O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Davlat boshqaruvi aktlarining mazmuni va xususiyatlari



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə51/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

2-§. Davlat boshqaruvi aktlarining mazmuni va xususiyatlari


Ma’muriy huquq nazariyasida boshqaruvning huquqiy akti instituti alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning doirasida davlat boshqaruvining eng muhim funksiyalari amalga oshiriladi. Tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning qarorlari va harakatlari, qoida bo‘yicha, normativ yoki normativ bo‘lmagan huquqiy aktlar shaklida rasmiylashtiriladi.




1 Козпов Œ.M. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî. Ó÷åáíèk. – 2-å èçд., пåðåðаá. è дîп. – Ì., 2003. – 142-á.
2 Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî Ðåñпóáлèkè Óçáåkèñòаí // Àâò. kîллåkòèâ: Õ.Ð.Àлèìîâ, Л.È.Сîлîâьåâа è дð. – T., 1999. – С. 173-174.
Boshqaruvning huquqiy aktlari ijtimoiy boshqaruv oldida turgan maqsad va vazifalarga erishish uchun uning harakatlarini amalga oshirishning muhim huquqiy shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
Boshqaruvning huquqiy aktlari muammosiga oid huquq- shunos olimlarning ko‘pdan-ko‘p ilmiy ishlari mavjud bo‘lib ularning aksariyati o‘quv yurtlarida boshqaruv huquqiy aktlari (ma’muriy huquqiy aktlar)ni o‘rganishga qaratilgan maxsus fanni kiritish tarafdoridir1.
Boshqaruvning huquqiy aktlari, hozirgi vaqtda, keng norma- tiv asosga egadir, ya’ni bunday aktlarni qabul qilish va uning tartibi — O‘zbekiston Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa norma- tiv-huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan.
Boshqaruv huquqiy aktlarini qabul qilish — ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining asosiy shakllaridan biri hisob- lanadi. Huquqiy aktlar orqali mazkur subyektlarning vazifalari, funksiyalari va vakolatlari, ya’ni kompetensiyasi bevosita amalga oshiriladi.
Boshqaruvning huquqiy aktlari deganda — ijro etuvchi hoki- miyat subyektlarining bir tomonlama hokimiyat ko‘rsatmalarini ifodalash, yuridik oqibatlarni vujudga keltirish va bajarilishi majburiy bo‘lgan aktlar tushuniladi.
Huquqiy aktlar — boshqaruv qarorlarining yuridik shakli bo‘lib hisoblanadi. Ijro etuvchi hokimiyat organi (mansabdor shaxs) vakolati doirasida huquqiy akt qabul qilish orqali umumiy (normativ) yoki individual (yakka, ma’muriy) ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni hal etadi.
Huquqiy akt — ijro etuvchi hokimiyat subyektining bir tomonlama yuridik hokimiyati irodasini namoyon etib, birinchidan, davlat-boshqaruv faoliyatining hokimiyat tabiatini ifodalaydi; ikkinchidan, uning yordamida ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifa va funksiyalari amalga oshiriladi.


1 Qarang: Tuxоmuров Œ.А., Котeneвскaя И.B. Мðаâîâûå аkòû: Ó÷åá. пðаkò. è ñпðаâ. Мîñîáèå. – Ì., 1999. – C. 3.; Костennuков M.B. Мðîâîâûå аkòû îðãаíîâ èñпîлíèòåльíîé âлаñòè. Èõ ðаçðаáîòkа è пðèíяòèå. – Ì., 2000; Кnязeв G.Д. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî: Ó÷åá. пîñîáèå. – Âладèâîñòîk. 1997. – C. 51-56.
Boshqaruvning huquqiy akti — imperativ xususiyatga ega bo‘lib, uning talablari qaysi subyektga qaratilgan bo‘lsa, uning uchun majburiy hisoblanadi.
Huquqiy aktlarning ijrosi, uning talablarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxslarni yuridik javobgarlikka tortish tahdidi bilan ta’minlanadi.
Boshqaruvning huquqiy aktlari:
birinchidan, davlat boshqaruvi sohasida xulq-atvor qoidalarini o‘rnatadi;
ikkinchidan, aniq bir ma’muriy-huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi yuridik fakt sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, vazir o‘z buyrug‘i bilan tegishli sohada faoliyat yurituvchi barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, korxona va muassasalar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar o‘rnatishi mumkin. Shuningdek, uning shaxsni ma’lum bir lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan, aniq davlat-xizmat munosabatlari vujudga kelishi mumkin.
Boshqaruvning har qanday shakldagi huquqiy akti qonun osti xususiyatiga ega bo‘ladi, ya’ni ular vakolatli davlat organlari tomonidan Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib va ularni ijro etish maqsadida qabul qilinadi.
A. G. Chernyavskiyning fikricha, davlat boshqaruv aktlari ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining boshqa shakllaridan farq qilgan holda quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:

  1. boshqaruv aktlari – ijro etuvchi hokimiyat subyektlari- ning, ya’ni ma’muriy huquq subyekti hisoblangan ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki korxona va muassasa ma’muriyatining yuridik hokimiyati irodasini ifodalashdir. Bu aktlar – ma’muriy hokimiyatning maqsad va funksiyalarini amalga oshirishning muhim vositalaridan biri bo‘lib, ijro etish va farmoyish berish faoliyatining asosiy shakli hisoblanadi. Boshqaruv aktlari - boshqaruv subyektlari tomonidan mamlakatning xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy, ma’muriy-siyosiy sohalariga kundalik hamda bevosita rahbarlik qilish jarayonida qabul qilinadigan qarorlardir. Boshqaruv aktlari o‘rtasida ijro etuvchi hokimiyat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan qabul qilinadigan aktlar alohida ahamiyatga egadir;

  2. boshqaruv aktlari – ijro etuvchi hokimiyat yoki ma’muriy huquqning vakolatli boshqa subyekti tomonidan qabul qilinishi

mumkin. Bu aktlar – boshqaruv qarorlarining huquqiy shakl- laridan biri hisoblanadi;

  1. boshqaruv aktlari – adresatga (ya’ni qaysi shaxsga qaratilgan bo‘lsa), imperativlik, majburiylik xususiyatiga ega, unda bir tomon (ma’muriy huquq subyekti)ning tegishli irodasi ifodalangan bo‘ladi;

  2. boshqaruv aktlari – xulq-atvorni, ma’lum bir qoidani o‘rnatish va tartibga solish xususiyatiga egadir;

  3. boshqaruv aktlari – ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishida huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Demak, boshqaruv akti — boshqaruv qarorlarining huquqiy shakli bo‘lib, ma’muriy huquqning tegishli subyekti (ijro etuvchi hokimiyat organi, korxona va muassasa ma’muriyati, mansabdor shaxs) tomonidan bir tomonlama tartibda irodani ifodalash aktidir; qonunchilikda ko‘rsatilgan shaklga ega bo‘lgan va ijro etuvchi hokimiyat sohasidagi vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ma’muriy-huquqiy normalarni o‘rnatish hamda ma’muriy-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish va bekor qilishga qaratilgan aktdir1 .
Yu.N.Starilovning fikricha, boshqaruvning huquqiy aktlariga quyidagi xususiyatlar xosdir:

  1. Huquqiy akt – boshqaruv vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv jarayonining o‘rnatilgan qoidalari asosida tayyorlangan va qabul qilingan boshqaruv qarorining bir shaklidir. Boshqaruv qarori o‘z mohiyatiga ko‘ra boshqaruv subyektlarining rejalashtirilgan va nazarda tutilgan harakatlari natijasi hisoblanadi.

  2. Huquqiy akt — kompetensiya doirasida vakolatli boshqaruv subyekti (davlat organi, mansabdor shaxs) tomonidan qabul qilinadi.

  3. Huquqiy akt – bir tomonlama tartibda, ya’ni ommaviy boshqaruvning maxsus organi yoki mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinadi. Boshqaruv akti qaratilgan subyektlar hokimiyat irodasini ifodalovchi subyektning harakatiga ta’sir ko‘rsata olmaydi.



1 Іа6риvиазе Б.H., 7ерпявскиũ А.І., Kиm-Kиmзп А.H. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî. – Ì., 2004. – C. 208-209.
Shu bilan birga, boshqaruv akti qaratilgan shaxslar yoki tashkilotlar huquqiy aktning amal qilishi jarayonida uning asoslanganligi va qonuniyligini aniqlashga (masalan, sudda ishni ko‘rib chiqish orqali) harakat qilishlari mumkin. Huquqiy akt sud tartibida yoki ma’muriy tartibda ko‘rib chiqilishi va qonunga zid deb topilishi mumkin.

  1. Huquqiy akt — boshqaruv organining yuridik hokimiyati irodasini ifodalash bo‘lib, unda davlat-hokimiyat vakolatlari o‘z ifodasini topadi. Huquqiy aktning namoyon bo‘lishi davlat va jamiyat manfaatlari bilan izohlanadi va u aniq munosabatlarni tartibga solishga, umummajburiy qoidalarni o‘rnatishga, shuning- dek, boshqaruv jarayonida vujudga keladigan nizolarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi.

  2. Huquqiy akt — boshqaruv sohasidagi xulq-atvor (yurish- turish)ning majburiy qoidalarini, huquq normalarini belgilab beradi yoki aniq bir boshqaruv munosabatlarini tartibga soladi.

  3. Huquqiy akt — davlat boshqaruvi sohasida subyektlarning namunali xulq-atvor doirasini belgilab beradi. U ma’muriy- huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun huquqiy asosni yaratadi yoxud bunday munosa- batlarning bevosita vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishida yuridik fakt sifatida xizmat qiladi.

  4. Huquqiy aktlar qonuniy, ya’ni huquqqa mos keladi yoki qonun osti xususiyatiga ega bo‘ladi.

  5. Huquqiy akt — boshqaruv organlari (mansabdor shaxslar) faoliyati jarayonida foydalaniladigan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarning bir ko‘rinishi hisoblanib, bir tomonlama hokimiyat irodasini ifodalashni nazarda tutmagan va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotnoma, xulosa, bayonnoma, taftish dalolatno- masi, inventarizatsiya, tekshirish hujjatlari orqali namoyon bo‘ladi.

  6. Huquqiy akt — maxsus shaklga hamda qabul qilish (tasdiqlash)ning alohida tartibiga egadir. Odatda ular muayyan qoidalarga, ya’ni loyihani tayyorlash, kelishish, muhokama qilish, ekspertizadan o‘ztkazish, tasdiqlash, ro‘yxatga olish va e’lon qilish tartibiga rioya qilgan holda yozma shaklda qabul qilinadi1 .



1 Баxраx Д.H., Poссипскиũ Б.B., Gmариnoв Œ.H. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî
– Ì., 2004. – C. 321-323.
Boshqaruv huquqiy aktlari faqatgina boshqaruv sohasi bilan chegaralanmaydi. Huquqiy aktlar orqali boshqa huquq tarmoqlari predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy (masalan, moliyaviy, mehnat, ekologik) munosabatlar ham tartibga solinadi.
Boshqaruvning huquqiy aktlari qonunchilik hujjatlarini yanada aniqlashtirish maqsadida ko‘pgina masalalarni hal etadi.
Boshqaruv aktlarining asosiy xususiyatlaridan yana biri – bu ularning yuridik ahamiyatga ega ekanligidir, ya’ni:

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin