish, xorijiy kapitalni respublika iqtisodiyotiga jalb etish va undan samarali foydalanish, davlatning tashqi qarzi o‘z vaqtida qaytarilishi doimiy monitoringi va nazoratini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2002-yil 27-iyun farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi tashkil etilgan1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respubli- kasi Oliy Majlisining topshiriqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respubli- kasi Davlat budjetining ijrosi, uning asosiy ko‘rsatkichlari va eng muhim moddalarining bajarilishi, shuningdek davlat tuzilmalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish, mamlakatda va uning tashqarisida davlat aktivlari va passivlarining holati hamda harakati monitoringini ta’minlash; qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni nazorat qilish; mamlakatning oltin-valuta zaxi- ralarini boshqarish va tasarruf etishni nazorat qilish Hisob palatasining asosiy vazifalariga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasida kredit tizimi «O‘zbekiston Res- publikasining «Markaziy bank to‘g‘risida»gi 1995-yil 21-dekabr va «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi 1996-yil 25-aprel qonun- lariga asosan tashkil etilgan.
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat. Asosiy vazifalari monetar siyosatni hamda valutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish, O‘zbe- kiston Respublikasida hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash, banklar faoliyatini tartibga solish va ularni nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valuta zaxiralarini, shu jumladan kelishuv bo‘yicha hukumat zaxiralarini saqlash va tasarruf etish, davlat budjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iborat. Markaziy bank moliyaviy yordam ko‘rsatish, tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishga, Markaziy bank faoliyatini ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlarni tuzishda ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik shaxslar kapitalida qatnashishga haqli emas.
Markaziy bankning oliy organi uning boshqaruvidir. Bosh- qaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi. Boshqaruv o‘n bir kishidan iborat bo‘ladi. Boshqaruv tarkibiga Markaziy bank raisi, uning o‘rinbosarlari, shuningdek, bankning asosiy bo‘limlari rahbarlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga asosan banklar Markaziy bankda ro‘yxatga olingan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladilar.
Markaziy bank quyidagilarga asoslanib bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berishni rad etishi mumkin:

  • bankni ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar topshirilmaganligi;

  • ta’sis hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga nomuvofiqligi;

  • bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvoli qoni- qarsizligi;

  • muassislarning moliyaviy ahvoli va mablag‘larining manbalari e’lon qilinmaganligi;

  • bankni ro‘yxatga olish paytigacha eng kam ustav kapitalining to‘lanmaganligi;

  • bank rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga nomzodlarning bu kasbga nomuvofiqligi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va bosh- qaruvi bankning boshqaruv organlaridir. Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanib, u bank kengashi va aksiya- dorlarning umumiy yig‘ilishi oldida hisobdordir.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hukumatning xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi siyosatini amalga oshiruvchi tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi va valuta mablag‘larini jamlovchi ixtisoslashtirilgan bankdir.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki respublika Markaziy banki va hukumatining topshirig‘iga binoan eksport tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valutasida kreditlar beradi, O‘zbekiston Respub- likasiga chet el valutasida yetkazib berayotgan va respublika chet el valutasida olayotgan davlat zayomlari va kreditlariga xizmat ko‘rsatadi, xalqaro valuta-kredit bozorlarida operatsiyalar bajaradi, kontrakt (shartnoma) shartlarini bajarish vaqtida chet el banklari, konsernlari, firmalari va boshqa sheriklarning aybi bilan olinmay qolgan mablag‘larni undirishga ko‘maklashadi, hukumatlararo bitimlarni, to‘lov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi va hokazo. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga
olinadigan o‘z ustavi asosida amal qiladi.
Tijorat (aksiya, pay asosida va xususiy) banklar yuridik va jismoniy shaxslarga Qonunda nazarda tutilgan operatsiyalarni bajarish va xizmat ko‘rsatish orqali shartnoma asoslarida kredit, hisob-kitob va o‘zga xil bank xizmati ko‘rsatadilar.
Respublika, mintaqa dasturlari va o‘zga dasturlarni pul bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjat- larida nazarda tutilgan tartib va sharoitlarda maxsus tijorat banklari
tashkil etilishi mumkin. Bunday banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tegishli ruxsatnoma olganidan keyin chet el valutasida operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin