O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə67/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Beparvolikda huquqbuzarning zararli oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligiga oldindan ko‘zi yetmaydi. Ko‘pincha bu hol shu narsa bilan bog‘liq bo‘ladiki, huquqbuzar o‘zi amalga oshirgan harakat nimalarga olib kelishi mumkinligini o‘ylab ko‘rmaydi. Shaxsning o‘z harakati yoki harakatsizligining zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga oldindan ko‘zi yetishi lozimligini aniqlab olish uchun u mavjud obyektiv shart-sharoitlarni bilishi zarur bo‘ladi. Zararli oqibatlarga oldindan ko‘zi yetishiga shaxsning bajaradigan xizmat vazifalari xususiyatlari va yashash qoidalari, masalan, olov bilan ehtiyotsizlarcha munosabatda bo‘lishi natijasida o‘rmonning yo‘q bo‘lishi yoki shikastlanishi vaqtidagi xizmat vazifalari va xususiyatlari hamda yashash qoidalari talablari bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shaxsning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga oldindan ko‘zi yetishi lozim emasligi ma’lum bo‘lgan hollarda, uning ma’muriy javobgarligi haqidagi masalaga o‘rin qolmaydi va shaxsning bu oqibatlarga oldindan ko‘zi yetishi lozimmi yoki lozim emasligini aniqlashga ehtiyoj bo‘lmaydi. Agar shaxsning zararli oqibatlar kelib chiqishiga oldindan ko‘zi yetishi lozim bo‘lsa, uning bu ishni qila olishini aniqlash talab etiladi. Bu haqda to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun huquqbuzar shaxsning muayyan o‘ziga xos xususiyatlarini: uning hayotiy tajribasi, ma’lumoti, kasbi, ish staji, ko‘nikmalari, salomatligi hollari, ruhiyati, shaxs harakat qilgan vaziyat va hokazolarni hisobga olish kerak bo‘ladi.
Ehtiyotsizlik bilan qilingan aybdan shaxs javobgar bo‘lmay- digan chigal ish yoki hodisani farqlash kerak. Bu keyingi holat uchun, ya’ni shaxs amalga oshirgan harakat natijasida kelib chiqqan zararli oqibatlarga oldindan ko‘zi yetishi lozim va mumkin emasligi xosdir. Bu holatlarga transportdagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vaqtida duch kelish mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik natijasida sodir etishdan aybsiz zarar keltirishni farqlash lozim. Aybsiz zarar keltirish javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning aksariyat moddalarida ayb shakllari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tilmagan hamda ma’mu- riy javobgarlik ayb shaklidan qat’i nazar vujudga keladi. Masalan, MJTK 88-moddasiga binoan qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chog‘ida yonilg‘i moddalar va binokorlik materiallarini to‘plash, maxsus texnik qurilmalarsiz ochiq alanga oldirib ularni yoqish, bitum eritishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik qasddan sodir etilganmi yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilganmi, ma’muriy javobgarlikka asos bo‘ladi.
MJTKning ayrim moddalarida qasd to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tilmagan bo‘lsa ham, uning qasddan sodir etilganligi qilmishning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, 188-moddaga binoan voyaga yetmagan shaxsni tilamchilikka, spirtli ichimliklar iste’mol qilish- ga, giyohvandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga, irodasiga ta’sir qiladigan moddalar yoki vositalarni iste’mol etishga jalb qilish faqat qasddan sodir etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning ayrim moddalarida esa ayb shakllari aniq ko‘rsatib o‘tiladi. Masalan, 52-moddaning birinchi qismida ehtiyotsizlik orqasida badanga yengil shikast yetkazish, ikkinchi qismida esa, badanga qasddan yengil shikast yetkazish uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.
MJTKda ma’muriy huqubuzarlikning maqsad va motiv singari fakultativ belgilari ham nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, 141-moddaga binoan haydovchilarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi, ma’muriy javobgarlikni vujudga keltiradi. Bunday maqsadning bo‘lmaganligi esa, javobgarlikka olib kelmaydi. Va aksincha, masalan, MJTKning 56-moddasiga binoan giyoxvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maq- sadini ko‘zlamay oz miqdorda g‘ayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish — ma’muriy javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Shunday qilib, shaxsning sodir etgan qilmishini ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tasniflash uchun birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning yuridik xususiyatlari — huquqqa xiloflilik, aybning mavjudligi, jazoga sazovorligi va ikkinchidan, yuridik tarkibi

  • ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti va obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni mavjud bo‘lishi kerak.



Nazorat uchun savol va topshiriqlar




  1. Ma’muriy huquqbuzarlik deganda nimani tushunasiz?

  2. Ma’muriy huquqbuzarlikning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  3. Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish qanday oqibatlar keltirib chiqaradi?

  4. Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etishning uni qasddan sodir etishdan qanday farqli tomonlari bor?

  5. Ma’muriy huquqbuzarlikning qanday turlari mavjud?

  6. Ma’muriy huquqbuzarlikning tarkibi haqida so‘zlab bering.

  7. Ma’muriy huquqbuzarlik obyektiv tomoni belgilari nimalardan iborat?

  8. Ma’muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoni belgilarini ta’riflab bering.

  9. Ma’muriy huquqbuzarlik subyektini kimlar tashkil etadi?







  1. bob

MA’MURIY JAVOBGARLIK



  1. Yüklə 6,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin