O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi va yuridik xususiyatlari



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə61/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

1-§. Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi va yuridik xususiyatlari


Yuridik adabiyotlarda ma’muriy javobgarlikni qo‘llashning ikki asosi ko‘rsatib o‘tilgan: birinchisi, qonunning huquqiy (normativ) asosi sifatida; ikkinchisi — ma’muriy nojo‘ya xatti-harakatning (huquqbuzarlik) faktik asosi sifatida1.
Har ikki asos ham O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’mu- riy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (keyingi o‘rinlarda MJTK) 1-moddasida ma’muriy javobgarlikning huquqiy (normativ) asosi mustahkamlab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 10-moddasiga binoan esa, ma’muriy huquqbuzarlik deganda (faktik asos) qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayri- huquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Huquq nazariyasiga ko‘ra, har qanday yuridik javobgarlikning asosini qonunga xilof, aybli qilmish (harakat yoki harakatsizlik), ya’ni huquqbuzarlik tashkil etadi. Huquqbuzarliklar o‘zining maz- muni, yuridik xususiyatlari va tarkibiga ega bo‘lib, turli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Huquqbuzarlik ijtimoiy ma’noda, fuqarolar, jamiyat huquqlari va qonuniy manfaatlariga xavfni vujudga keltiruvchi xulq-atvor bo‘lib, u goktimoiy munosabatlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va ularning buzilishiga olib keladi. Huquqbuzarlik qasddan yoki
ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan xulq-atvor bo‘lib, uning natijasida jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga moddiy yoki ma’naviy zarar yetkaziladi.
Huquqbuzarlik o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalarining buzilishida ifodalanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik uch xil alomatni o‘z ichiga oladi:

    1. g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik;

    2. aybdorlik;

    3. javobgarlikka tortish.

Ma’muriy qonunchilik tomonidan taqiqlangan g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik g‘ayrihuquqiy ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanadi.
Davlat boshqaruvi sohasida sodir etiladigan va ko‘p uchraydi- gan huquqbuzarlik ko‘rinishlaridan biri - ma’muriy huquqbu- zarlikdir.
Ma’muriy huquqbuzarlikning mazmuni amaldagi qonun- chilikda aniq ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, quyidagi umumiy xususiyat- larga ega.
Birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik — ijtimoiy zararli hisoblanadi, ya’ni uning sodir etilishi jamiyat va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga moddiy va ma’naviy zarar yetkazadi.
Ikkinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik — ma’muriy huquqqa xilof hisoblanadi, ya’ni bunday xatti-harakatlarni sodir etish qonunchilik hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlangan.
Ayrim hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik ma’muriy-huquqiy normalarni buzish ma’nosida talqin qilinadi. Lekin ma’muriy- huquqiy normalar turli ko‘rinishga ega, masalan, namunali xulq- atvor qoidalarini o‘rnatuvchi, tartibga soluvchi ma’muriy-huquqiy normalar va bu qoidalarning buzilishi uchun javobgarlik o‘rna- tuvchi, muhofaza etuvchi ma’muriy-huquqiy normalar.
Huquqbuzarliklarga qarshi kurashda, odatda, uch ko‘rinish- dagi: intizomiy, ma’muriy va jinoiy jazo sanksiyalaridan foydala- niladi. Mazkur sanksiyalar barcha huquq tarmoqlarida muhofaza qilish vazifasini bajaradi. Masalan, konstitutsiyaviy, moliya, mehnat, fuqarolik, yer va boshqa huquq tarmoqlari ma’muriy javobgarlikning tartibga soluvchi normalari orqali muhofaza qilinadi.
Shu sababli, ma’muriy huquqbuzarlik umumiy ma’muriy- huquqiy normalar buzilishi sifatida emas, balki aniq tartibga soluvchi normalar buzilishi sifatida talqin qilinishi lozim.
Uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik qilmishdir. Ma’muriy huquqbuzarlik - bir yoki bir necha insonlarning ongli va irodali harakati yoki harakatsizligida ifodalanadi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin