O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 23-moddasiga muvofiq, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:
jarima;
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
ma’muriy qamoqqa olish.
Ma’muriy jarimadan tashqari barcha ma’muriy jazo choralari, faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.
Qonunchilik hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, ma’muriy jazo — asosiy va qo‘shimcha ma’muriy jazo choralariga bo‘linadi.
Asosiy ma’muriy jazo choralari bu — ma’muriy jazo choralari boshqa ma’muriy jazo choralarining turlariga qo‘shimcha bo‘lib, ayni vaqtda tayinlanishi mumkin bo‘lmagan jazo choralaridir. Masalan, jarima, muayyan shaxsni maxsus huquqdan mahrum qilish, ma’muriy qamoq kabi choralar faqat asosiy ma’muriy jazo choralari sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Qo‘shimcha ma’muriy jazo choralari bu — ma’muriy jazo chorasiga qo‘shimcha ravishda tayinlanishi mumkin bo‘lgan ma’muriy jazo choralaridir. Masalan, ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki musodara qilish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish qo‘shimcha jazo choralaridir. Biroq, ular ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida qo‘llanilishi mumkin. Qo‘shimcha ma’muriy jazo choralarining yana bir o‘ziga xos xususiyati bu ularning sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun alohida, mustaqil ravishda qo‘llanilishining mumkin emasligi, ya’ni ular faqat asosiy ma’muriy jazo choralariga qo‘shimcha jazo chorasi sifatida tayinlanishi mumkin.
Demak, bir ma’muriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy, yoki ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. Lekin, bir vaqtning o‘zida ikkita asosiy yoki ikkita qo‘shimcha jazo choralarining qo‘llanilishi mumkin emas.
Yuqorida ko‘rsatilgan ma’muriy jazo choralarni alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.
Jarima — ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladi. Boshqacha aytganda, jarima — ma’muriy huquq- buzarliklar uchun MJTKning Maxsus qismi moddalarining sanksiyalarida belgilangan hollarda qo‘llaniladi.
Jarima — ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan aybdor shaxslardan davlat hisobiga pul undirishdir.
Jarima — moddiy xususiyatga ega bo‘lgan ma’muriy jazo chorasi bo‘lib, aybdor shaxslardan davlat hisobiga undirib olinadigan muayyan bir pul miqdorida ifodalanadi. Jarima tarzidagi ma’muriy jazo chorasi huquqbuzarning ongiga ta’sir ko‘rsatib, avvalo, uning moddiy manfaatlariga zarar yetkazadi. Shu bois ma’muriy jarima samarali jazo choralaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Jarima ma’muriy jazo chorasining asosiy turi hisoblanadi. U boshqa jazo choralarining o‘rniga tatbiq etilishi mumkin emas. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jarima qo‘shimcha ma’muriy jazo chorasi bilan birgalikda solinishi mumkin (masalan, ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki musodara qilish).
Jarimaning miqdori — ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa u aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Jarima, solish obyektlariga ko‘ra 2 turga bo‘linadi: fuqarolarga, (ya’ni jismoniy shaxslarga) va mansabdor shaxslarga solinadigan jarimalar, ular miqdoriga ko‘ra farqlanadi.
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori — eng kam oylik ish haqining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxs- larga esa — o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori — eng kam oylik ish haqining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga — eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha va mansabdor shaxslarga
yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan jarimaning eng ko‘p miqdori Kodeksning 6- moddasiga binoan fuqarolarga — eng kam ish haqining uch baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oshmasligi kerak.
Jarima — ma’muriy javobgarlikning samarali choralaridan biri sifatida, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli barcha organ (mansabdor shaxs)lar tomonidan o‘rnatilgan ma’muriy-protsessual tartibda qo‘llaniladi.
Ma’muriy huquqbuzarliklarning muayyan turlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi ma’muriy-huquqiy normalar sank- siyalarida jarimaning miqdorlari huquqbuzarliklarning darajasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi. Bunda jarima miqdorlari ma’muriy jazo chorasining ushbu turi uchun belgilangan eng ko‘p va eng
kam miqdorlar chegarasidan chiqib ketmasligi shart. O‘zbekiston Respublikasi MJTKning Maxsus qismida nazarda tutilgan ma’muriy-huquqiy normalar sanksiyalarining ko‘pchiligida ma’muriy jarimaning eng ko‘p miqdori, ayrim sanksiyalarida esa, jarimaning eng ko‘p va eng kam miqdori ko‘rsatiladi. Bu hol vakolatli organ (mansabdor shaxs)ga jarima miqdorini belgilashda sodir etilgan huquqbuzarlikni va aybdorning shaxsini tavsiflovchi barcha holatlarni hisobga olish hamda adolatli jazo qo‘llash imkonini beradi. Jarima solish to‘g‘risida organ (mansabdor shaxs)ning qarori chiqariladi. Faqat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 283-moddasida nazarda tutilgan hollarda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida bayonnoma tuzilmasdan jarima solinadi. Ma’muriy jarima jazo chorasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning Maxsus qismida o‘z aksini topgan deyarli barcha
ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladi.
Ma’muriy jarimaning solinadiganmiqdori,ijroetishmuddatlari vatartibigako‘ratasniflashmumkin.
Jarimaning solinadigan miqdoriga ko‘ra — joyning o‘zida solinadigan jarimaga, ya’ni fuqaro o‘zi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirmasa va jarimaning miqdori eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan, yo‘l harakati qoidabuzarliklari to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan esa —bir baravaridan oshmasa va aybdor shaxs jarimani darhol to‘lasa, bu joyning o‘zida undirib olinadigan jarima deb e’tirof etiladi. Bunda huquqbuzarga qat’iy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangan belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi.
Jarimani ijro etish muddatlariga ko‘ra — agarda jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida to‘lanmasa, yoki jarimaning miqdori eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan, yo‘l harakati qoidabuzarliklari to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan esa – bir baravaridan oshadigan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish va qarorni ijro etish uchun O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 332-mod- dasida nazarda tutilgan tartibda, ya’ni huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim.
Jarima, o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo‘lmagan taqdirda, ularning ota- onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga to‘lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.
Jarima ijro etish tartibiga ko‘ra — ixtiyoriy to‘lanadigan (o‘n besh kunlik muddat ichida)jarimaga va majburiy tartibda (o‘n besh kunlik muddat ichida ixtiyoriy to‘lanmaganda) undirib olinadigan jarimaga bo‘linadi.
Bunda huquqbuzar jarimani unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktir- may, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab o‘n besh kunlik belgilangan muddat ichida to‘lamagan taqdirda, jarima solish to‘g‘risidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa mablag‘idan, nafaqasidan yoki stiðendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi.
Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo‘lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stiðendiyasidan boshqa sabablarga ko‘ra undirib olishning iloji bo‘lmasa, uni undirib olish sud ijrochisi tomonidan jarima solish to‘g‘risida tegishli organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror asosida huquqbuzarning mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Jarima O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijro hujjatlari bo‘yicha undirib olinishi mumkin bo‘lmagan
mol-mulkdan undirib olinishi mumkin emas.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq jarima to‘la-to‘kis undirib olingach, uning ijro etilganligi haqida belgi qo‘yilib, shu qarorni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga qaytariladi.