Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo sohasini boshqarish. O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni keng rivojlantirish va chuqurlash- tirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish va xorijiy sarmoyadorlar uchun ishonchli kafolatlarni ta’minlash, tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqa- ruvchilari bilan chet el firmalari o‘rtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadida hamda O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining «Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2005-yil 21-iyul farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respub- likasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2005-yil 27-iyul qarori va
«O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2008-yil 27-mart qarorlariga asosan «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi» negizida «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi» etib qayta tashkil qilindi va vazirlik nizomi va tuzilmalari tasdiqlandi.
Endilikda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining yuqoridagi farmoni va qarorlariga asosan faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari vazirlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining
«Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida» 2000-yil 26-may qonuni (yangi tahriri) bilan belgilab berilgan. Ushbu Qonunga asosan, Tashqi iqtisodiy faoliyat deb, O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalar o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ul- lanishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiðlari:
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;
savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsi- tishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro man- faatdorlik;
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining davlat tomonidan himoya qilinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;
tashqi savdo faoliyati;
chet el investitsiyalarini jalb qilish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati. Vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent
shahar tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqar- malari, ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar, xorijiy davlatlardagi Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar hisoblana- digan xo‘jalik hisobidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, savdo va iqtisodiy vakolatxonalar kiradi.
Hududiy bo‘linmalar ikki tomonlama bo‘ysunadilar hamda Vazirlikka va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazir- lar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hisob beradilar.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitut- siyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respub- likasining boshqa normativ hujjatlariga, shuningdek o‘zining nizo- miga amal qiladi.
Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
Vazirning to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi,
Vazir:
vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rah- barlikni amalga oshiradi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
vazirlik markaziy apparati xodimlarining belgilangan umu- miy soni doirasida markaziy apparat tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, uning shtatlar jadvalini, shuningdek xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
–Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalari, viloyatlar va Tosh- kent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Statistika sohasini boshqarishning huquqiy asoslari nimalardan iborat?
Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish tartibi qanday?
Moliya sohasini boshqarish tushunchasi va vazifalari haqida so‘zlab bering.
Kredit sohasini boshqarish qanday tashkil etilgan?
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomi haqida tushuntiring.
Hisob palatasining asosiy vazifalari to‘g‘risida so‘zlab bering.
Gidrometeorologiya sohasidagi boshqaruv qanday tashkil etilgan?
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasini boshqarishning huquqiy asoslari nimalardan tashkil topgan?
«O‘zstandart» agentligining vazifalari nimalardan iborat?
Inson huquqlari va erkinliklari sohasida boshqaruvni tashkil etish qanday huquqiy asoslardan tashkil topgan?
Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruvni tashkil etish haqida so‘zlab bering.