O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə140/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Birinchi guruhga qisqa muddatli operatsiyalarni (amallarni) bajarish bilan bog‘liq mehnat turlari birlashtilgan. Ular katta bo‘lmagan jismoniy yuklamani talab qiladi va ish harakatlarining bir maromliligi bilan farqlanadi. Ish, odatda, gavdani bir oz oldinga egib o‘tirgan holatda bajariladi. Asosiy ish harakatlari – kuchlanishli, diqqat-e’tiborni talab qiladigan qo‘llar harakati (masalan, tikuvchilar, mexanizm yig‘uvchilar, perforatorchilar, chilangarlar va b.). Gimnastika majmuasida quyidagi mashqlar ketma–ketligi tavsiya etiladi:
1-mashq – tortilish.
2-mashq – qo‘llar va oyoqlarni harakatlantirib burilishlar, yon tomonlarga va oldinga egilishlar.
3-mashq – 2-mashqni ancha yuqori sur’atda bajarish.
4-mashq – o‘tirib-turishlar, sakrashlar, yugurishlar, sport yurishi.
5-mashq – o‘rtadan past sur’atda oyoqlar, qo‘llar bilan siltanib harakatlanishlar.
6-mashq – qo‘l mushaklarini bo‘shashtirish.
7-mashq – aniqlikka va koordinatsiyaga yo‘naltirilgan mashqlar.
Ikkinchi guruho‘rtacha jismoniy kuchlanishlar, ancha sezilarli darajadagi diqqat-e’tibor, mehnat harakatlarining turli-tumanligi (masalan, dastgohchilar: tokarlar, frezerchilar, karuselchilar, shlifovkachilar) bilan tavsiflanadigan kasblarni birlashtiradi. Mashqlar majmualari tarkibiga ishlab chiqarish mehnati jarayonida ishtirok etadigan mushaklarni harakatga jalb etmaydigan quyidagi turli dinamik mashqlar kiritiladi:
1-mashq – tortilish.
2-mashq – cho‘zilish, gavda, qo‘llar, oyoqlarning mushaklarini bo‘shashtirish.
3-mashq – oldingi mashqni ancha yuqori sur’atda bajarish.
4-mashq – oyoqlar va qo‘llarni siltash harakatlari.
5-mashq – o‘tirib-turishlar, sakrashlar, yugurish, sport yurishi.
6-mashq – boldir va tovon mushaklarini bo‘shashtirish orqali oyoqlarni siltash harakatlari.
7-mashq – eng faol ishlayotgan mushak guruhlarini bo‘shashtirish.
8-mashq – aniqlikka va koordinatsiyaga yo‘naltirilgan mashqlar.
Uchinchi guruhga katta jismoniy yuklamalar, nisbatan yuqori sur’atda bajariladigan ishchi harakatlari (masalan, qurilish ishchilari, shaxtyorlar va b.) bilan bog‘liq kasblar kiritilgan. Mashqlar majmuasining asosiy yo‘nalishi – bu organizmni umumiy, har tomonlama mustahkamlash. Mashqlar sekin, chuqur nafas olish bilan bajariladi. Majmuaga, odatda, quyidagi mashqlar kiritiladi:
1-mashq – keyinchalik qo‘llar va elka kamari mushaklarini bo‘shashtirish orqali tortilish.
2-mashq – qo‘l mushaklarini bo‘shashtirish.
3-mashq – butun gavda mushaklarini (o‘tirgan yoki yotgan holatda) bo‘shashtirish.
4-mashq – yon tomonga egilishlar, gavdani burishlar.
5-mashq – o‘rtacha va tez sur’atda qo‘llarni siltash harakatlari.
6-mashq – hamlalar, o‘tirib-turishlar, sakrashlar, yugurish.
7-mashq – diqqat–e’tibor va koordinatsiyaga yo‘naltirilgan mashqlar.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin