4-§. Ichki ishlar organlari faoliyatida ma’muriy majburlov
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25- oktabrdagi 270-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan Ichki ishlar vazirligi huquqi doirasida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini muhofaza qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashni ta’minlash Vazirlikning eng asosiy vazifasi sifatida belgilab qo‘yilgan1. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy funksiya va vazifalarining mazmuni uning ma’muriy, tezkor-qidiruv, jinoyat-protsessual kabi asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi.
Ichki ishlar organlarning ushbu faoliyat yo‘nalishlaridan, ular tomonidan amalga oshiriladigan majburlash choralarini qo‘llash tartibi, asoslari va maqsadidan kelib chiqib, quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:
Ichki ishlar organlari faoliyatida ma’muriy majburlash choralarining qo‘llanilishi tegishli sohaviy xizmatlarning asosiy funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bularga asosan, huquqbuzarliklarning oldini olish, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish kabi xizmatlar kiradi.
Ichki ishlari organlar tomonidan majburlash choralarini qo‘llashning huquqiy asoslarini qonunchilik hujjatlari va idoraviy- normativ hujjatlar (nizom, yo‘riqnoma) tashkil qiladi.
Maxsus ma’muriy majburlash choralari hisoblangan jis- moniy kuch ishlatish (qo‘l jangi, sambo usuli), maxsus vosita- lar (qo‘l kishanlari, rezina tayog‘i), zarur hollarda qurol ishlatish kabi ta’sir choralarini qo‘llash alohida tartibi mavjud.
Ma’muriy majburlash choralarini qo‘llash vakolatiga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari o‘z hokimiyat vakolatlarini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari bilan alohida huquqiy muhofazalangan. Masalan, ichki ishlar organlari xodimlarining g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi farmoyishini bajarmaslik ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat deb hisoblanadi yoki ichi ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Ichki ishlar organlari tomonidan qo‘llaniladigan ma’muriy oldini choralariga: hujjatlarni tekshirish, ma’muriy nazorat, transport vositalari va yo‘lovchilarning harakatlanishini taqiqlash (cheklash), shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish (MJTK 289-m.), ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish
(MJTK 290-m.) kiradi.
Hujjatlarnitekshirishvaqtida fuqarolarning kimligi, tekshiri- layotgan hujjatlarning haqiqatan shu shaxsga tegishliligi hamda hujjatlarning haqiqiyligi aniqlanadi. Ichki ishlar organlari xodimlari bir shaxsni jinoyat sodir etganlikda gumon qilsa, fuqarolardan
o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatishni talab qilishlari mumkin. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari transport haydovchi- larining haydovchilik guvohnomalarini, texnik pasporti yoki yo‘l varaqasini tekshirishlari mumkin.
Ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy nazoratni shartli ravishda umumiy va maxsus turlarga ajratish mumkin. Ichki ishlar organlarining umumiy nazorati deb, - ichki ishlar organlarining kundalik ma’muriy faoliyatida davlat-hokimiyat vakolatlari doirasida o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilinishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat tushuniladi. Bunday nazoratga pasport tizimi qoidalari, nazorat-litsenziya, yong‘in xavfsizligi, yo‘l harakati havfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan amalga oshirladigan nazorat kiradi.
Ma’muriy nazorat quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
ma’muriy nazorat qonun va qonun osti hujjatlarining talablarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ichki ishlar organlari ma’muriy faoliyatining shakllaridan biri;
ma’muriy nazorat xuquqbuzarliklarning oldini olish, uni to‘xtatish maqsadida amalga oshiriladi;
d) ma’muriy nazorat qonun talablarini jamoat ta’siri yoki davlat majburlov choralari vositasi yordamida huquqbuzarliklardan muhofaza etadi.
Jinoiyjazoniijroetishmuassasalaridanbo‘shatilganshaxslar ustidanma’muriy nazorat(maxsus ma’muriy nazorat). O‘zbekis- ton Respublikasining «Jinoiy jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati to‘g‘risida»gi 1992-yil 9-dekabr qonuniga asosan tashkil qilinadi.
Ma’muriy nazoratning asosiy maqsadi ilgari sudlanganlar tomonidan takror jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, ularning ijobiy yo‘lga kirishiga yordamlashishdan iborat. Ma’muriy nazorat vaqtida nazorat ostidagi shaxsning boshqa huquq va qonuniy manfaatlariga putur yetkazilmasligi, kamsitilmasligi va ish, o‘qish va istiqomat joyida obro‘si to‘kilmasligi lozim.
Ma’muriy nazorat voyaga yetgan quyidagi shaxslarga nisbatan o‘rnatiladi:
og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki
yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ularning jazoni o‘tash davridagi xulq-atvori tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yo‘liga o‘tishni aslo istamaganliklaridan dalolat bersa;
og‘ir jinoyatlari uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlari uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazo muddatini o‘tab bo‘lganlaridan so‘ng ichki ishlar or- ganlarining jamiyat uchun zararli kun kechirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi ogohlantirishiga qaramay jamoat tartibini muntazam buzayotgan va fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetka- zayotgan bo‘lsa;
d) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan.
Ma’muriy nazoratga olingan shaxslarga nisbatan quyidagi taqiqlovchi ma’muriy oldini olish choralari qo‘llanilishi mumkin:
ichki ishlar organlari belgilab kuygan vaqtda uy (kvartira) dan chiqib ketish;
tuman (shahar)ning muayyan joylarida bo‘lish;
d) ichki ishlar organlarining ruxsatisiz tuman (shahar)dan tashqari chiqib ketish;
f) ro‘yxatdan o‘tish uchun har oyda bir martadan to‘rt martagacha militsiyaga kelib uchrashish zarurligi.
Yuqorida ko‘rsatilgan choralar to‘la hajmda yoki ayrim-ayrim yo‘sinda qo‘llaniladi. Cheklashlar ro‘yxati uzil-kesil hisoblanadi, unga qo‘shimchalar qilish yoki kengaytirib baholash mumkin emas.
Sudyaning qarori ma’muriy nazorat o‘rnatish uchun asos hisoblanadi. Ma’muriy nazorat olti oydan bir yilgacha belgilanadi. Bu muddat ichki ishlar organlarining taqdimnomasiga binoan har safar yana olti oyga uzaytirilishi mumkin, lekin uzaytirilgan nazorat muddati mazkur jinoyat uchun belgilangan sudlanganlik muhla- tining tugashi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan muddatlardan oshmasligi lozim. Chek- lashlar ro‘yxati nazorat ostidagi kishining shaxsi, uning turmush tarzi va xulq-atvoriga qarab, «Jinoiy jazoni ijro etish muassasa- laridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar organlarining
ma’muriy nazorati to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan choralar doirasida sudya tomonidan qisqartirilishi yoki to‘ldirilishi mumkin.
Ma’muriy nazorat quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
ma’muriy nazorat olib borish uchun belgilangan muddat tugangandan keyin uni uzaytirishga asos bo‘lmasa;
basharti nazorat ostida bo‘lgan shaxs muddatidan ilgari, tuzalish yo‘liga qat’iyan o‘tganligi, ishda va turmushda o‘zining yaxshi tomonlarini ko‘rsatganligi aniqlangan bo‘lsa;
d) nazorat ostida bo‘lgan shaxsning sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganligi olib tashlangan hollarda.