O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Egiluvchanlikni rivojlantirish usuliyatining



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə115/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Egiluvchanlikni rivojlantirish usuliyatining
Vazifalari va vositalari
Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikni rivojlantirishni o‘ta kuchaytirib yuborish bo‘g‘imlar, paylarning deformatsiyalanishiga va gavda tuzilishining buzilishiga, shuningdek, boshqa jismoniy qobiliyatlarni ko‘rsata olol-maslikka olib keladi. Uni shu darajada olib borish kerakki, harakatni bajarishga to‘sqinlik qilmasin. Buning uchun egiluvchanlik amplitudasining kattaligi ortiqcha bo‘lishi, ya’ni egiluvchanlikni saqlab, ehtiyot qilib ishlatish lozim. Bu esa harakatlarni ortiqcha zo‘riqishsiz, mushaklarga ziyon yetkazmastdan bajarishiga yordam beradi.
Egiluvchanlikning rivojlanishida umurtqa pog‘onasining (birinchi navbatda ko‘krak qismi) tos son suyaklarining va yelka bo‘g‘imlarining kattalashishiga e’tibor berish kerak.
Egiluvchanlikni rivojlantirishda pedagog quyidagi vazifalarni xal qilishi zarur:
1. Egiluvchanlikning har tomonlama rivojlanishini tasdiqlash uchun turli harakatlarni kerakli amplituda bilan, tayanch-harakat apparati ruhsati orqali hamma yo‘nalishlarda bajarish.
2. Egiluvchanlikning rivojlanish darajasini oshirishda aniq faoliyatning (kasbga xos, sport bo‘yicha) talablariga mos kelish.
3. Inson yoshining turli bosqichlaridagi egiluvchanlikning ushlab turish darajasi.
4. Kasallik, lat yeyish va boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qotilgan egiluvchanlikni tiklash.
Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun harakat amplitudasini ko‘paytiruvchi mushak cho‘zuvchi mashqlardan foydalanish kerak. Bu mashqlar mushaklarning qisqarish mexanizmiga ta’sir ko‘rsatishga emas balki (mushaklarni birdan–bir xususiyati o‘z uzunligiga nisbatan ikki marta ko‘p cho‘ziladi va yana o‘z holatiga qaytadi.) mushak to‘qimalarini bog‘lab turuvchi paylarga qaratiladi. Ular cho‘zilish xususiyatiga ega emas va egiluvchanlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Hamma cho‘zilish mashqlari mushaklarning ishlash tartibiga ko‘ra 3 guruxga bo‘linadi:
I. Dinamikalashtirilgan.
II. Statistikalashtirilgan.
III. Aralash.
Bulardan ba’zilari mushaklarni zo‘riqtirib cho‘ziltiruvchi kuchlarga, ba’zilari esa tashqi kuchlarga ta’sir qiladi. Dinamik faol mashqlarda turli yuklar - amortizatorlar bilan gavdani har tomonga bukib siltanish, sakrash tashlash kabi harakatlar bajariladi.
Dinamik sust mashqlar - sherikning yordami ta’sirida, o‘z gavdasi bilan yoki qo‘shimcha ishlatib tashqi qarshilikni engishdir.
Statik faol mashqlar gavdani ma’lum holatda ushlab turadi.
Statik faol mashqlar- mushaklar cho‘zilgani holda tanani ma’lum holatda saqlab turishni nazarda tutadi. Bunda mushaklar bo‘g‘imlarni o‘rab turgan va harakatni ta’minlayotgan paylar qisqarishi hisobiga cho‘zilib maksimalga yaqin bo‘ladi. Mushaklar 5-10 sekund davomida cho‘zilgan holda bo‘ladi.
Statik sust mashqlar gavda holatini tashqi kuchlar ostida-sheriklar, snaryadlar va o‘z gavdasining kuchi yordamida tik tutib bajariladi. Mushak chuzilishidagi sust mashqlarning bajaradigan vazifasi bir xil emas, statik holatda dinamikaga nisbatan ko‘proq. Statik sust mashqlarning dinamikaga nisbatan ta’siri kam.
Aralash mashqlar mushak - cho‘zilishida ham tashqi, ham ichki kuchlarni ta’minlaydi. Ularni bajarishda faol va sust harakatlarni almashtirib turishi zarur. Masalan sherik yordamida asta-sekinlik bilan oyoqlar oldinga ko‘tariladi va 3-4 sekund davomida ushlab turgan holda orqaga sakraladi.
Egiluvchanlikni rivojlantirishning asosiy usuli takrorlash ya’ni mashqlar bajariladi va dam olib, yana bajariladi. Shu holatni ma’lum oraliqda takrorlash ishchanlik qobiliyatini tiklash uchun foydalidir. Bu usulning turli variantlari bor: dinamik mashqlarni takrolash usuli va statik mashqlarni qaytarish usuli. Egiluvchanlikni rivojlantirishning statik mashqlar yordamidagi usuli «stretching» nomini olgan.
Oxirgi yillarda egiluvchanlikni rivojlantirishining yangi noan’naviy usuli paydo bo‘ldi. Masalan V.T Nazarov tomonidan ishlangan mushaklarni biomexanik qo‘zg‘atish usuli.
U biopotensial energiya va to‘lqin tebranishlar nazariyasiga asoslangan, ya’ni mushak kuchlanishining qayishqoqlik energiyasi. Elektromexanik vibrator mushak guruxlarini chastotasini (5-50 gi va undan ko‘p) to‘g‘rilaydi. Vibrator ta’sirida qisqarayotgan mushaklar berilgan chastotada cho‘zilishga majbur bo‘ladi. Bu usul yordamida egiluvchanlik rivojlanishi 10 martagacha tezlashadi. Bundan tashqari biomexanik qo‘zg‘atish seanslaridan keyin mushaklardagi harakat darajasining saqlanish vaqti an’anaviy usulga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi.
Usul muallifning ta’kidlashicha, vibratsiya vaqti-vaqti bilan mushak tomirlarida o‘z-o‘zidan modda almashinishi va qonning shakliy elementlarining ular orqali o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Vibratsiya mexanoretseptorlarni juda kuchli qo‘zg‘atadi va MATga ta’sir qilib, bosh miya po‘stidagi harakat zonalarida qo‘zg‘alishning mustahkam manbalarini hosil qiladi.
Egiluvchanlik rivojlanshining navbatdagi usuli elektrostimulyasiya va vibrostimulyasiya bilan bog‘liq. Elektro vibrostimulyasiyali usul shunga asoslanganki mushak cho‘zilishiga mashq bajarilayotganida vibrostimulyasiya mushak-antagonistlarga yo‘liqadi, elektrostimulyasiya esa mushak-sinergistlarga uchraydi. Bu harakat amplitudasini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega, chunki tayanch-harakat apparatida faol harakat yuzaga keladi. Mushak-sinergistlar va mushak-antagonistlarni bir vaqtda rag‘batlantirishi u yoki bu bo‘g‘imdagi harakatning eng qulay tizimi shakllanishiga ta’sir qiladi va faol egiluvchanlik sust egiluvchanlik ko‘rsatkichlari bilan yaqinlashadi.
Bu usulning samaradorligi yuqori chunki, qisqa vaqt ichida 30% harakat darajasini ko‘taradi.
Egiluvchanlikni rivojlantirishning aralash usuli.
Ulardan biri sust mushak cho‘zilishining dastlabki usuli bo‘lib, faol statik kuchlanishni kamaytiradi (bo‘shashtirish) va keyinchalik cho‘zadi. Chet el adabiyotlarida «kontraksiyasi, relaksatsiyasi va cho‘zilish usuli» nomini olgan. Uning asosida mushaklar cho‘zilganidan keyin nafaqat kuchli qisqaradi, balki yana ham egiluvchan bo‘ladi.
Egiluvchanlikning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlarni rejalashtirganda bir qator usuliy talablarga rioya qilish kerak.
Amplitudani oshirishdagi yuk bilan bajariladigan sust mashqlarda alohida ehtiyotkorlikni saqlash kerak. Harakat amplitudasini ko‘proq egallash uchun ma’lum maqsadlar belgilab olinadi (ma’lum bir balandlikda osilgan to‘pga oyoq kaftini tekkizish, shpagat ochish, oldinga egilib kaftni polga tekkizishi).
Harakat amplitudasi pasayishi va mushaklarda kuchli og‘riq paydo bo‘lishi bilan cho‘zilish mashqlarini to‘xtatish kerak.
Vaqt-vaqti bilan bo‘g‘imlardagi harakatning yaxshilanishini chizg‘ich, goniometr, devordagi belgilar bilan tekshirib turish kerak.
Egiluvchanlik mashqlarini bajarish to‘xtatilganda uning darajasi asta-sekin pasayib, 2-3 oydan keyin avvalgi holatiga qaytadi.
Egiluvchanlikni rivojlantirish ustida ishlaganda, kuch sifatlariga oid mashqlar bilan birgalikda olib borish kerak. Qo‘shimcha yuklama qo‘llangan bo‘g‘imlardagi harakatchanlikning kattaligi 50 % oshmasligi kerak.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin