O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə110/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

birinchi bosqichda o‘quvchi habarni eshitib, maksimal tezlikda harakatni bajaradi. Har bir urinishdan keyin o‘qituvchi belgilagan vaqtni aytib turadi.
Ikkinchi bosqichda ham harakatlar shunday yuqori tezlikda bajariladi lekin o‘qituvchi o‘quvchidan qaysi vaqtda harakatni bajarganini so‘raydi. Javobni eshitib, o‘zi aniq dalillar asosida belgilagan vaqtni ko‘rsatadi.
Uchinchi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchiga avval o‘zi o‘rgangan tezlikni sezishni vazifa qilib topshiradi.
Murakkab ta’sir quyidagilarga bo‘linadi:
♦ harakatlanayotgan ob’ektga ta’sir;
♦ tanlash ta’siri.
Ta’sirning bu turlari ko‘proq o‘yinlarda va yakka kurashlarda uchraydi. Tezlikni sezish harakat qilayotgan ob’ektga nisbatan 0,18-1,00s ni tashkil qiladi. Latent bosqichi bu ta’sirda oddiyga nisbatan ko‘proq, ya’ni 300 m/s ga etishi mumkin.
Sezgining yashirin davri harakat qilayotgan jismga nisbatan to‘rt elementdan tuziladi.
1) odam harakatlanayotgan jismni ko‘rishi kerak (to‘pni, o‘yinchini);
2)harakat tezligi yo‘nalishini baholash kerak;
3) harakat rejasini tanlash;
4) amalga oshirish.
Vaqtning asosiy qismi (80%) ko‘z bilan kuzatishga ketadi, ya’ni katta tezlik bilan harakatlanayotgan jismni kuzatadi.
Ko‘rish qobiliyatini mashq qildirish, mashg‘ulotlarga alohida e’tibor berish, shuningdek, harakat qilayotgan ob’ektni mashqlarda ishlatish kerak.
Ularni boshqarishda:
♦ ob’ektning tezlik harakatini asta-sekin ko‘paytirib borish kerak;
♦ ob’ekt bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasidagi masofani qisqartirib borish kerak;
♦ harakatlanayotgan ob’ekt o‘lchovini kichraytirish kerak.
Bu qobiliyatlarni rivojlantirish usullaridan biri basketbol, futbol, qo‘l to‘pi kabi sport turlaridagi koptoklardir, ya’ni odatdagiga ko‘ra kichkinaroq koptoklar ishlatiladi.
Vaqt ta’sirini qisqartirishda sportchi tomonidan otilgan futbol koptogi yoki shaybaning harakatlanish yo‘nalishini oldindan bila olish qobiliyati muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy xokkey turida shaybaning uchish tezligi 50 m⁄s. Demak, darvozabon 10 m oraliqdan otilgan shaybani tutishga ulgura olmaydi. Lekin harakatlanish yo‘nalishini oldindan bilish qobiliyati bo‘lgani uchun darvozabon undan ham yaqin masofadagi shaybani tutib oladi.
Tanlash ta’siri sherikning, raqibning yoki atrof muhitning o‘zgarishiga mos ravishda qator imkoniyatlardan kerakli harakat javobini tanlash bilan bog‘liq. Tanlash ta’siri ta’sirning juda murakkab turidir. Bu erda vaqtni sezish uzoq mashg‘ulotlar mobaynida to‘plangan taktik xodisalarni va texnik usullarni ajrata olishga bog‘liq.
Ular quyidagilarga bo‘linadi.
1. Harakatning javob xususiyati va uning bajarilish shartlarini asta-sekin murakkablashtirish. Masalan, dastlab sportchini oldindan o‘zi bilgan sanchish yoki urishdan himoya qilishga o‘rgatiladi (himoyalanuvchi hujumning qachon va qaysi tomonga qaratilishini bilmaydi), keyin o‘quvchiga ikkita yoki uchta hujumdan bittasiga javob berish taklif qilinadi. Bora-bora u haqiqiy kurashga aylantirib yuboradi.
2. Raqib harakatini olindan bilish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni faqat raqibning o‘ziga e’tibor berish emas, balki ko‘zga tashlanmaydigan, tayyor bo‘lmagan harakatlari va ko‘rinishiga (qomatiga, mimikasiga, hayajonlanishiga)ham qarash kerak. Masalan; ko‘pchilik bokschilar raqibining fintini uning zarbalaridan, oyoqlarining boshlang‘ich holatidan, yuz va ko‘zlaridan, oyoqlari harakatidan, gavda burilishidan,qo‘llarining holatidan bilib oladilar.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin