O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Ishontirish – davlat boshqaruv faoliyatining usuli sifatida



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə56/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

2-§. Ishontirish – davlat boshqaruv faoliyatining usuli sifatida


Yuqorida qayd etilganidek, davlat boshqaruvining eng asosiy usullaridan biri hisoblangan ishontirish usuli - boshqariluvchi- larning amaldagi qonunchilik va o‘rnatilgan tartib-qoidalarning talablarini ixtiyoriy bajarishlarini nazarda tutadigan ta’sir usulidir. Ishontirish usuli yordamida kishilarning ongi va irodasiga muayyan ta’sir ko‘rsatiladi, boshqaruv subyektlarining harakatlari maqsadga muvofiqligi hamda ularga bo‘lgan e’tiborni shakllantirishga erishiladi. Fuqarolarning qonunlarga, huquqiy tartibotga rioya etish hamda bo‘ysunish ruhida tarbiyalash bir necha qonunchilik hujjatlarining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2, 22-moddalariga asosan, shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining eng asosiy vazifalariga kiradi.


Ishontirish usuli quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. bu usul fuqarolarga nisbatan doimiy qo‘llaniladi;

  2. o‘rnatilgan talablarning ixtiyoriy bajarilishiga olib keladi, kishilarni qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalashni ta’minlaydi;

  1. ishontirish usulini qo‘llash davlat majburlash usulini qo‘llashga qaraganda moddiy jihatdan ancha qulay usul hisoblanadi;

  2. bu usul barcha subyektlar tomonidan qo‘llaniladi, boshqa usullar (masalan majburlash usuli) maxsus vakolatga ega davlat organlari va jamoat tuzilmalari tomonidan qo‘llaniladi.

Ishontirish boshqaruv usuli sifatida boshqaruv subyektining boshqariluvchilar ongi va irodasiga, kishilarning xulqiga axloqiy, psixologik, moddiy ta’sir ko‘rsatishini bildiradi. Bunday ta’sir boshqaruvning maqsad va vazifalariga muvofiq keluvchi onglilikni yuzaga keltiradi, mustahkamlaydi va rivojlantiradi, boshqaruv subyektining topshiriqlarini anglagan holda bajarishga undaydi.
Ishontirish usuli e’tibor, ichki ishonch, shaxsning ongiga ta’sir etish, shaxs manfaatlarini shakllantirish kabi elementlarga ega. Shu bilan birga ishontirish usuli o‘qitish, tashviqot, targ‘ibot, tushuntirish ishlari, tanqid, jamiyatga zid xatti-harakatlarni
muhokama qilish, tajriba almashish kabi vositalar (choralar) orqali amalga oshiriladi.
Boshqaruvda rag‘batlantirish alohida o‘rin tutadi. Rag‘batlan- tirish deganda, shaxs o‘z faoliyatida yoki ijtimoiy burchini bajarishida erishgan muvaffaqiyatlari uchun uning xizmatlarini ommaviy ravishda e’tirof etish, mukofotlash, jamoada sharaflash kabilar tushuniladi. Rag‘batlantirish choralari axloqiy, moddiy hamda axloqiy-moddiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Rag‘batlantirish choralariga belgilangan tartibda ta’sis etilgan eng yaxshi ilmiy ishlar, tasviriy san’at asarlari, sportdagi yutuqlar, maktabda a’lo o‘qish kabilar uchun beriladigan faxrli belgilar, oltin medallar ham kiradi.
Korxona, muassasa va tashkilotlarning ishchi va xizmatchilari uchun belgilangan ichki mehnat tartibi qoidalarida, shuningdek boshqaruvning bir qator tarmoqlarida amal qiladigan intizomiy ustavlar va nizomlarda xodimlarni mehnatdagi yutuqlari uchun rag‘batlantirishning bir qator choralari nazarda tutilgan. Masalan, ichki ishlar organlarining intizomiy ustavida xizmat faoliyatida erishilgan muvaffaqiyatlar uchun rag‘batlantirishning quyidagi turlari nazarda tutilgan: tashakkur e’lon qilish; pul mukofoti berish, qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash, Faxriy yorliq bilan mukofotlash, navbatdagi maxsus unvonni muddatidan avval berish, shtat lavozimida belgilangan unvondan bir pog‘ona yuqori bo‘lgan maxsus unvon berish va hokazo. Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun xodimlar O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin