O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Ma’muriy huquqbuzarlikning tarkibi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə64/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

2-§. Ma’muriy huquqbuzarlikning tarkibi


Har qanday huquqbuzarlik tarkibi singari, ma’muriy huquq- buzarlik ham: huquqbuzarlikning obyekti va obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni kabi xususiyatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti — bu ma’muriy huquq normalari bilan o‘rnatilgan va muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida nafaqat ma’muriy huquq normalari bilan, balki ma’muriy-huquqiy vositalar bilan muhofaza etiladigan boshqa huquq tarmoqlari (konstitutsiyaviy, moliya, yer, mehnat va h.k.lar) normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar ham vujudga keladi. Shu sababli, ma’muriy huquqbuzarlik obyektiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalari bilan himoya qilinadigan har qanday munosabatlarni kiritish mumkin.
Ma’muriy huquq nazariyasida huquqbuzarlik obyekti, odatda uch guruhga bo‘linadi:
Birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning umumiy obyekti
– davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTK 10- moddasining 1-qismida ma’muriy huquqbuzarlik obyekti umumiy holda – «shaxs, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, mulkchilik, davlat va jamoat tartibi, tabiiy muhit» ko‘rsatib o‘tilgan.
Ikkinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning turdosh obyekti

keltirilgan obyektlardir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning Maxsus qismida ma’muriy huquqbuzarliklar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:

  1. fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar;

  2. aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar;

  3. mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar;

  4. tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar;

  5. sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr ener- giyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar;

  6. qishloq xo‘jaligidagi huquqbuzarlik, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzish;

  7. transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquq- buzarliklar;

  8. fuqarolarning turar joy huquqlariga taalluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar;

  9. savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar;

  10. odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar;

  11. jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar;

  12. boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar.

Uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita obyekti

  • huquqbuzarlik oqibatida bevosita zarar yetkazilgan aniq obyekt hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 40- moddasida mustahkamlangan tuhmat huquqbuzarligining bevosita obyekti - fuqaroning sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi yoki 237-moddasiga binoan harbiy xizmatga yoki muqobil xizmatga chaqirilishdan bosh tortishda ifodalangan huquqbuzarlikning bevosita obyekti bo‘lib boshqaruv jarayonida o‘rnatilgan tartib, ya’ni fuqarolarning harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash majbu- riyati hisoblanadi.

Ma’muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni huquqqa xilof qilmish, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik obyektiga qaratilgan harakat yoki harakatsizlik, uning xususiyatlari, shuningdek, uni sodir etish (yoki sodir etmaganlik) sharoitlari hisoblanadi.


ega:
Ma’muriy huquqbuzarlik obyektiv tomondan ikki ko‘rinishga


Birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikni harakat natijasida
boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga halaqit berishi, avariya holatini vujudga keltirishi yoki yo‘l-transport hodisalarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin.

sodir etish. Harakat - insonning faol xulq-atvori hisoblanadi. Aksariyat ma’muriy huquqbuzarliklar, obyektiv tomondan shaxslarning harakati orqali sodir etiladi. Masalan, tuhmat, haqorat qilish, yengil tan jarohati yetkazish, o‘rnatilgan turli umummajburiy qoidalarni buzishda ifodalangan huquqbuzarliklar

  • harakatlar natijasida sodir etiladi.


Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin