Jismoniy tarbiyada ishlatiladigan maxsus va umummetodik uslublar tizimi Har bir uslubning pedagogik faoliyatda foydalanish tezligi bo‘yicha bir nechta turi ifodalangan.
Qat’iy tartiblashtirilgan uslub. Mazkur uslub harakatli mashqlar (yoki ularning elementlari)ni qat’iy tartiblashtirilgan sharoitlarda ko‘p marta qayta takrorlashdan iboratdir, undan quyidagi holatlarda foydalaniladi:
qat’iy belgilangan harakat dasturida (harakat tarkibi, ularning o‘zgarishi va bir-biri bilan aloqasi tartibi);
yuklamani qat’iy me’yorlashtirish va mashq jarayonida uning dinamikasini to‘la boshqarishda;
dam olish oraliqlarini qat’iy tartibga solish va ularni belgilangan tartibda yuklama bilan navbatlashda.
Shug‘ullanuvchilarning faoliyati shunday tartiblashtiriladiki, bunda yangi malaka va ko‘nikmalarni egallash uchun optimal sharoit yaratish yoki muayyan fazilat va qobiliyatlarni o‘stirish uchun yo‘naltirilgan, ko‘proq tanlangan ta’sir ta’minlanadi. Harakatlarni dastlabki o‘zlashtirish va keyin yanada takomillashtirishning xususiyatlariga qarab mashq uslublari har xil shaklda bo‘ladi.
Qat’iy tartiblashtirilgan mashq uslubi Bu uslub yuklama miqdorini oshirish, dam olish bilan navbatlash va h.k., harakatlarni qattiq tartiblashtirish shakllari, harakatning ko‘p marta bajarilishi bilan tavsiflanadi. Bu guruhga tegishli uslublar bir-birini to‘ldiradi va ko‘pgina shartlar bilan muvofiqlikda qo‘llaniladi. Ular o‘quv vazifasini aniqlaydi: o‘quvchilarning guruhli va shaxsiy xususiyatlari, ta’lim bosqichlari, o‘quv materialining mazmuni va xarakterini, ta’limning mahalliy sharoitlari hamda o‘quv vositalarining mavjudligi (asbob-anjomlar, jihozlar) va boshqalarni aniqlaydi.