Davlat xizmatida ishtirok etuvchi barcha fuqarolar bir xil huquqqa egabo‘lib, millati, jinsi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqa belgilaridan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Davlat xizmatida fuqarolarning faoliyati uchun mansab yoki vazifasi bo‘yicha ish olib borishida davlat tomonidan teng shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Yuridik adabiyotlarda davlat xizmatining asosiy prinsiðlaridan tashqari, tashkiliy-funksional prinsiðlari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
Yuqori davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan chiqarilgan qarorlarning quyi turuvchi organlar (davlat xizmat- chilari) uchun majburiyligi prinsipi.
Bu prinsið orqali davlat xizmatidagi quyidagi asosiy holatlar belgilab beriladi: birinchidan, yuqori davlat organi yoki rahbar tomonidan chiqarilgan qarorlar quyi turuvchi organlar va davlat xizmatchilari tomonidan bajarilishi majburiydir; ikkinchidan, chiqariladigan qarorlar qonuniy bo‘lishi, ya’ni uni chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan vakolat doirasida amalga oshirilishi lozim; uchinchidan,bu qarorlar qonun talablariga zid kelmasligi lozim.
Bu prinsið orqali davlat organlarining normal faoliyat yuritishi ta’minlanadi;
Davlatxizmatidao‘rnatiladiganasosiytalablarningyagonaligi prinsipi.
Mazkur prinsiðga binoan davlat xizmati va davlat xizmatchilariga o‘rnatiladigan barcha talablar, ya’ni davlat xizmatini tashkil etish, davlat xizmatiga kirish, xizmatchilarga nisbatan malakaviy, mansab majbariyatlarini bajarishga qo‘yiladigan talablar, davlat xizmat- chilarini attestatsiyadan o‘tkazish, xizmatchilarga nisbatan intizo- miy javobgarlikni qo‘llash, malakasini oshirish va boshqa talablar qonunchilikda bir xil belgilanadi.
Davlatxizmatiniamalgaoshirishdaoshkoralikprinsipi.
Davlat xizmatini amalga oshirishda oshkoralik prinsiði yordamida davlat organlari va davlat xizmatchilarining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish ta’minlanadi. Har qanday davlat xizmati oshkoralik prinsiði asosida tashkil etilishi va amalga oshirilishi lozim. Oshkoralik prinsiði orqali bir tomondan, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etishi, ikkinchi tomondan esa, davlat oldida turgan vazifalarni hal etishda fuqarolarning fikrini e’tiborga olish ta’minlanadi.
Davlat xizmatida oshkoralikni ta’minlash uchun quyidagilar zarur: birinchidan, fuqarolar fikrini inobatga olish mexanizmini tashkil etish; ikkinchidan, davlat organlari, davlat xizmatchilari faoliyatiga nisbatan fuqarolar bildirgan fikrlar muhofazasining huquqiy sharoitini yaratish; uchinchidan,axborot vositalari orqali davlat organlari va davlat xizmatchilarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida oshkoralikni ta’minlash.
Qabul qilinadigan qarorlar, o‘z vazifasini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun davlat xizmatchilarining javobgarligi prinsiði.
Mazkur prinsið davlat xizmatchilarining mansab majbu- riyatlarini vijdonan va to‘g‘ri bajarishlarini ta’minlaydi.
Davlat xizmatchilari tomonidan qabul qilinadigan har qanday qaror qonuniy, maqsadga muvofiq va boshqaruv aktlariga qo‘yiladigan talablarga mos bo‘lishi lozim.
Davlat xizmatchisining o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajar- masligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud mansab vakolatlaridan chetga chiqishi, unga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llashga olib keladi.
Davlatxizmatchilariniijtimoiyhimoyaqilishprinsipi.
Amaldagi qonunchilikda davlat xizmatchilari uchun quyidagi ijtimoiy himoya vositalari o‘rnatilgan: haq to‘lanadigan mehnat ta’tili; davlat hisobidan tibbiy xizmatdan foydalanish; davlat xiz- matchilari o‘z vazifalarini bajarayotganda ularning va oila a’zolarining sha’ni, qadr-qimmati hamda boshqa huquq va manfaatlarini noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish; transport va boshqa aloqa vositalari bilan ta’minlash va boshqalar.