Reja: 1. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
2. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aktsiyadorlik kompaniyasining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash.
Tayanch so‘zlar va iboralar:harakat xavfsizligi, harakat xavfsizligini qonuni, va qonun hujjatlari.
1. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 7-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 28-martda maqullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi 818–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 215-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2007-yil, № 4, 155-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
2013-yil 10-aprel, O‘RQ—348-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida (yangi tahriri)