“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti, uni o‘rganishning nazariy- metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati.
Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosiy jarayonlar.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi demokratik o’zgarishlar bosqichida. Insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli hisoblangan hamda jamiyatning umummilliy vakillik muassasasi sifatida dunyoga kelgan parlament uzoq yillar davomidagi tarixga ega va uning ildizlari XII-XIII asrlardagi ingliz parlamenti va ispan korteslariga borib taqaladi. Parlament so’zining lug’aviy ma’nosi fransuz tilidan olingan bo’lib, “gapirmoq” ma’nosini anglatadi. Parlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tdi va uning chinakam tarixi burjua inqiloblari davridan boshlanadi. Hozir yer kurrasidagi 200 ga yaqin davlatning qariyb 177 tasida oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi-parlamentlar bor. Hozirgi zamon parlamentlari o’zlarining tuzilishi, vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, o’z mamlakatlari siyosiy tizimida tutgan o’rni, saylanish tartibi, mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti, uni o‘rganishning nazariy- metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati
Fanning predmeti shu mintaqada sodir bo‘lgan jamiki voqea va hodisalar, ulardagi umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa va jarayonlar, umuman insoniyatning barcha tarixiy faoliyat jarayonlarini o‘rganishdir.
Fanning ob’ekti aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik va umumiy mintaqaviy chegaralar, ma’lum xalqlar, mamlakatlar tarixi bilan bog‘liq jarayonlar bo‘lib, ular voqea va hodisalarni bir butun va yaxlitlikda qamrab oladi.
Fanning ob’ekti aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik va umumiy mintaqaviy chegaralar, ma’lum xalqlar, mamlakatlar tarixi bilan bog‘liq jarayonlar bo‘lib, ular voqea va hodisalarni bir butun va yaxlitlikda qamrab oladi.