O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Mushak kuchlanishlarini boshqarish qobiliyati



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə106/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Mushak kuchlanishlarini boshqarish qobiliyati. Harakatning kuch o‘lchamlarini aniqligini rivojlantirish vositasi og‘irlashtirilgan mashg‘ulotlardir. Ularni bajarishda predmetlar vazni ma’lum yo‘l bilan belgilanadi. Ular bilan balandlikka sakraladi, turli vazndagi snaryadlar uloqtiriladi, hamda og‘irlik-larni o‘zgartirish imkonini beruvchi trenajerlardan foydali-niladi.
Harakatning kuch o‘lchamlarini aniqligini oshirish ustida ishlash «mushak kuchlanishlarini his qilish»ning shakllanishiga olib keladi. Bu his turli harakat amallarida o‘ziga xos xususiyatga ega. Mazkur qobiliyatning rivojlanish darajasini tezkor ob’ektiv axborot usuli yordamida oshirish mumkinligi aniqlangan.
Muvofiqlashni saqlash qobiliyatini takomillashtirish. Muvofiqlash-muvofiqlash layoqatlarining tarkibiy qismi sifatida-bu turli harakat va holatlarda tananing turg‘un holatini saqlab qolishdir. Statik va dinamik muvofiqlash mavjud.
Statika va dinamikada muvofiqlashni saqlash insonning tashqi muhit bilan faol o‘zaro ta’sirining murakkab shartlaridan biridir.
Ba’zi sport turlarida (gimnastika, akrobatika, parashyut sporti va boshq.) muvaffaqiyatga erishish ko‘p jihatdan muvofiqlash funksiyasining rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Statokinetik muvofiqlashning past darajasida umumiy ahvolning yomonlashuvi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, hatto hushini yo‘qotishlar kuzatiladi.
Statokinetik turg‘unlikni rivojlantirish uchun muvofiqlash bo‘yicha mashqlar qo‘llaniladi, ularni bajarishda tananing turg‘unligini saqlab turish qiyin kechadi. Bunda quyidagilar qo‘llaniladi:
♦ tana qismlarini turg‘unligi uchun biomexanik noqulay bo‘lgan holatlarda muvofiqlash saqlash (masalan, qo‘lda turganda);
♦ statistik holatlarda va insonning yuqoriga yoki pastga harakatlanishi vaqtida tana holatini saqlab turish (gimnastik yog‘ochda harakatlanish)
♦ qo‘shimcha halaqit berish sharoitida statik va dinamik turg‘unlikni saqlash (ko‘zlar yumuq holda bir necha marta aylan-gandan so‘ng bir chiziqda yurish).
Ma’lumki, biron holatni saqlagan vaqtda inson tanasi umuman harakatsiz qolmaydi, u doim to‘lqinlanib turadi. Xuddi inson bir oz vaqtga muvofiqlashini yo‘qotadi va darrov uni tiklaydi. Turg‘unlikni saqlash tenglikni shunday boshqarishga yordam beradiki, bunda tana to‘lqinlanishi vaqtida og‘irlik markazining proeksiyasi tayanch maydoni tashqarisiga chiqmasligi lozim.
Hozirgi vaqtda, statokinetik turg‘unlik mashg‘ulotlarining faol, sust va aralash usullanidan foydalaniladi. Faol usulda, shug‘ullanuvchilar ko‘p martalab maxsus mashqlarni takrorlaydilar (turli burilishlar, bukilishlar, aylanma harakatlar va h.k.). Pas-siv usulda maxsus qurilmalar (sentrifuga) qo‘llaniladi.
Muvofiqlashni rivojlantirishning samarali usuli aralash usuldir. Tenglikni saqlab turish qobiliyatini takomillashtirish uchun usuliy yondashuvlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir (...jadval).

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin