O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə41/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

3) Axborot funksiyasi. Jismoniy tarbiya vositalari va ularni ko‘paytirish yo‘lida, avloddan avlodga qimmatbaho ma’lumotlarni qoldirishda va ularni yig‘ishda inson va uning imkoniyatlari katta o‘rin egallaydi.
Jismoniy tarbiya sohasida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar insonni o‘zini tabiiy sifatlarini takomillashtirish va uni yutuqlarini tashish axboroti bo‘lib xizmat qiladi. Kundan kunga jismoniy tarbiya va sportda ko‘pgina yangi ma’lumotlar paydo bo‘lyapti va ular asoisda qonuniyatlar topilayapti.
Masalan: sportni ilmiy tomondan tekshirish, bizning organizmimizning funksional imkoniyatlarini, fiziologiyada hozirgacha ma’lum bo‘lmagan faktlarni ochib berdi.
Bugungi kunda jahonda sport bo‘yicha musobaqalar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga, insonlar salomatligini rivojlantirishga, turli xil kasalliklarni oldini olishga qaratilgandir. Sportni ommaviy tarzda targ‘ib qilinishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham, butun dunyo ommasini ham unga jalb qilishdir.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish shaxslar, jamoalar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalar million-million xalqlarni birlashtirib, eng ko‘p tarqalgan shakllardan biri bo‘lib qoldi. Jismoniy tarbiya harakatini o‘sib boruvchi oqimida xalqaro shakllarini ham hisobga olganda xalqlar o‘rtasida, do‘stlik va tinchlik orqali g‘oyaviy birlashish va do‘stona aloqa qilish turibdi. “Sport tilining” universalligi, hamma insonlarni tarjimasiz tushunishi, haqqoniy kurasha olishi, kishilarni tarqatmasdan balki birlashtirishga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va internet saytlari
1.Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. 1 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.-2015 220 b.
2.Salamov R.S. “Sport mashgʻulotlarining nazariy asoslari”. 2 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.,-2015 210 b.
3.Курамшин Ю.Ф. “Теория и методика физической культуры”. Учебник. Москва. – 2010. 210 с.
4.Матвеев Л.П. “Общая теория спорта и ее прикладные аспекты”. Учебник. СПб. «Лань»., 2005г.
5.Юнусова Ю.М. “Теоретические основы физической культуры и спорта”. Учебная пособия. T.,-2009 250 с.
6Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati”. Darslik. T.,- 2005. 300 b.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin