2. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aktsiyadorlik kompaniyasining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
9-modda. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkilotining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti:
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlashda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
o‘ziga qarashli avtomobil yo‘llarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun bu yo‘llarning soz holatda saqlanishini ta’minlaydi;
yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l qoplamasining holati, gidrometeorologik va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi zarur axborot bilan ta’minlaydi;
avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini tartibga solish vositalari, tezkor aloqa tizimi qurilishini va mazkur yo‘llarning ushbu vositalar va tizim bilan jihozlanishini amalga oshiradi hamda ularning saqlanishini ta’minlaydi;
avtomobil yo‘llarining harakatlanish uchun xavfli uchastkalarini aniqlaydi va bu uchastkalarda yo‘l harakatini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi, shuningdek yo‘l servisi obyektlarini joylashtirishga rozilik beradi.
Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining qonuni AVTOMOBIL YO‘LLARI TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 29-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi (bundan buyon matnda avtomobil yo‘llari sohasidagi deb yuritiladi) munosabatlarni tartibga solishdan iborat.