O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Egiluvchanlik faol va sust bo‘ladi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə114/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Egiluvchanlik faol va sust bo‘ladi.
Faol egiluvchanlik - harakatning katta amplitudasiga erishgan inson qobiliyati bo‘lib, bo‘g‘imlardan o‘tuvchi mushak guruhlarining qisqarishi tufayli paydo bo‘ladi. Masalan “qaldirg‘och” muvofiqlashida oyoq ko‘tarishning amplitudasi. Sust egiluvchanlik - harakatning eng katta amplitudasi bo‘lib, ya’ni gavdaga, harakatlanayotgan qo‘shimcha tashqi kuchning ta’siridir. Masalan biror yuklama, snaryad, sherikning yordami.
Sust egiluvchanlikning - ko‘rsatkichlari, birinchi navbatda qo‘yilgan kuchning kattaligi natijasida (ya’ni paylar va mushaklarning qo‘shimcha kuch ta’sirida cho‘zilish darajasi) ayrim shaxslardagi og‘riqni sezish va bu yoqimsiz holatga chidashiga bog‘liq.
Sust egiluvchanlikning hajmi faol egiluvchanlikdan katta. Farqlar qancha katta bo‘lsa, shuncha cho‘zilish zahiralari yuqori bo‘ladi va harakatning amplitudalari ko‘payadi. Egiluvchanlikni takomillashtirish kerak bo‘lgan holdagina harakatning sust amplitudasini ko‘paytirish qo‘llanadi.
Faol egiluvchanlik turli jismoniy mashqlarni bajarishda ishlatiladi, shuning uchun u amaliyotda sust egiluvchanlikka nisbatan yuqori o‘rinda turadi. Faol egiluvchanlik va sust egiluvchanlik o‘rtasidagi aloqa juda kuchsizdir. Egiluvchanlik faolligi yuqori darajada bo‘lgan odamlar juda ko‘p uchraydi, lekin ularda sust egiluvchanlik etarli bo‘lmaydi yoki buni aksi bo‘lishi mumkin. Sust egiluvchanlikka nisbatan faol egiluvchanlikning rivojlanishi 1,5-2 marta sekin kechadi.
Egiluvchanlik umumiy va maxsus bo‘lishi mumkin.
Umumiy egiluvchanlik - inson gavdasining hamma bo‘g‘imlaridagi harakatchanlik bo‘lib, yuqori amplitudada turli harakatlarni bajarishdir.
Maxsus egiluvchanlik - alohida bo‘g‘imlardagi juda katta harakat bo‘lib, alohida faoliyat turidagi talablarga mos keladi.
Egiluvchanlikni rivojlantirish darajasi bo‘g‘imlarni shakliga, bo‘g‘im tog‘aylarining qalinligiga, mushaklarning egiluvchanligiga, paylarga, bo‘g‘im boshchasiga bog‘liq. Bo‘g‘imlarning faolligi inson mushaklarining qisqarishiga va harakat ta’sirida cho‘zilgan mushaklarning bo‘shashishiga ta’sir qiladi.
Mushak - antagonistlarning mashqlar davomida noto‘g‘ri bo‘shashishi egiluvchanlikni og‘irlashtiradi. Cho‘zilgan mushaklarning bo‘shashishi hisobiga 12-14% gacha harakatchanligi ortadi.
Shunday fikrlar borki, mushaklar kuchining o‘sishi bo‘g‘imlardagi harakatchanlikni yomonlashtiradi.
Kuch sifatlari bilan faol egiluvchanlik orasidagi o‘zaro munosabatlarning to‘g‘ri va qaytish aloqasi kuzatiladi: dinamik kuch qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik bo‘g‘imlardagi harakat uzoqlashib ketadi, faol egiluvchanlik ko‘p bo‘lsa, inson o‘z kuchlarini ko‘rsata olishi mumkin. Shu bilan birga kuch sifatlari sust egiluvchan-likning oshishiga o‘z-o‘zidan ijobiy ta’sir o‘tkazmaydi.
Ba’zi mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, kuchlarning ko‘payishi bo‘g‘im harakatining yomonlashishiga, ya’ni mushak gipertrofiyasiga olib keladi. Boshqa tomondan esa sust egiluvchanlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lsa, mushaklar cho‘ziluvchanligini namoyon qiladi, demak turli sharoitda ular kuchlarini ko‘rsata oladi.
Jismoniy tarbiya amaliyoti faqat egiluvchanlik va kuch rivojlanishining yuqori darajasiga erishmasdan, ular o‘rtasidagi rivojlanish sifatlarining muvofiqligini ta’minlashi kerak. Buning uchun, odatda mushaklarning kuch imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi va bo‘g‘imlardagi harakatni oshiruvchi mashqlar qo‘llanadi.
Harakat faoliyatining turlari egiluvchanlikning rivojlanishiga har xil talablar qo‘yadi.
Masalan suzishda to‘piq va yelka bo‘g‘imlarining harakati kerak, «brass» suzishida tos-son suyagi, tizza va to‘piqlarning harakati, gimnastikachilarga umurtqa pog‘onasi tirsak, tizza, tizza, to‘piq va tos-son bo‘g‘imlarining maksimal harakati kerak. Inson bir xil bo‘g‘imlarida ko‘proq, ikkinchisida ozroq maksimal harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Egiluvchanlikning rivojlanish darajasiga qarab inson harakatlarini natijali amalga oshiradi. Bo‘g‘imlardagi harakatning kamligi tezlik, kuchlilik, muvofiqlashgan qobiliyatlar faolligini ochib berolmaydi, shuningdek, ishlarni iqtisodiy tomondan pasaytirib, xarakatni chegaralab qo‘yadi va mushaklarni jarohatlanishiga olib keladi.
Egiluvchanlik shug‘ullanuvchilarning yoshiga va jinsiga bog‘liq. Faol egiluvchanlik 10-14 yoshda, sust egiluvchanlik 9-10 yoshda kuzatiladi. Egiluvchanlik o‘sishining turli bosqich-lari bor.
Qizlarda 14-15 va 16-17 yoshda egiluvchanlik o‘sishining yuqori sur’atlari belgilangan, o‘g‘il bolalarda esa 9-10, 13-14 va 15-16 yoshdir. 13-15 yosh turli bo‘g‘imlarning harakatchanligi rivojlanadigan paytdir.
Egiluvchanlikni rivojlantirish ustida ishlash kichik va maktab yoshidagi bolalarda kattalarga nisbatan oson kechadi. 12-20 yoshdan keyin harakat amplitudasi kamayadi va yosh o‘zgargan sari tayanch-harakat apparati rivojlanishi qiyinroq bo‘ladi.
Qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan 20-30% yuqori bo‘ladi. Bu farq erkaklarda va ayollarda ham kuzatiladi.
Egiluvchanlik organizm holatida tashqi sharoitda (ko‘p vaqtda atrof- muhit harorati) yetarlicha kata oraliqda tez o‘zgaradi.
Egiluvchanlikning pasayishi ertalab uyqudan keyin kuzatiladi va u asta-sekin kuchayib, kunduzi yuqori nuqtasini egallaydi, lekin kechga borib, yana pasayadi. Egiluvchanlikning eng ko‘p o‘sishi 12-17 bo‘lgan vaqt oralig‘ida kuzatiladi. Badan qizdirish, uqalash, isituvchi muolajaalar (issiq vanna, qaynoq dush) harakat amplitudasini ko‘taradi. Bo‘g‘imlardagi harakatning pasayishi ovqat egandan keyin mushaklarning sovib qolishidan xosil bo‘ladi.
Mushaklarning charchab qolish darajasi egiluvchanlikka har xil ta’sir qiladi: faol egiluvchanlik kamayadi va sust egiluvchanlik ko‘payadi. Xayajonlanish yuqori bo‘lgan paytda (musobaqa vaqtida) harakat amplitudasi o‘sadi. Egiluvchanlik qaysidir ma’noda genetik omillarga ham bog‘liq. Shunday odamlar borki, ularning bo‘g‘imlaridagi harakatchanlik tug‘ma chegaralangan bo‘ladi, boshqalarida esa buning yuqoriligi kuzatiladi. Bu esa egiluvchanlik muhim bo‘lgan sport turlari uchun bolalarni tanlashga yordam beradi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin