Ichki ishlar sohasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuklatilgan1 . Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida»gi 1991- yil 25-oktabrda qabul qilingan 270-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Shuningdek, Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tashning Vaq- tinchalik nizomini tasdiqlash to‘g‘risida» 1993-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi xizmatlari huquqni muhofaza qilish idoralari tizimiga
kiradi.
Ichki ishlar vazirligi «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida»gi Nizomga asosan hamda Konstitutsiya va Mustaqillik deklaratsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar sohasi boshqaruvini yoritishdan avval uning tarixiy rivojlanishini qisqacha ko‘rib chiqishni lozim topdik.
Sobiq Ittifoqning yuqori davlat organlari tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatiga doir ko‘plab qonunlar va qonunchilik hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, jumladan, 1919-yil 26-iyunda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissariatining «Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Respublikasidagi Sovet ishchi-dehqon militsiyasi to‘g‘risidagi Nizom», o‘sha yilning iyul oyida qabul qilingan «Turkiston ASSRda jinoiy qidiruvni tashkil etish to‘g‘ri- sidagi Nizom», 1948-yilda qabul qilingan «Militsiya postlari va patrul xizmatining Nizomi», 1953-yil 20-iyuldagi O‘zbekiston SSR Ministrlar saveti «O‘zbekiston SSRda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish va jamoat tartibini saqlash choralari to‘g‘ri- sida»gi qarori, sobiq SSSR Oliy soveti Rayosatining 1962-yil 26- sentabridagi «Har yili 10-noyabrni «Militsiya kuni» deb belgilab,
IIV sohaviy xizmatlarining vazifalari «Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati» fanida batafsil yoritilgan.
uni nishonlash to‘g‘risida»gi farmoni, ichki ishlar idoralarida dastlabki tergov yuritish huquqini bergan sobiq Ittifoq Oliy soveti Rayosatining 1963-yil 6-aprelidagi «Jamoat tartibini saqlash idoralariga dastlabki tergovni olib borish huquqini berish to‘g‘ri- sida»gi farmonlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng, barcha huquqni muhofaza qilish idoralari qatori ichki ishlar idoralari faoliyatida ham ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Respublikamiz Hukumati tomonidan fuqarolar- ning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirish, jinoyat- chilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlashni kuchaytirish hamda militsiya xodimlari xavfsizligini, ularning sha’ni va qadr- qimmatini himoya qilish, ularni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoyalash maqsadida 1990-yil 31-oktabrda O‘zbekiston Respub- likasining «Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qonunining qabul qilinishi davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq ichki ishlar idoralari tizimida ijobiy islohotlarni amalga oshirilganligidan dalolat beradi.
Respublikamiz mustaqilligining keyingi davrlarida ichki ishlar sohasini takomillashtirish bo‘yicha uch bosqichli islohotlar amalga oshirildi.
Birinchi bosqich, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining 1999-yil 12-apreldagi «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash Konsepsiyasi to‘g‘risida»gi qarori respublikada tinchlik va osoyishtalikni saqlash, mustaqilligimizni asrash, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash tizimida tub islohotlarni amalga oshirishni taqozo etdi. Shuning uchun, yuqorida ko‘rsatilgan Konsepsiya asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan jamiyatda jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlovchi yangi tizimni shakllantirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi.