O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə42/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

partiyalarning huquqiy holati. O‘zbekiston Respubli- kasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi 1996-yil 26-dekabr qonuni O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning huquqiy
maqomini belgilab beradi.
Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatini Konstitutsiyaga, undan kelib chiquvchi qonunga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq, shuningdek, o‘z ustavlari asosida amalga oshiradilar.
Siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmat- chilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydilar.
Siyosiy partiyalarning davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Xususiy ish beruvchilar o‘z xodimlaridan ular mehnat vazifalarini bajarayotgan paytda partiya nimalar asosida siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishini talab qilishlari man etiladi.
Siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo‘lgan kamida yigirma ming fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi. Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo‘lishi, ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini shakilantirish hamda ta’sis syezdi yoki konferensiyasini
chaqirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tuzishlari lozim.
Tashkiliy qo‘mita o‘zi tuzilgan kundan boshlab yetti kunlik muddatdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o‘z tashabbusi bilan qo‘mitaning tarkibi, rahbari (yetakchisi), joylashgan manzili hamda ta’sis syezdi yoki konferensiyasi chaqiriladigan sanani yozma ravishda xabar qilishi lozim. Tashkiliy qo‘mita tuzilgan kundan boshlab uzog‘i bilan uch oy faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadir.
Siyosiy partiya ta’sis syezdi yoki konferensiyasida tuziladi va u yerda partiya ustavi va dasturi qabul qilinadi; shuningdek uning saylab qo‘yiladigan organlari tuziladi.
Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olinadi. Partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun partiya rahbar organining kamida uch a’zosi imzolagan ariza, ustav, dastur, ta’sis syezdi yoki konferensiyasining bayoni, ro‘yxatdan o‘tish badali to‘langanlikni tasdiqlovchi bank hujjati va qonunda ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar taqdim etiladi. Partiya ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran yuridik shaxs maqomini oladi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Agar siyosiy partiyaning ustavi maqsad, vazifalari va faoliyat uslubi Konstitutsiyaga, respublika qonunlariga zid bo‘lsa yoki oldinroq xuddi shunday nomdagi siyosiy partiya yoki jamoatchilik harakati ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu partiya ro‘yxatga olinmaydi.
Siyosiy partiya Konstitutsiyani va respublika qonunchilik hujjatlarini yoki o‘z ustavini, buzgan taqdirda Adliya vazirligi partiya rahbar organlariga qaysi normalar buzilganini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabar qiladi va bunday buzishlarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agar ular belgilangan muddat davomida bartaraf etilmasa, Adliya vazirligi yoki respublika Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan respublika Oliy sudi siyosiy partiyaning faoliyatini olti oygacha muddatga to‘xtatib turishi mumkin. Agar bir yil ichida o‘sha xatti-harakatlar takror sodir etilsa, respublika Oliy sudining qarori bilan siyosiy partiyaning faoliyati tugatiladi.
Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:

  • o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib etish;

  • saylab qo‘yiladigan davlat organlarida o‘z vakillari orqali tegishli qarorlar tayyorlashda ishtirok etish;

    • qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda respublika Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish, partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish;

    • qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vosita- laridan foydalanish;

    • respublikaning boshqa siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish.

Siyosiy partiyalar respublikaning boshqa qonunlarida nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Siyosiy partiyalar respublika Oliy Majlisida o‘z fraksiyalarini tuzish huquqiga ega. Qonunchilik palatasining kamida to‘qqiz nafar deputati fraksiya yoki deputatlar guruhini tuzish huquqiga ega. Fraksiyalar va deputatlar guruhlari ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Qonunchilik palatasining majlisida fraksiya va deputatlar guruhining rahbari yoki boshqa vakili tegishincha fraksiya yoki deputatlar guruhi tuzilgani haqida palataga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Qonunchilik palatasi fraksiya va deputatlar guruhi tuzilgani to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Bunday fraksiyalar: sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish; sessiya kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda qatnashish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi tashabbus bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilish; Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so‘z berilishi; tegishli ravishda O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeriga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, vazirlarga, shuningdek boshqa davlat organlarining rahbarlariga so‘rov bilan murojaat etish; Qonunchilik palatasining Spiker o‘rinbosarligiga, qo‘mitalari va komissiyalari raisligiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish; Qonunchilik pala- tasining majlisida muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin