O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi.
Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari O‘zbekiston Respubli- kasi bojxona hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta’minlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini rag‘batlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbe- kiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Bojxona komite- tini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1991-yil 25-oktabr (o‘z kuchini yo‘qotgan) farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1992-yil 10-avgust (o‘z kuchini yo‘qotgan) farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida»gi 1997-yil 8-iyul farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi 1997-yil 30-iyul qarori, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi_ 1997-yil 27 avgust qonunlari bilan tashkil etilgan va qo‘mita nizomi hamda tuzilmalari tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi 1997-yil 27-avgust qonuniga asosan,
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi va bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari bojxona organlaridir.
Davlat bojxona qo‘mitasi organlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va belgilangan vakolatlar doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
respublika boj siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashish;
boj qonunlariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish;
boj ishlarini amalga oshirishda fuqarolarning, shuningdek yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashish;
xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan ham- korlik qilish, xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi bojxona ishiga oid majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
boj poshlinalari, soliqlar va boshqa boj to‘lovlarini undirish;
respublikaning boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, valuta-moliyaviy munosabatlarini boj-tarif tartibga solish vositalarini ishlab chiqish va samarali qo‘llash;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tadigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona tekshiruvini ta’minlash;
respublikaning bojxona chegarasi orqali tovar oboroti o‘tishini jadallashtirishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlar yaratish;
kontrabandaga, bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish, respublikaning bojxona chegarasi orqali giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog‘, valuta boyliklari, milliy boylik hisoblangan badiiy, madaniy-tarixiy va arxeologik meros buyumlari, intellektual mulk obyektlari g‘ayri- qonuniy olib o‘tilishining oldini olish;
bojxona statistikasi va maxsus bojxona tizimini yuritish, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatini, manfaatdor vazirliklar va idoralarni bojxona ishiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot bilan ta’minlash;
bojxona ishi sohasidagi faoliyat to‘g‘risida axborot to‘plash va uni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish, joriy etish va boshqalar.
Davlat bojxona qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mi- tasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona maj- mualari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona organlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi qonunga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga amal qiladilar.
Bojxona organlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z fao- liyatlarini davlat hokimiyati mahalliy organlaridan mustaqil tarzda amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo bo‘shlig‘i bojxona hududini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar bo‘lishi mumkin, ularning hududlari, agar
qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.
Bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalari va erkin omborlarning atroflari O‘zbekiston Respublikasining boj- xona chegarasi hisoblanadi.