Uzoq tarixdan ma’lumki, har qanday ijtimoiy munosabatni qo‘riqlash zaruriyati har doim, har zamonda bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi. Shu bois, huquq hamisha ijtimoiy muno- sabatlarni muhofaza etish vositasi bo‘lib kelgan. Huquqiy ta’sirning bu yo‘nalishi huquqning qo‘riqlovchi funksiyasini tashkil etadi.
Huquqning qo‘riqlovchifunksiyasi — uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy ta’sir etish yo‘nalishi bo‘lib, u umumiy ahamiyatga molik, o‘ta muhim iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladi va shu bilan birga jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi1 .
Huquqshunoslik fanida qo‘riqlovchi funksiyaning xususiyatlari quyidagilardan iborat ekanligi e’tirof etilgan:
birinchidan, u huquqni kishilar xulq-atvoriga ta’sir etishning alohida vositasi sifatida ta’riflaydi. Huquq bu vazifani jazoqo‘llash, taqiqlar o‘rnatish va yuridik javobgarlikni amalga oshirish bilan ogohlantirib, insonlar irodasiga ta’sir o‘tkazish orqali bajaradi;
ikkinchidan,unda davlat, huquqiy qoidalar vositasida qanday ijtimoiy qadriyatlarni o‘z himoyasiga olganligi to‘g‘risida ijtimoiy munosabat subyektlariga axborot yetkaziladi;
uchinchidan,u jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasining, huquqdagi insonparvarlik asoslarining ko‘rsatkichidir. Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda, yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Tegishli davlat idoralari huquq subyektlari tomonidan qonun talablarini so‘zsiz qat’iy bajarilishini
ta’minlaydi, jamiyatda qonuniylik muhitini vujudga keltiradi.
1 Даâлаò âа µó³ó³ íаçаðèяñè. Даðñлèk/ пðîô. ¥.Á.Áîáîåâ âа пðîô. ¥.T. Îдèл³î- ðèåâлаðíèíã óìóìèé òаµðèðè îñòèда. – T, 2000. – 528-á.
Bu huquq buzilishi faktini aniqlash, ularni ko‘rib chiqish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, eng muhimi, huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi ijtimoiy munosabatlarni himoyalashga yo‘naltirilgandir.
Turli huquq tarmoqlarida tartibga solinadigan va qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarni aybdor shaxs tomonidan buzganlik uchun yuridik javobgarlik nazarda tutiladi. Yuridik javobgarlik aybdor shaxsga nisbatan muayyan jazo qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Masalan, mehnat intizomi buzilganda — intizomiy jazo, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganda — ma’muriy jazo, jinoyat sodir etilganda — jinoiy jazo qo‘llaniladi.
Ma’muriy jazo — maqsadiga ko‘ra ma’muriy majburlov chora- larining bir turi bo‘lib hisoblanadi. Ma’muriy jazo — ma’muriy majburlovning boshqa choralaridan farqli ravishda huquqbuzar tomonidan ma’muriy qonunchilik hujjatlari bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilinganda, ya’ni, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgandagina qo‘llaniladigan o‘ziga xos maqsadga ega jazo sanksiyalari bo‘lib, ma’muriy-protsessual tartibda amalga oshiriladi.
Ma’muriy jazo — O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javob- garlik to‘g‘risidagi kodeks bilan, ma’muriy majburlovning boshqa choralari esa, turli normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Huquqshunos olim Yu.M.Kozlovning fikricha, ma’muriy jazo choralari – ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash maqsadida qo‘llanilmaydi. Agar ma’muriy huquqbuzarlik orqali jismoniy yoki yuridik shaxsga moddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, huquqbuzarlik ishini ko‘rib chiquvchi davlat organi ma’muriy jazoni tayinlash bilan bir vaqtda, mulkiy zararni undirish bo‘yicha masalani ham hal etishi mumkin. Mulkiy zararni undirish fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish tartibida amalga oshi- riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 22-moddasida ma’muriy jazoning maqsadi to‘liq o‘z ifodasini topgan va unga ko‘ra ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash,
shuningdek ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Shu bois jazolash — ma’muriy jazoning asosiy maqsadi emas, balki huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni Konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, huquq-tartibotni ta’minlash, ushbu shaxsning o‘zi va boshqa shaxslar tomonidan yangi huquqqa xilof qilmishlar sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Shu bilan birga ma’muriy jazo, ma’lum bir ma’noda, jinoyat- larning oldini olishga ham xizmat qiladi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadilar: «Jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurash samaradorligi jazoning og‘irligi va shafqatsizligiga emas, balki birinchi navbatda, qonunni buzgan shaxsning jazoning muqarrarligini nechog‘lik anglashiga bog‘liq. Jazoning muqarrarligi jinoyatchilikni oldini olishda samarali ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi»1 .
Ma’muriy jazo – ma’muriy qonunchilikka asosan, huquq- buzarlik sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan vakolatli organ mansabdor shaxs tomonidan qo‘llani- ladigan va huquqbuzarni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni vaqtincha cheklashdan iborat majburlov chorasi bo‘lsa-da, huquqbuzarni qiynoqqa solish, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etish maqsadini ko‘zlamaydi. Buning isboti Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 8-mod- dasining qoidasida o‘z aksini topgan, ya’ni, ma’muriy huquqbu- zarlik uchun hech kim mamlakatimiz Konstitutsiyasidan kelib chiquvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish chorasiga tortilishi mumkin emas. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi.
1KapumoвИ.А.¤çáåkèñòîí: ìèллèé èñòè³лîл, è³òèñîд, ñèëñаò, ìаôkóðа.
T.1. – T., 1996. – 15-á.
Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralarini o‘z vakolatlari doirasida qo‘llaydilar hamda ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llanish chog‘ida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan ta’minlanadi.
Ma’muriy jazoning maqsadi va vazifalari o‘zaro uyg‘un holda bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’muriy jazoning vazifalari inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlash, ma’muriy huquqbuzarlik uchun adolatli jazoning muqarrarligi, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarni O‘zbe- kiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomo- nidan qay tartibda qanday ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.