O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma’muriy-huquqiy maqomi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə47/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

1-§. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma’muriy-huquqiy maqomi


Ma’muriy huquqning asosiy subyektlaridan biri - bu fuqaro- lardir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar - ma’muriy-huquqiy munosabatlarga kirishib, ma’lum bir subyektiv huquq va majbu- riyatlarga ega bo‘lishlari mumkin.


Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi (ma’muriy- huquqiy munosabatlardagi) huquqlari, erkinliklari, majburiyat- lari, javobgarligining yig‘indisi — fuqarolarning ma’muriy-huquqiy holatini tashkil etadi. Bu munosabatlar fuqarolarning ma’muriy huquqning boshqa subyektlari bilan, masalan, davlat hokimiyati organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, muassasa va jamoat birlashmalari hamda ularning mansabdor shaxslari bilan o‘zaro aloqasi natijasida vujudga keladi.
Fuqarolarning huquq va majburiyatlari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslardan, qonunchilik hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuniga ko‘ra ularning fuqarolik huquq hamda majburiyatlarini keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi. Jumladan, fuqarolik huquq va majburiyatlari:

    1. qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitim- lardan;

    2. qonunda huquq va majburiyatlar vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlaridan;

  1. qonunda yo‘l qo‘yilgan asoslar bo‘yicha mol-mulk olish natijasida;

  2. fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;

  1. boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;

  2. fuqarolarning boshqa harakatlari natijasida vujudga kelishi mumkin.

Fuqarolarning ma’muriy-huquqiy holati konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan – fuqaro huquqiy holatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Fuqarolarning ma’muriy-huquqiy munosabatlardagi huquq va majburiyatlari ularning konstitutsiyaviy huquq va majburiyat- laridan kelib chiqadi hamda ma’muriy-huquqiy aktlarda o‘z ifodasini topadi.
Fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan huquqlarini, shu jumladan ularni himoya qilish huquqini ham o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf etadilar.
Fuqarolarning o‘z huquqlarini amalga oshirishdan voz kechishi bu huquqlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fuqarolar o‘z huquqlarini amalga oshirishi bilan boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasliklari shart.
Fuqarolar o‘z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning ma’naviy-axloqiy prinsiðlari va normalarini hurmat qilishlari lozim. Fuqarolarning boshqa shaxsga zarar yetkazishiga, boshqacha shakllarda huquqni suiiste’mol qilishiga, shuningdek, huquqni uning maqsadiga zid tarzda amalga oshirishga qaratilgan harakatlariga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolarning ma’muriy-huquqiy holatini amalga oshirishda ma’muriy huquq layoqati va ma’muriy muomala layoqatiga ega bo‘lishi katta ahamiyatga ega.
Fuqarolarning ma’muriy huquq layoqati inson tug‘ilishi bilan vujudga keladi va tug‘ilgandanoq qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishni anglatadi.
Huquq layoqati inson shaxsi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uni cheklash yoki undan mahrum etish mumkin emas. Amaldagi qonunchilikka binoan ma’muriy huquq layoqati - qonunda belgilangan tartibda faqatgina sud tomonidan cheklanishi mumkin.
Fuqarolarning ma’muriy huquq layoqati uning vafot etishi bilan bekor bo‘lishi mumkin.
Fuqarolarning ma’muriy muomala layoqati ma’muriy huquq layoqatidan farq qilgan holda, ma’lum bir yoshdan vujudga keladi. Fuqarolarning ma’muriy muomala layoqati — bu fuqarolarning o‘z xatti-harakatlari bilan davlat boshqaruvi sohasida huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishlari va uni amalga oshirishlari tushuniladi. Amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan fuqarolarning ma’muriy muomala layoqati qisman 16 yoshdan vujudga keladi. Masalan, 16 yoshga to‘lgan fuqarolar pasport olishga majburdirlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklarning subyekti 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxslar bo‘lishi mumkin. Bu huquqbuzarliklar asosan
davlat boshqaruvi jarayonida sodir etiladi.
Fuqarolar 18 yoshga to‘lganda to‘la ma’muriy muomala layoqatiga ega bo‘ladilar, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitut- siyasi va qonunlarida ko‘rsatib o‘tilgan huquq va majburiyatlarni amalga oshirishlari mumkin. Masalan, Vatanni himoya qilish burchi yoki saylash huquqi 18 yoshdan vujudga keladi.
Ba’zi hollarda fuqarolarning ma’muriy muomala layoqati, ya’ni o‘zlarining harakatlari bilan davlat boshqaruvi sohasidagi huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishlari, masalan: 21 yoshdan (xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylanish huquqi); 25 yoshdan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylanish huquqi); 35 yoshdan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylanish huquqi) vujudga kelishi mumkin.
Fuqarolarning ma’muriy muomala layoqati sud organlari tomonidan cheklanishi mumkin. Masalan, fuqaro jinoyat sodir etib ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan bo‘lsa, bunday shaxslar ularga tegishli bo‘lgan ayrim huquq va majburiyatlarni (misol uchun saylash va saylanish huquqi, umumiy harbiy majburiyat) amalga oshira olmaydilar.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishiga sabab
bo‘lgan asoslar bekor bo‘lsa, sud uni muomalaga layoqatli deb topadi va unga belgilangan vasiylikni bekor qiladi.
Spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitimlarni homiyning roziligi bilangina tuzishi, shuningdek, ish haqi, pensiya va boshqa daromadlar olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin. Biroq, bunday fuqaro o‘zi tuzgan bitimlar bo‘yicha va yetkazgan zarari uchun mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo‘ladi. Fuqaroning muomala layoqati cheklanishiga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lsa, sud uning muomala layoqatini cheklashni bekor qiladi. Fuqaroga belgilangan homiylik sud qarori asosida bekor qilinadi.
Vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli bo‘lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi.
Vasiylar va homiylar o‘z himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar.
Demak, fuqarolar o‘zlarining ma’muriy-huquqiy holatini, faqatgina ma’muriy huquq layoqati va ma’muriy muomala layoqati mavjud bo‘lganida, amalga oshirishlari mumkin.
Fuqarolar ma’muriy-huquqiy holatining tarkibiy qismini — fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqlari va erkin- liklari, majburiyatlari, javobgarligi tashkil etadi.
Chunki Konstitutsiyaga binoan O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsiy, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar(18-m.).
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin