O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə48/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqlari va erkinliklari, birinchi galda, O‘zbekiston Respublikasining Konsti-
tutsiyasi bilan belgilangan bo‘lib, bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir;

  2. har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega;

  3. hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas;

  4. jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas;

  5. har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas;

  6. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir;

  7. har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir;

  8. hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega;

  9. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi;

  10. fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respubli- kasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar;

  11. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushma- lariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar;

  12. har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega;

  13. har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir;

  14. har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega;

  15. har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega;

  16. har kim bilim olish huquqiga ega;

  17. har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.

Fuqarolar ma’muriy-huquqiy holatining ikkinchi asosiy tarkibiy qismi — bu fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi burchlari va majburiyatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi burchlarni bajaradilar:

  1. fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar;

  2. fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar;

  3. fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar;

  4. fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar;

  5. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda

belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari Konstitutsiyadan tashqari, amaldagi qonunchilik hujjatlarida ham belgilanadi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqib fuqarolarning ma’muriy-huquqiy holati tarkibiga kiruvchi huquqlar va majbu- riyatlarni to‘rtta guruhga birlashtirish mumkin:
birinchi guruhni fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishi, davlat xizmatida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlar va majburiyatlar tashkil etadi. Davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish keng qamrovli tushuncha bo‘lib, mohiyatiga ko‘ra, mamlakat hayotining barcha sohalarini o‘z ichiga oladi. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari bu guruhining o‘ziga xosligi shundaki, ularni amalga oshirish fuqarolarning faolligi, hohish-irodasini ifoda etishini talab etadi.
Fuqarolarning ikkinchi guruhni tashkil etuvchi huquq va majburiyatlarini amalga oshirish nafaqat ularning faolligini, balki davlat organlari va mansabdor shaxslarning aralashuvini ham talab qiladi. Jumladan, davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning yordami yoki qo‘llab-quvvatlashisiz fuqarolar mitinglar, namoyishlar o‘tkazish, o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun birlashish, davlat organlariga yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib murojaat qilish, davlat organlari (mansabdor shaxslar)ning qonunga zid xatti-harakatlari (qarorlari) oqibatida yetkazilgan zararni qoplash huquqlarini amalga oshira olmaydilar.
Fuqarolarning uchinchi guruhni tashkil etuvchi huquq va majburiyatlarini amalga oshirish - davlat organlari va mansabdor shaxslardan bu huquqlarni himoya qilish, davlat tomonidan kafolatlash, ularni bajarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish bo‘yicha funksional faoliyatni amalga oshirishni talab qiladi.
Davlat boshqaruvi sohasida fuqarolarning to‘rtinchi guruh huquq va majburiyatlari - davlat organlari faoliyatida fuqarolar ishtiroki bilan bog‘liqdir. Masalan, bunga – fuqarolarning davlat organlari faoliyatida ilmiy-texnik xodim, ekspert, maslahatchi, sohaviy yoki ishchi komissiyalarining a’zosi sifatida ishtirok etishi bilan bog‘liq huquq va majburiyatlari kiradi.
Fuqarolar davlat boshqaruvi sohasida o‘zlarining huquq va majburiyatlarini amalga oshirish orqali turli ma’muriy-huquqiy munosabatlarga kirishadilar. Bu munosabatlar quyidagilar asosida vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi mumkin:

  • fuqarolarning o‘z huquqlarini amalga oshirishlari (masalan, davlat organiga murojaat qilish, oliy o‘quv yurtlariga kirish);

  • fuqarolarning o‘z majburiyatlarini bajarishlari (masalan, fuqaroning 16 yoshga to‘lganda pasport olishi);

  • davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan fuqaro- larning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi (masalan, asossiz ravishda shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etish);

  • fuqarolar tomonidan majburiyatlarning bajarilmaganligi (masalan, belgilangan tartibda harbiy xizmatni o‘tamaganlik).

«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi - shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o‘zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi1.
O‘zbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro bo‘lish huquqiga egadir. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolar oldida, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi esa, davlat oldida mas’uldir.
O‘zbekiston Respublikasi – O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida o‘z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi – fuqarolikni olish asoslaridan qat’i nazar, barcha uchun teng hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining teng huquqliligi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy turmushning barcha sohalarida ta’minlanadi.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin