1-§. Davlat boshqaruvi faoliyatining shakllari tushunchasi va turlari
Shakl – bu ma’lum bir hodisa yoki harakat mazmunining tashqi ko‘rinishidir. Masalan, ta’lim jarayoni – ma’ruzalar yoki amaliy mashg‘ulotlarni olib borish (ya’ni ta’lim shakllari) orqali namoyon bo‘ladi.
Har qanday faoliyat singari davlat boshqaruvi faoliyati ham, ma’lum bir shakllarda ifodalanadi. Davlat boshqaruvi shunday jarayonki, unda ko‘pgina shaxslar, tashkilot va organlar ishtirok etadi. Bu jarayonda ijro etuvchi hokimiyat organlarining (boshqaruv faoliyati asosiy subyektining) vazifalari, funksiyalari va vakolatlari amalga oshirilganligi sababli, birinchi navbatda, mazkur hokimiyat subyektlari faoliyati shakllari muammosi vujudga keladi. Ushbu faoliyatning shakllarini aniqlash orqali davlat – boshqaruv faoliyatining mazmunini chuqurroq anglash mumkin.
Ma’lumki, davlat hokimiyati qanday ko‘rinishda bo‘lmasin o‘z-o‘zidan amalga oshirilmaydi. Balki davlatning o‘zini namoyon qilish maqsadida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud sohasida harakat qilishi lozim bo‘ladi. Aynan davlat tegishli subyektlarining aniq harakatlarida mazkur hokimiyatning mazmuni va yo‘nalishlari namoyon bo‘ladi.
Boshqaruv organlari (mansabdor shaxslar) o‘zlarining kundalik amaliy faoliyatlarida turli xil harakatlarni amalga oshiradilar. Bunda davlat organi yoki uning vakili (mansabdor shaxs)ning kompetensiyasi – boshqaruv sohasidagi u yoki bu harakatni amalga
oshirish imkonini belgilab beradi. Jumladan, ayrim ijro etuvchi hokimiyat organlari qonun osti huquqiy normalarini, ya’ni davlat boshqaruvi jarayoni yoki uning ayrim sohalarida xulq-atvor qoidalarini o‘rnatish vakolatiga; boshqalari esa boshqaruv munosa- batlarining u yoki bu subyektiga qaratilgan aniq yuridik hokimiyat ko‘rsatmalarini berish vakolatiga; uchinchisi esa, kontrol-nazorat funksiyalarini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi o‘z faoliyati yoki bo‘ysunuvchi subyektlarining faoliyatini tashkil etish maqsadida ma’lum bir harakatlarni amalga oshiradilar; turli xil fuqarolar va jamoat birlashmalarining ehti- yojlarini qondiradilar.
Ijro etuvchi hokimiyat subyektlari tomonidan amalga oshiri- ladigan turli xil harakatlar davlat boshqaruvining mazmun- mohiyatini ifoda etadi, boshqaruv vazifalari va funksiyalari, ya’ni davlat-boshqaruv faoliyati qanday amalga oshirilishi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga olib keladi.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘z funksiyalarini bevosita davlat nomidan amalga oshirar ekan, ular faoliyatining tashqi ko‘rinishi (shakli) huquq normalari bilan tartibga solingan bo‘lishi kerak. U yoki bu davlat organining huquqiy maqomini belgilab beruvchi ma’muriy-huquqiy normalar, ular faoliyatining tashqi ko‘rinishi (shakllari)ni ham belgilab beradi.
Boshqaruv shakllarining mazmun-mohiyatini ochib berishda
«boshqaruvning maqsadi», «boshqaruv funksiyalari», «boshqaruv vazifalari», «vakolat», «kompetensiya» singari terminlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Mazkur tushunchalar aniq bir boshqaruv sohasida boshqaruvuslubinitanlashda ham xizmat qiladi. Boshqaruv funksiyalari - boshqaruv faoliyatining mazmunini belgilab beradi. Boshqaruvmaqsadiga- boshqaruv subyektlari tomonidan foydala- niladigan barcha boshqaruv shakllari bo‘ysundirilgan. Boshqaruv organlari boshqaruv shakllari orqali o‘zlarining vakolatlarini amalga oshiradilar.
Boshqaruvning maqsadiga erishish uchun boshqaruv shakllari
– boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Demak, boshqaruv jarayonining mazmuni boshqaruv funksiyalari, boshqaruv uslublari va boshqaruv shakllari orqali
yoritib beriladi. Boshqaruv nazariyasi aynan mana shu kategor- iyalarga asoslanadi. Boshqaruv amaliyoti esa, mazkur kategoriyala- rining rivojlanishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Boshqaruv shakllari boshqa hokimiyat organlari faoliyatining shakllaridan, ya’ni qonun ijodkorligi (qonunchilik faoliyati) va odil sudlov (sud faoliyati)dan farq qiladi. Boshqaruv shakllari davlat va jamiyat hayotining, boshqaruvning barcha sohalarida davlat funksiyalarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Boshqaruv organlari va mansabdor shaxslar har bir holatda aniq boshqaruv shaklini qo‘llaydilar. Boshqaruv harakatlarining u yoki bu shaklini tanlash esa, ma’lum bir qoidalar asosida amalga oshiriladi. Jumladan, ular mazkur organ (mansabdor shaxs) kompetensiyasiga, yo‘nalishiga (ahamiyatiga), boshqaruv faoliya- tining funksiyalari va uslublariga, hal qilinadigan masalalar xususiyatiga, boshqaruv ta’siri maqsadlariga, aniq obyekt xusu- siyatlariga mos kelishi kerak. Boshqaruv shakllari tegishli boshqaruv organi (mansabdor shaxs) faoliyati doirasiga kiruvchi obyektlar- gagina qo‘llanilishi mumkin.
Boshqaruv organlari o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirish jarayonida turli xil ma’muriy-huquqiy shakllardan foydalanadilar. Boshqaruv faoliyati shakllari boshqaruv faoliyati mazmuniga mos kelishi kerak, ya’ni boshqaruvning u yoki bu funksiyasini amalga oshirishda maqsadga muvofiq va kam vaqt talab etadigan kuch va vositalardan foydalanish lozim.
Davlat boshqaruvi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar (ustavlar, nizomlar, yo‘riqnomalar) bilan o‘rnatilgan boshqaruv shakllaridan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, boshqaruv jarayonida davlatning u yoki bu vazifasini hal etish, u yoki bu funksiyasini amalga oshirishning ruxsat berilgan (ya’ni normativ hujjatlar bilan belgilangan) shakllaridan foydalaniladi. Aks holda, boshqaruv harakatlari va ularning mazmuni shubha ostiga olinishi, normativ hujjatlar talabiga mos kelmasligi mumkin. Lekin bu boshqaruv subyektining o‘z xohishiga ko‘ra harakatlanish imko- niyatidan mahrum etilganligini anglatmaydi. Boshqaruv subyekti har bir holat bo‘yicha boshqaruv vazifalarini hal etish jarayonida u yoki bu shaklni tanlashga ijodiy yondashishi mumkin.
Davlat boshqaruvi faoliyatining tashqi ko‘rinishlari turli xil bo‘lganligi sababli, uni har xil asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin. Boshqaruv shakllari turli yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’muriy-huquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Ularning ba’zilari konstitutsiyaviy normalar (masalan, O‘zbekiston Res- publikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari) va qonun- lar bilan (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari), boshqalari esa qonun osti aktlari bilan (masalan, vazirlik, davlat qo‘mitasining buyruqlari, ko‘rsatmalari va hokazo) tartibga solinadi. Davlat organlarining ichki tashkiliy faoliyati shakllari ham ma’lum bir normalar bilan tartibga solingan bo‘lib, tashkilot ichidagi u yoki bu organning faoliyati doirasida bo‘ladi (masalan, yo‘riqnomalar). Davlat boshqaruvi shakllari bo‘yicha keng doirada ilmiy tadqiqotlar YE.Starossyak tomonidan olib borilgan bo‘lib, uning monografiyasida boshqaruv shakllarining quyidagi turlari ko‘rsatib
o‘tilgan:
birinchidan,umummajburiy normalarni o‘rnatish; ikkinchidan,ma’muriy aktlar qabul qilish; uchinchidan,shartnomalar tuzish;
to‘rtinchidan,ijtimoiy-tashkiliy faoliyatni amalga oshirish;
beshinchidan,moddiy-texnik harakatlarni bajarish1 .
Yu.M. Kozlov boshqaruv shakllariga to‘xtalib, ularni ikki guruhga ajratadi:
Birinchisi – huquqiyshakllar.Hamma vaqt ma’lum bir yuridik oqibatlarni vujudga keltiradigan harakatlar. Bu ijro etuvchi hoki- miyat subyektlarining bevosita huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi har qanday harakatlari hisoblanadi. Bunday harakatlar- da yuridik hokimiyat vakolatlari o‘z ifodasini topadi. Mazkur guruhga kiruvchi harakatlarning xususiyatlari – boshqaruvning huquqiy aktlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan – nohuquqiyshakllar.Ushbu shakllar boshqa- ruvning huquqiy aktlarini qabul qilishni nazarda tutmaganligi
1GтаросьуякÅ.Мðаâîâûå ôîðìû адìèíèñòðаòèâíîé дåяòåльíîñòè. – Ì., 1959. – 47-á.
sababli, yuridik oqibatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri vujudga keltirmaydi. Ular huquqiy shakllarga xos bo‘lgan ma’muriy-huquqiy muno- sabatlarni vujudga keltirmaydi. Nohuquqiy shakllar huquqiy shakllarni qo‘llashga yoki ularni keyinchalik amalga oshirilishiga ko‘maklashuvchi turli xil tashkiliy harakatlar hisoblanadi1.
Boshqaruv shakllarining huquqiy va nohuquqiy shakllarga bo‘linishi, ularning boshqa turlarga ham tasniflanishini inkor etmaydi. Boshqaruv jarayonidagi barcha harakatlarni boshqaruv huquqiy aktlari jumlasiga kiritish mumkin emas. Ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘z faoliyatlarida boshqa yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
X.R.Alimovning fikricha, boshqaruv faoliyati shakllari quyida- gicha
Huquqiy shakllar:
huquq normalarini o‘rnatish (boshqaruv aktlarini qabul qilish);
huquq normalarini qo‘llash (amaldagi huquq normalari asosida yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish).