O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə69/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Umumiy subyekt — har qanday 16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxs. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 13- moddasida ma’muriy javobgarlik subyekti umumiy holda ko‘rsatib o‘tilgan.
Maxsus subyekt — umumiy subyektga qaraganda o‘ziga xos xususiyatlarga (ko‘shimcha belgilarga) ega bo‘lgan subyektlardir. Ma’muriy huquqbuzarlikning maxsus subyektiga - mansabdor shaxslar, haydovchilar, voyaga yetmaganlar va boshqalarni kiritish mumkin. Mazkur shaxslar tomonidan sodir etiladigan huquqbu- zarliklar va ularga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar ularning egallab turgan lavozimi yoki mansabi bilan yoxud ular zimmasiga yuklangan vazifalar (majburiyatlar)ning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi bilan bog‘liq holda sodir etiladi. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi fuqarolarga (umumiy subyekt) qaraganda yuqori bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 1754-moddasiga binoan ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘lash uchun faqatgina man- sabdor shaxslargina javobgarlikka tortilishi mumkin. Chunki xodim- larga ish haqini berish majburiyati korxona, muassasa va tashki- lotning mansabdor shaxsi zimmasiga yuklangan.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKniðg 125-moddasiga binoan foydalanish man etiladigan darajada nosoz transport vositalarini boshqarish uchun faqatgina haydovchilar javobgarlikka tortilishi mumkin. Chunki, faqat haydovchi transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga nisbatan qo‘llanilishi belgilangan. Lekin 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar - voyaga yetmaganlar toifasiga kirishini ham unutmaslik kerak. Ularning ma’muriy javobgarligi, odatda, maxsus qoidalar bilan tartibga solinadi.
Alohida subyekt - intizom ustavlari yoki xizmat to‘g‘risidagi nizomlar tatbiq qilinadigan shaxslar, masalan, harbiy xizmatchilar
va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, ichki ishlar organlarining oddiy safdorlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar. Ma’muriy huquqbuzarlikning alohida subyektlari - maxsus subyektlarning alohida guruhini tashkil etadi. Alohida subyektlar ham, maxsus subyektlar singari o‘ziga xos xususiyat- larga ega.
Qonunchilik hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlikning u yoki bu subyektlari doirasiga qaratilgan javobgarlikning qo‘shimcha asoslari yoki uning yuqori hajmi, boshqalariga nisbatan esa ma’muriy javobgarlikni qo‘llashda cheklanishlar ko‘rsatib o‘tiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 53-moddasiga binoan sanitariya qonunchilik hujjatlarini, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini buzish, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy javobgarligi ham nazarda tutilgan. Bu toifadagi shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik subyektlarining qaysi guruhiga kiradi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Agar, xorijiy fuqarolar diðlomatik immunitet, ya’ni daxlsizlik huquqidan foyda- lanmasa, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari singari umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. Agar, bunday huquqqa ega bo‘lsa, ularning javobgarligi masalasi xalqaro shartnomalarda (yoki davlatlar o‘rtasida tuzilgan xalqaro bitimlarda) nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi. Demak, ular ma’muriy huquqbuzarlikning ham umumiy subyekti, ham maxsus subyekti sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKda xorijiy fuqarolar va fuqa- roligi bo‘lmagan shaxslarning javobgarligi nazarda tutiladi. Masalan, MJTKning 225-moddasida O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish, ya’ni O‘zbekistonda yashash huquqini beradi- gan hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bilan yashashi, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatga turish, ko‘chish yoki turar joy tanlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etmasligi, bo‘lish
muddati tugagach chiqib ketishdan bo‘yin tovlashi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzda o‘tish tartibiga rioya qilmasligi uchun xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ma’muriy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi MJTKga binoan, faqatgina jismoniy shaxslar ma’muriy javobgar- likka tortilishi mumkin. Ayrim davlatlar, masalan Rossiya Federat- siyasida, yuridik shaxslar ham ma’muriy javobgalikka tortiladilar. O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy huquqbuzarlikning subyekti sifatida yuridik shaxslarning namoyon bo‘lishi holati ham
mavjud.
Ma’muriy huquq ma’muriy javobgarlikni qo‘llashni nazarda tutgan holda ayrim sabablarga ko‘ra ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish asoslarini belgilaydi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18, 19, 20-mod- dalariga ko‘ra biror shaxs ma’muriy xatti-harakat sodir etgan bo‘- lib, bu harakatni o‘ta zarurat yuzasidan, ya’ni davlat yoki jamoat tartibiga, mulkka, fuqarolarning huquq va erkinliklariga va bosh- qaruv yuzasidan belgilangan tartibga tahdid qiluvchi xavfni bartaraf etish uchun sodir etgan bo‘lsa, basharti bu xavfni mavjud boshqa vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmagan taqdirda va yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan ancha kam bo‘lsa, bunday shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Shaxs ma’muriy normalarda taqiqlangan xatti-harakatni sodir etgan bo‘lsa, lekin u bu harakatni zaruriy mudofaa holatida, ya’ni davlat yoki jamoat tartibini, mulkni, fuqarolarning huquq va erkinlik- larini, boshqaruv yuzasidan belgilangan tartibni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan, shunday tajovuz qilmoqchi bo‘lgan shaxsga zarar yetkazib bo‘lsa ham himoya qilish vaqtida zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqmagan holda sodir etgan bo‘lsa, bunday shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Sodir etilgan huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo‘lgan taqdirda shu ishni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etib uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin (MJTK 21-m.).

  1. Yüklə 6,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin