Birinchidan, qonunchilik hokimiyati organlarining xizmat- chilari. Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik ho- kimiyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76- moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
Ikkinchidan,ijro etuvchi hokimiyat organlarining xizmat- chilari. Davlat va uning apparatining ish faoliyati ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkiliy-boshqaruv va ijroiya farmoyish berish faoliyatini amalga oshiradi.
Uchinchidan,sud hokimiyati organlarining xizmatchilari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi, Qora- qalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi va xo‘jalik sudidan, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo‘jalik sud- laridan iborat.
Davlat xizmatchilarining tasnifi yuridik adabiyotlarda turlicha berilgan. Jumladan, huquqshunos olim D.M.Ovsyankoning fikricha davlat xizmatchilarini quyidagilarga bo‘lish mumkin:
davlat hokimiyati organlarining faoliyat doirasiga qarab davlat xizmatchilari: respublika miqyosida harakat qiluvchi xizmatchilar; mahalliy miqyosda harakat qiluvchi xizmatchilar;
davlat xizmatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda davlatxizmatchilari:fuqarolardan iborat davlat xizmatchilari; kuch tuzilmalariga asoslangan davlat xizmatchilari (masalan, harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari xizmatchilari);
hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipidan kelib chiqqan holda davlat xizmatchilari; qonunchilik hokimiyati organlarining xizmatchilari; ijro etuvchi hokimiyat organlarining xizmatchilari; sud hokimiyati organlarining xizmatchilari;
mansab vakolatlarining hajmiga ko‘ra davlat xizmatchilari: mansabdor shaxslar; mansabdor shaxslar tarkibiga kirmaydigan boshqa xizmatchilar;
ma’lum muddatga tayinlanadigan (saylanadigan) xizmatchilar;
belgilanmagan muddatga tayinlangan xizmatchilar; sinov muddati bilan tayinlangan xizmatchilar va boshqalarga bo‘linadi1 .
X.R.Alimov davlat xizmatchilarining quyidagi to‘rtta guruhini ko‘rsatib o‘tadi:
Birinchisi— rahbarlar.Rahbarlar mazkur davlat organining, korxona, muassasa va tashkilotning funksiyalarini amalga oshirib, unga bo‘ysundirilgan davlat xizmatchilari apparatining ish faoliyatini boshqaradi; ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, intizomiy javobgarlikka tortish, pul mablag‘lari hamda tovar- moddiy boyliklarga egalik qilish, rag‘batlantirish, mazkur organ nomidan imzo chekish va boshqa yuridik ahamiyatga molik harakatlarni sodir etish huquqiga ega bo‘ladi.
Demak, rahbarlar davlat-hokimiyat vakolatlarini amalga oshirib, o‘zlari rahbarlik qilayotgan organ faoliyati uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Rahbarlar o‘zlariga bo‘ysungan organlar, korxona, muassasa va tashkilotlarning operativ (ya’ni kundalik) va xo‘jalik faoliyatiga aralashish, ularning ishini yo‘naltirish, nazorat qilish, majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega. Rahbarlar tarkibiga vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, boshliqlar, boshqaruvchilar, direktorlar, rektorlar va boshqalarni kiritish mumkin.
Mazkur toifadagi davlat xizmatchilari yuridik adabiyotlarda ko‘pincha mansabdor shaxslar sifatida ifoda etiladi. Lekin davlat xizmatchilarining aksariyati davlat tashkilotida ma’lum bir davlat lavozimini egallagani sababli, ularni mansabdor shaxslar jumlasiga kiritish mumkin. Shu sababli har qanday davlat xizmatchisini (mansabdor shaxsni) rahbarlar tarkibiga kiritish mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 15-moddasining 2-qismiga binoan mulk shaklidan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilotda muayyan mansabni egallab turgan shaxs, basharti unga rahbarlik, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-nazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar yuklatilgan bo‘lsa, mansabdor shaxs
deb hisoblanadi.
1Qarang: Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî. – Ì., 2000. – C 211-216.
Ko‘rinib turibdiki, mansabdor shaxs bo‘lib, rahbarlar ham, nazorat funksiyasini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa xizmatchilar ham (masalan, ichki ishlar organlarining xodimlari, sanitariya nazorati organlarining xodimlari va hokazolar) hisob- lanadi.
Ikkinchisi— asosiytarkib— davlat xizmatchilari tasnifining asosiy va muhim guruhi bo‘lib, mazkur organga yuklatilgan funksiyalarning deyarli barchasini bajaradi. Asosiy tarkibga kiruvchi davlat xizmatchilari rahbarlar tomonidan amalga oshiriladigan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etmaydilar (masalan, ishga olish, ishdan bo‘shatish, faoliyatni yo‘naltirish va hokazolar). Bu guruh davlat xizmatchilariga - muhandislar, iqtisodchilar, agronomlar, me’morlar, shifokorlar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va boshqalarni kiritish mumkin. Ta’kidlash joizki, ayrim hollarda rahbarlar tomonidan yuridik harakatlarning amalga oshirilishi mutaxassislarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, rahbar xodimni mehnatdan vaqtincha bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqni, shifokor- ning ma’lumotnomasisiz chiqarishi mumkin emas. Davlat xizmatchilari asosiy tarkibining harakatlari, pirovardida davlat organi, korxona, muassasa va tashkilot faoliyatining sifatini ham belgilab beradi. Asosiy tarkibning ishiga qarab davlat organining faoliyatiga baho beriladi. Shu sababli ham, davlat organida xizmatchilarning asosiy tarkibini shakllantirishda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalasiga katta e’tibor beriladi;
Uchinchisi — yordamchi xizmatchilar. Davlat xizmatchila- rining mazkur guruhini davlat organining normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan yordamchi funksiyalarni amalga oshiruvchi xizmatchilar tashkil etadi.
Yordamchi xizmatchilar davlat organining normal faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratib beradi. Yordamchi xizmatchilar tarkibiga - ish yurituvchilar, kuryerlar, kompyuter operatorlari, laborantlar, ekspeditorlar va boshqalarni kiritish mumkin.
Yordamchi xizmatchilarning faoliyat doirasiga: xizmat hujjatlari, statistik ma’lumotlarni tayyorlash; hujjatlarni yuborish va boshqa yordamchi-texnik harakatlarni amalga oshirish kiradi.
Yordamchi xizmatchilarning faoliyati yuridik ahamiyatga ega emas. Masalan, qo‘lda yozilgan xizmat hujjatining operator
tomonidan kompyuterda terilishi, tegishli rahbar tomonidan imzo qo‘yilmaguncha yoki muhrlanmaguncha yuridik ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
To‘rtinchisi — ma’muriy hokimiyat vakillari - davlat xizmatchilarining alohida guruhi hisoblanadi. Ma’muriy hokimiyat vakillari - davlat xizmatchilarining shunday guruhiki, ular o‘z vakolatlari doirasida boshqa shaxslarga, xizmat bo‘ysunuvidan qat’i nazar, bajarilishi majbur bo‘lgan ko‘rsatmalar berishi mumkin. Hokimiyat vakillariga sudyalar, prokurorlar, deputatlar, Qurolli Kuchlar, ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchilar va boshqalarni kiritish mumkin.
Hokimiyat vakillari umumiy xususiyatga ega vakolatlarni amalga oshiradilar, masalan, xizmat yuzasidan ularga bo‘ysunmagan shaxslarga majburiy farmoyishlar berish, ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llash va hokazolar. Ma’muriy hokimiyat vakillari davlat-hokimiyat vakolatiga ega bo‘lib, muayyan davlat organi nomidan va uning ko‘rsatmasiga binoan harakat qiladilar.
Demak, davlat xizmatchilarini qonunchilik hujjatlari bilan o‘rnatilgan holatlardan kelib chiqqan holda turli asoslarga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘lish, ya’ni tasniflash mumkin.