O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə103/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Muvofiqlashtirilganlik - qo‘yilgan vazifa, organizm holati va faoliyat shartlariga mos bo‘lgan muvofiqlashgan harakatlar yig‘indisi. U turli insonlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Insonning muvofiqlashtirilganligini baholashda turli muvofiqlik qobiliyatlarini aks ettiruvchi bir qator mezonlarni qo‘llash maqsadga muvofiq. Ushbu mezonlar asosida turli insonlarning harakat amallarini boshqarish samaradorligi darajasini baholash mumkin.
Ma’lumki, maktabgacha va maktab yoshidagi ba’zi bolalar muvofiqlik testlarida o‘z tengdoshlari yoki kattalarning ham o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ko‘proq natijaga erishadilar (V.S.Farvel). Bu hol, bolalarning muvofiqlik sohasida o‘ta yuqori layoqatlari borligidan darak beradi.
Shundan kelib chiqqan holda, muvofiqlik layoqatlariga insonning, turli murakkablikdagi muvofiqlashuv masalalarni yechish jarayonida namoyon bo‘luvchi va harakat amallarini boshqarish muvaffaqiyatini ta’daqlovchi xususiyatlari yig‘indisi deb ta’rif berish mumkin.
Muvofiqlik layoqatlarining tabiiy asosi bo‘lib organizmning tug‘ma, nasliy va anatomo-fiziologik xususiyatlarini qamrab oluvchi qobiliyatlar xizmat qiladi. Ularga asab tizimining xususiyatlari (kuch, harakatchanlik, asab jarayonlarining turg‘unligi), bosh miyaning tuzilishi, uning alohida sohalarini yetuklik darajasi, sensor tizimlarning rivojlanish saviyasi, asab-mushak apparatining tuzilishi va ishlashi, ruhiy jarayonlarning xusu-siyatlari (sezish, xotira, diqqat, fikrlash), fe’l-atvor va boshqalar kiradi (Y.F.Kuramshin, 1985)
Muvofiqlik layoqatlari insonning u yoki boshqa faoliyatga qobiliyati borligini tavsiflaydi u ma’lum ko‘nikmalar va bilim olish jarayonida takomillashadi. Aytilganlardan, muvofiqlik layoqatlari va harakat ko‘nikmalari turli tushunchalar bo‘lishiga qaramasdan o‘zaro chambarchas bog‘liq ekanligi kelib chiqadi.
Chaqqonlik - muvofiqlashtirish layoqatlarining
majmuaviy namoyonligi sifatida
Ko‘p yillar davomida ilmiy-usuliy bo‘lishi adabiyotlarda «chaqqon» deganda nimani tushunish kerak, uni qanday belgilari mavjudligi, chaqqonlikning insondagi boshqa xususiyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi masalalari keng munozaraga sabab bo‘lib kelmoqda (N.A. Bronshteyn; V.M.Zatsiorskiy; V.I.Lyax; va boshq.). Lekin hozirgi kungacha olimlar orasida chaqqonlikning aniq ta’rifi mavjud emas. Turli va juda qarama - qarshi fikrlar mavjud. Bir hollarda chaqqonlik muvofiqlanganlik, muvofiqlash layoqatlari bilan belgilansa, boshqa hollarda muvofiqlash layoqatlari ko‘rsatkichlarining hosilasi, uchinchi holda-muvofiqlash layoqatlarini namoyon bo‘lishini chegaralovchi, insonning psixomotor xususiyatlari bilan bog‘laydilar. Bunda, chaqqonlikning o‘lchovlari sifatida turli belgilar ishlatiladi.
Insonning bu sifatini tabiatini o‘rganishda N.A. Bronshteynning «Chaqqonlik va uni rivojlanishi» (1991) nomli kitobining o‘rni katta.
CHaqqonlikning muvofiqlash, uning o‘ziga xos belgilari, namoyon bo‘lish shakllari to‘g‘risida keltirilgan nazariy g‘oyalar va qarash-lar «chaqqonlik» tushunchasini hajdaqi aniqlash va ma’nosini tushunishga imkon yaratdi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, chaqqonlik faqat sharoitning kutilmagan va og‘irlashgan vaziyatlarida, insondan bunday vaziyatlardan tez, aniq harakatlar kutilayotgan, to‘satdan va oldindan aytib bo‘lmaydigan hollarda namoyon bo‘ladi.
Chaqqonlik muvofiqlash layoqatlarining integral ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Muvofiqlash layoqatlari va chaqqonlik-ning farqi shundaki, muvofiqlash layoqatlari xaraktlarning muvo-fiqlashtirilganligini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat-ning barcha turlarida, chaqqonlik esa harakatlarni tez o‘zgartirish, zukkolik bilan kutilmagan harakat qilish kerak bo‘lgan vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Bulardan kelib chikqan holda chaqqonlikka insonning ixtiyoriy kutilmagan harakat vazifasini to‘g‘ri, unumli echish xususiyati deb qarash mumkin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin