Qishloqxo‘jalik ekinlarining navini yangilash vanav joylashti- rishtartibinibuzish(1041-m.). Qishloq xo‘jalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur moddada belgilangan tartib O‘zbekiston Respublika- sining «Urug‘chilik to‘g‘risida»gi 1996-yil 29-avgust qonunida o‘z
ifodasini topgan1. Ushbu Qonunga ko‘ra, urug‘chilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘z urug‘chilik bazasini yara- tish;
navni yangilash va nav almashtirish jarayonida urug‘lik navlari va duragaylarining biologik hamda xo‘jalik jihatidan qimmatli xususiyatlarini saqlab qolish;
qishloq xo‘jaligini serhosil va yuqori sifatli urug‘liklar bilan ta’minlash;
urug‘liklarning sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Ekish uchun ishlatiladigan urug‘liklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim. Urug‘liklarni sertifikat- lash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ining sifatini sertifikatlash va nazorat qilish davlat markazi tomonidan hamda uning joylardagi bo‘linma- lari tomonidan amalga oshiriladi. Standart urug‘liklarga sertifikat, nostandart urug‘liklarga esa ularning sifati to‘g‘risida talon beriladi. Urug‘liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi: barcha qishloq xo‘jalik ekinlarining urug‘liklari sifatini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha joylardagi bo‘linma- larning ishiga rahbarlik qiladi; xo‘jaliklar, korporatsiyalar, boshqa korxonalar va muassasalarda urug‘liklar va ekiladigan ko‘chatlarning navi hamda ekinboplik xususiyatlarini aniqlaydi; urug‘liklarning sifatini aniqlash uslublarini ishlab chiqadi, takomillashtiradi va tasdiqlaydi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni
bajaradi.
Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni harakat yoki harakatsiz- likdan iborat. Huquqbuzarlikning subyekti faqat mansabdor shaxslardir. Huquqbuzarlik subyektiv tomondan qasddan sodir etiladi.
Ushbu moddada ko‘zda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi (2663-m.).