O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollardan
tashqari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari singari bir xil huquq va majburiyatlarga egadir.
Xorijiy fuqaroO‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmagan va xorijiy davlat fuqaroligi mavjud bo‘lgan jismoniy shaxs.
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun- ning 11-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari bo‘lmagan shaxslar — fuqaroligibo‘lmaganshaxslardeb hisob- lanadi.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ba’zi bir huquqlaridan, jumladan, saylash va saylanish huquqidan, davlat boshqaruvida bevosita va bilvosita (masalan, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, referendum) ishtirok etish huquqidan, jamoat birlashmalariga (masalan, siyosiy partiyalarga, kasaba uyushmalariga) uyushish huquqidan foyda- lanmaydilar. Ularning huquqlari va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasining maxsus hujjatlari asosida belgilanadi.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari singari O‘zbekiston Respublikasi Konsti- tutsiyasi va qonunlarida belgilangan bir xil majburiyatlarga egadir. Ularga nisbatan Vatanni himoya qilish burchi, ya’ni umumiy harbiy majburiyatni o‘tash yuklatilishi mumkin emas.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbe- kiston Respublikasida bo‘lishi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan
«Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari» bilan tartibga solinadi1. Ushbu Qoidalarga binoan xorijiy fuqarolar, shu jumladan, MDH qatnash- chilari bo‘lgan davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashlari yoki vaqtincha bo‘lishlari mumkin. Mazkur Qoidalar:
O‘zbekiston Respublikasida bo‘luvchi xorijiy fuqarolar kelish vizasining amal qilish muddatini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish;
xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnomalar berish;
xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida yurishlari;
qonunchilikni va mazkur Qoidalarni buzganliklari uchun xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari muddatini qisqartirish va bu yerdan chiqarib yuborish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi xorijiy fuqaro- lar o‘zlarini qabul qiluvchi tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllari va faoliyat turidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar, xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari)ni, shuningdek, xususiy ishlar bo‘yicha ularni O‘zbekiston Res- publikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda xohishlariga ko‘ra mehmonxonalarda yoki boshqa turar joylarda yashaydilar.
O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy fuqarolar pasportlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurishga va ularni vakolatli organlar vakillarining talabiga ko‘ra ko‘rsatishga majburdirlar.
Qabul qiluvchi tashkilotlar xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida va mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan ularning huquqlari va majburiyatlarini o‘z vaqtida tushuntirib qo‘yishni, xorijiy fuqarolar bilan munosabatlarda belgilab qo‘yilgan huquqiy normalarning aniq bajarilishini ta’minlaydilar, xorijiy fuqarolarning tegishli hisobini yuritadilar, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazir- ligining tegishli ichki ishlar bo‘limlarida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash, ularning respublika hududida yurishlari va ularga belgilangan bo‘lish muddatlari tugashi bilan O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlari uchun javobgar bo‘ladilar.
Xorijiy fuqarolarni xususiy ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan va ularga turar joy bergan shaxslar bu fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining,
ichki ishlar boshqarmasining tegishli bo‘limlarida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rishga va ularga belgilangan bo‘lish muddatlari tugashi bilan O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlarida ko‘maklashishga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasida turgan xorijiy fuqarolar shu mamlakat qonunchiligiga va mazkur Qoidalarga rioya qilishga
majburdirlar.
Xorijiy fuqarolar, shuningdek, mansabdor shaxslar va O‘zbe- kiston Respublikasining boshqa fuqarolari tomonidan mazkur qoidalar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni o‘z vakolatlari doirasida ichki ishlar organlari va Tashqi ishlar vazirligi joylardagi hokimiyat organlari va O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradilar.
Xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga doimiy yashash va O‘zbekiston Respublikasi hududida yurishlari uchun ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlariga asosan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masi bilan kelishilgan holda Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tenglik asosida o‘zgartirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish asosida yashaydilar.
Xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylarining mas’ul shaxslari tomonidan kelib joylashgan shaxslarning hisobi yuritiladi.
Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasiga olti oygacha muddatga kelgan xorijiy fuqarolarning shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari O‘zbe- kiston Respublikasi bojxona organlarida hisobga olinishi kerak. Xorijiy fuqarolar o‘z transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olti oydan ortiq muddatga olib kelishlari mumkin, bu transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida milliy raqam belgilarini almashtirgan holda ro‘yxatga olinadi.
Xalqaro haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiyaning tegishli talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida ularning tasdiqlangan tarjimasi mavjud bo‘lganda haqiqiy hisoblanadi.
Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash- lari mumkin. Buning uchun ularda ruxsatnoma va yashash guvoh- nomalari bo‘lishi kerak.
Xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularning taqdim etgan ariza-anketalari asosida O‘zbekiston Res- publikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar doimiy turar joylari yoki vaqtincha yashab turgan joylaridagi ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ro‘yxatdan (vaqtincha ro‘yxat- dan) o‘tkaziladilar.
Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqaro- larning O‘zbekiston Respublikasida yurishlari tartibi, agar O‘zbe- kiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro bitimlarda bosh- qacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikki tomonlama shartnomalar va tenglik asosida belgilanadi.
Mazkur qoidalarni buzganlik uchun xorijiy fuqarolar O‘zbe- kiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob- garlikka tortiladilar.
Mazkur qoidalarning talablariga rioya qilishga majbur bo‘lgan shaxslar (shu jumladan xorijiy fuqarolarni respublikaga xususiy ishlar bo‘yicha taklif qilgan yoki ularga xizmat ko‘rsatayotgan shaxslar) tomonidan ularning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini yoki mazkur qoidalarni buzgan xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bo‘lish muddati qisqartirilishi mumkin.
Qonunchilikda belgilangan hollarda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishi mumkin.
Xorijiy fuqaro o‘zining O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishi va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi muddatini qisqartirish to‘g‘risidagi qaror ustidan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va asosda shikoyat qilishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari singari deyarli bir xildir. Ular qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zlarining huquqlari va erkinliklarini sud yoki ma’muriy tartibda himoya qilishlari mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi qonunga binoan, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, chet ellik fuqarolar qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqlidirlar1.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mazkur qonunga muvofiq sudga
shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuniga binoan esa xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi davlat organlariga qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘z zimma- laridagi majburiyatlarni bajarmaganida, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha yuridik javobgarlikka tortilishi mumkin.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarning aksariyati umummajburiy qoidalarni buzishda ifodalanishi mumkinligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ularga nisbatan odatda ma’muriy-huquqiy majburlov choralari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risi- dagi kodeksining 17-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar umumiy asosda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning O‘zbekiston Respublikasi qatnashchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid bo‘lmagan qismi qo‘llaniladi.
So‘nggi yillarda fuqarolarning yangi toifasi, ya’ni xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan - «qochoqlar» toifasi ham paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasida qochoqlarning huquqiy holati xalqaro shartnomalar va maxsus qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qochoqlarning huquqiy holati Birlashgan Millatlar Tashkilo- tining rezolyutsiyasi bilan 1950-yil 14-dekabrda qabul qilingan
«Qochoqlar holati haqida»gi Konvensiya, 1966-yil 16-dekabrda qabul qilingan «Qochoqlar holati haqida»gi Bayonnoma asosida tartibga solinadi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Fuqarolarning ma’muriy-huquqiy holati deganda nimani tushunasiz?
Fuqarolar huquq va majburiyatlarining vujudga kelish asoslari qanday?
Fuqarolarning ma’muriy huquq layoqati nimani bildiradi?
Fuqarolarning ma’muriy muomala layoqati haqida so‘zlab bering.
Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqlari va erkinliklari nimalardan iborat?
Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi majburiyatlari nimalarda aks etadi?
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy-huquqiy holati haqida tushuntirib bering.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi haqida so‘zlab bering.