O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə43/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston ekologik harakati mamlakatimiz ekolog olimlari va
shu sohada ish olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda faol jamoatchilikning tashabbusi bilan 2008-yil 2-avgustda tashkil etilgan bo‘lib, 2008-yil 20-sentabr kuni jamoat birlashmasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
O‘zbekiston ekologik harakati — O‘zbekiston fuqarolarining bugungi va kelajak avlodning qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish, sog‘liqni saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy
boyliklardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish va ularga so‘zsiz rioya etilishiga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda bevosita faol ishtirok etishga hamda bu borada jamiyatning barcha sa’y-harakatlarini safarbar etishga intiluvchi mamlakat fuqarolari va tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashti- ruvchi ommaviy jamoat harakatidir.
Ekoharakat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Kons- titutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonunlari, boshqa qonunlari va qonun osti hujjatlari hamda o‘zining ustaviga muvofiq ravishda amalga oshiradi.
Ekoharakatning faoliyati qonuniylik, o‘zini o‘zi boshqarish vaoshkoralikprinsiplarigaasoslanadi hamdaRespublikaning barcha hududlarida amalga oshiriladi.
Ekoharakatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lib, ular:

    • jamoatchilikning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish ishidagi faolligini oshirish;

    • atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha qo- nunchilikni yanada takomillashtirish va rivojlantirishga ko‘maklashish;

    • atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va shu maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lardan oqilona foydalanish bo‘yicha qonunlar va boshqa davlat qarorlarining so‘zsiz ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

    • aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish;

    • atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

    • harakatning jamoaviy ishtirokchilari bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

    • qonunda belgilangan tartibda davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda qatnashish

Xususan Ekoharakat:

  • fuqarolarning qulay atrof tabiiy muhitga bo‘lgan huquqini himoya qilishga hamda tabiatdan foydlanish sohasida iqtisodiy mexanizmlarni joriy qilishga qaratilgan ekologik xavfsizlikni kompleks tarzda ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlarini qabul qilish va ularni amalga oshirishga;

    • mamlakatda ekologik huquqbuzarliklar va tabiatga boshqacha tarzda zarar yetkazganlik uchun korxona va tashkilotlarning, man- sabdor shaxslar va alohida fuqarolarning javobgarligini kuchaytirish- ga qaratilgan chora-tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga;

    • ekologik huquqbuzarliklar va tabiatga zararli bo‘lgan boshqa ta’sirlar oqibatlarini bartaraf etish, shu jumladan transchegaraviy ahamiyatga ega bo‘lagan holatlarda ham, ular tomonidan atrof- muhitga va inson salomatligiga yetkazilgan zararni qoplashni huquqiy jihatdan tartibga solish hamda huquqni qo‘llash amaliyoti sama- radorligini oshirishga intiladi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy holati. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonuniga asosan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z faoliyatida demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni yechishda mustaqillik, jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam kabi asosiy prinsiðga tayanadi.
Fuqarolar yig‘ini o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida quyidagi vakolatlarga ega:

    • ushbu organning faoliyati, dasturi, xarajatlar smetasini, aholi punktlarini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga doir tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;

    • rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari ishining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, har yili ularning hisobotlarini tinglaydi;

    • o‘z hududidagi ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun aholining, mulkchilik barcha shakllaridagi korxona, tash- kilot va muassasalarning mablag‘larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

    • pul mablag‘lari sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi, zarur bo‘lganida, taftish komissiyasi tuzadi va ushbu komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;

    • qonunlarda belgilangan tartibda o‘z hududidan kichik korxonalar, kooperativlar, ustaxonalar, xalq hunarmandchilik sexlarini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqadi;

    • yig‘in ma’muriy-hududiy tuzilmalarning chegaralarini o‘zgartirishga, ko‘cha, maydon va boshqa joylarning nomini o‘zgartirishga doir masalalarni ko‘rib chiqadi hamda tegishli davlat organlariga takliflar tayyorlaydi.

Fuqarolar yig‘ini respublikaning qonunlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Yig‘in davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda savdo, umumiy ovqatlanish hamda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining aholi uchun kulay soatlarda ishlashini belgilaydi. Fuqarolar yig‘ini respublika qonunlariga muvofiq yer munosa-
batlari sohasidagi masalalarni ham hal etadi.
Fuqarolar yig‘iniga rais (oqsoqol) boshchilik qiladi. Fuqarolar yig‘inining raisi:
respublika qonunlari, Prezidentning farmonlarini, respublika hukumati va mahalliy hokimiyat organlarining qarorlarini bajarishga doir ishlarni tashkil etadi;
fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshi- lash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi;
qonunlarda ko‘zda tutilgan hollarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sud idoralarida, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda fuqarolar manfaat- larini himoya qila oladi;
—fuqarolarning hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzor- lashtirishda, ommaviy-siyosiy tadbirlarda qatnashishini tashkil etadi; aholiga savdo va kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatilishini yaxshilashga ko‘maklashadi, bu maqsadlarda tegishli hududda joylashgan korxonalar va tashkilotlar taqdim etadigan moddiy va boshqa mablag‘lardan foydalanadi hamda do‘konlar, oshxonalar, choyxonalar, bozorlar ishi, savdo qoidalariga rioya etilishi, fuqarolarga madaniy xizmat ko‘rsatishning ta’minlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etadi;

    • aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, uy-joylar, mak- tablar va boshqa muassasalarning sanitariya holati ustidan nazorat qilinishiga ko‘maklashadi;

    • qabristonlar, qardoshlik qabrlari va boshqa mozorlarni saranjom- sarishta saqlash yuzasidan jamoatchilik ishlarini tashkil qiladi;

    • aloqa organlariga mahalliy telefon va pochta aloqasini rivojlantirish, radiolashtirish borasida, mahalliy aloqa inshootlarini muhofaza qilishda yordam beradi;

    • egasiz mol-mulkni, shuningdek, davlatga meros tarzida o‘tgan mol-mulkni saqlash va tasarruf etish choralarini ko‘radi;

    • dehqon xo‘jaliklarining oilaviy mulk taqsimotlarini ro‘yxatga oladi, o‘z hududi doirasida yashovchilarning hisobini olib boradi;

    • o‘z hududidagi yerlarning ishlatilishi va muhofaza etilishi ustidan nazorat qiladi, fuqarolar yig‘ini muhokamasiga yer muno- sabatlarini tartibga solish masalalarini kiritadi;

    • imorat qurish qoidalariga rioya etish, xonadonlarga tutash joylarning orasta bo‘lishi, jonivorlarni saqlashga oid veterinariya qoidalarini bajarish ustidan jamoat nazoratini tashkil etadi;

    • aholidan soliq, sug‘urta va boshqa xil to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishiga ko‘maklashadi;

    • aholi punktlarida yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazishni tashkil etadi, zarur bo‘lganida esa tabiiy ofatlarga qarshi kurash va ularning oqibatini tugatishga fuqarolarni jalb etadi;

    • tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda huquqni muhofaza qilish organlariga ko‘maklashadi;

    • harbiy xizmatga majbur shaxslar va chaqiriluvchilarni mahalliy mudofaa organlariga chaqirilayotganlaridan xabardor qilishni tashkil qiladi, aholini fuqaro mudofaasiga doir tadbirlar o‘tkazishga jalb etadi;

    • davlat va jamoat organlariga nogironlar, boquvchisidan mahrum bo‘lgan oilalar, ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz onalar, shuningdek, tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida takliflar kiritadi;

    • voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishining oldini olishga doir jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga, shuningdek, yoshlarni ishga joylashtirishga ko‘maklashadi;

    • aholi orasida ma’ruza va suhbatlar o‘tkazishni tashkil etadi, fuqarolarga muntazam ravishda madaniy xizmat ko‘rsatishga, kitob savdosini rivojlantirishga, gazeta va jurnallarning tarqatilishiga yordamlashadi, mehnatkashlar ommaviy ravishda dam oladigan hududlarni tashkil etish, sport inshootlari tarmog‘ini rivojlantirishga ko‘maklashadi;

    • tegishli hududda bayram kunlari va shonli sanalar muno- sabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkazishni tashkil qiladi;

    • davlat organlariga fuqarolar yig‘inining ko‘cha va maydonlar, aholi punktlari tarkibiy qismining nomini o‘zgartirish, uylarni raqamlab chiqish xususida takliflar kiritadi;

    • fuqarolarni qabul qiladi, ularning ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi, ular yuzasidan zarur choralar ko‘radi;

    • fuqarolarga ularning shaxsini, oilaviy va mulkiy ahvolini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar hamda respublika qonunlarida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar beradi;

    • fuqarolik holati aktlarini ro‘yxatga oladi, ayrim notarial harakatlarni amalga oshiradi.

Respublika qonunlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolatlari doirasida qaror- lar qabul qiladilar. Bu qarorlarni tegishli hududda yashaydigan barcha fuqarolar ado etishlari shart. O‘zini o‘zi boshqarish organla- rining qonunlarga zid hujjatlarini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari yoki tegishli hokimlar bekor qiladilar.
O‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, shuningdek, rais (oqsoqol)ning xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Fuqarolarning o‘zini boshqarish organlari qoshida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-aprel qaroriga asosan tashkil etilgan «Mahalla posboni» jamoat tuzilmalari ham faoliyat ko‘rsatadi.
«Mahalla posboni» jamoat tuzilmalari shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalarda fuqarolarning o‘zaro hamjihatligini oshirish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olishda davlat hokimiyati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ko‘maklashishga jalb etish hamda ular bilan hamkorlik qilish maqsadida tuziladi.
«Mahalla posboni» jamoat tuzilmasiga fuqarolar yig‘ini kenga- shining qaroriga binoan ongli ravishda vatan, xalq manfaatlari yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishga tayyor, jismoniy va ma’naviy sog‘lom, pok, iymon-e’tiqodli, yuksak insoniy va axloqiy fazilarlarga ega bo‘lgan, jinoyatchilikning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda huquq-tartibot organlariga ko‘ngilli ravishda yordam berish istagini bildirgan, tegishli mahallada istiqomat qiluvchi 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin