O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga («O‘zstandart» agentligi) yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Ppyezidentining «Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘pisida» 2003- yil 9-dekabr fapmonini bajarish yuzasidan hamda standartlash- tirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikat- lashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy xalqaro normalar va talablarga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek xalqaro standartlardan foydalanish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«O‘zbekiston Davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikat- lashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2004-yil 5-avgust qarori qabul qilindi1. Agentlik o‘z faoliyatini ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublika- sining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi, «Metrologiya to‘g‘risida»gi,
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qo- nunlar asosida olib boradi.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikat- lashtirish agentligi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash- tirish sohasidagi vazifalarni hal qilish uchun maxsus vakolat berilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
«O‘zstandart» agentligi O‘zbekiston Respublikasining stan- dartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq standartlashtirishning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:
mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof tabiiy muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilish;
mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlash;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo‘jaligi ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qilish imkonini oshirish;
barcha turdagi resurslarning tejalishiga ko‘maklashish, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenk- laturasi hamda sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlash;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tka- zishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga soluvchi quyidagi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi va Respublikada standartlashtirishishlarini tashkil etish, muvofiq-
lashtirish va ta’minlashni:
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - O‘zbekiston Davlat standart- lashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi;
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyiha- lash va konstruksiyalashda - O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof tabiiy muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza
qilish sohasida - O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi;
tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy-texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda respublika sanoati ishlab chiqa- rayotgan, shuningdek import bo‘yicha respublikaga yetkazib ber- ilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
«Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni, shuningdek ushbu Qonunni qo‘llashga doir yo‘riqno- malar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar.