O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə37/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati
U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi va hunariga oid malum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning malum sohasini o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu etakchi tushunchalarning mazmuniga bog‘liq. Ularning mazmuni va hajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ko‘pdan-ko‘p hodisalari va masalalarini to‘g‘ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallab bo‘lmaydi.
Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini morfologik va funksional ji’atdan takomil-lashtirishga, uninghayoti uchun mu’im bo‘lgan asosiyharakat malakasini, ma’oratini, ular bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Masha shu taorifda jismoniy tarbiyaning insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o‘ziga xosligi taokidlab o‘tilgan.
Jismoniy tarbiyaga oid bo‘lgan bu o‘ziga xoslikning tarkibida ikkita alohida maonoga ega bo‘lgan «jismoniy bilim» va «jismoniy sifatlarni rivojlantirish» deb atalgan tushuncha yotadi.
«Jismoniy bilim» termini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit «o‘z vujudini tarbiya» qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligihaqida gapirgan edi.
Jismoniy bilim jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy tushunchalar va ularni lozim bo‘lganda turmushda qo‘llash mahorati va ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi.
Pestalotsi bolalarning «vujudini tarbiyalash»ni astoydil yoqlab chiqqan P.F. Lesgaft jismoniy bilim berishni, jismoniy tarbiyaning kengaytirilgan maonosi deb tushun-tirgan. Lekin Lesgaftning jismoniy tarbiya haqidagi talimotning asosiy g‘oyasi tom maonodagi jismoniy talim g‘oyasi edi.
P.F. Lesgaft jismoniy tarbiya jarayonida bolalar «ayrim harakatlarni ajratib olishlari va ularni o‘zaro taqqoslashni, ularni ongli ravishda boshqarishni va to‘siqlarga moslashtirishni, bu to‘siqlarni iloji boricha chaqqonlik va qattiyat bilan o‘tishni (engishni), boshqacha qilib aytganda, iloji boricha kamroq vaqt mobaynida oz me’nat sarflanganholda, ongli ravishda eng ko‘p jismoniy ish qilishni, yo’ud ko‘rkam va g‘ayrat bilanharakat qilishni o‘rganishlari kerak, deb hisoblardi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayoni deb qaraladi. Bu tushuncha kuch, tezkorlik chidamlilik, egiluvvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
Bir butun jarayonning shu tomonlari bir-biri bilan musta’kam bog‘langan. Masalan, agarda o‘quvchilar yugurish mashqlarini ko‘p marotabalab, uning bajarilish texnikasini o‘zlashtirish maqsadida takrorlayversalar, shu vaqtning o‘zida ham kuch,ham chidamlilik va ayrim hollarda tezkorlik ham tarbiyalanadi. Boshqa tomondan, o‘sha yugurish mashqlarni katta tezlik bilan takrorlansa (tezkorlikni tarbiyalash uchun), uholda mashq texnikasi musta’kamlanadi va takomillashadi, shu vaqtning o‘zida esa taolim, bilim berish vazifalari ham hal qilinadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida, hattoki shug‘ullanuvchilarning ruiy holatiga, ularning emotsiyasiga (his tuyg‘usiga), irodasiga, axloqining namoyon bo‘lishigaham taosir ko‘rsatadi. Ana shular hisobiga tarbiyaviy vazifalarning hal qilinishi uchun kerak bo‘lgan sharoit yuzaga keldi.
Jismoniy tarbiya jarayonida hamisha ham tarbiyaviy, ham ta’limiy elementlarning mavjudligi uni bir butun pedagogik jarayon deb qarashga olib keladi. Qayd qilingan elementlar qo‘yilgan vazifaga qarab,har biri alohida ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Jismoniy tarbiyada jismoniy rivojlanish qonunlari ham, jismoniy tarbiyaning ijtimoiy qonunlari ham aks etadi. Jismoniy tarbiyaning sotsial qonunlaridan foydalanishi, xarakteri va usuli aslida jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tuzumidan kelib chiqadi. Bu jismoniy tarbiyaga ijtimoiy xarakter beradi, sinfiy jamiyatda esa tarbiya xukmron sinflarning manfaatlariga bo‘ysundirildi.
Jismoniy tarbiya abadiy kategoriyadir, shu maonodaki tarbiyaning bu yo‘nalishi jamiyat paydo bo‘lgandan beri mavjud bo‘lib, bunday tuzum ham ijtimoiy ishlab chiqarishning va insonhayotining zaruriy shartlaridan biri sifatida davom etaveradi (A.D. Novikov, 1959).
Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu asosan jamiyatda inson jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qila olishligi va ayni paytda uning maonaviy kamolotiga ham kuchli ta’sir ko‘rsata olishligidadir. Mazkur xususiyat jismoniy tarbiyaning barchaga barobar umumiy qo‘llaydigan xususiy belgisidir. Lekin jamiyatning real hayotida konkret tarixiy sharoitlardan tashqarida bo‘lgan jismoniy tarbiya umuman yo‘q.har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyada jismoniy tarbiyani amalga oshirishning konkret tarixiy tipi rivoj topadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin