O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə51/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

So‘zlab berish – bayon qilishning xikoya shakli. Ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘yin faoliyatini tashkil qilish vaqtida qo‘llaniladi.
Tasvirlash – bolada harakatlar to‘g‘risida tasavvur hosil qilish usuli. Tasvirlash vaqtida harakatning o‘ziga xos belgilari ro‘yxati beriladi. Nima qilish kerakligi, nima uchun shunday qilish kerakligi aytiladi, ammo ko‘rsatilmaydi. Undan dastlabki tasavvur vujudga keltirish vaqtida yoki nisbatan oddiy harakatlarni o‘rganish vaqtida foydalaniladi. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘zlarining bilim va tajribalaridan foydalanishlari mumkin.
Tushuntirish. Harakatlarga ongli munosabatni rivojlantirishning muhim usuli, chunki u asosiy “nima uchun?” degan savolga javob berishga, texnika asosini ochishga qaratilgan.
Suhbat. Bir tomondan o‘z fikrini bayon qilishga, ko‘nikmani mustahkamlashga, faollikni oshirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan o‘qituvchiga muayyan ishni baholash, o‘quvchilarni bilishda yordamlashadi. Suhbat o‘qituvchining savollari va o‘quvchining javoblari ko‘rinishida yoki qarashlarni erkin aniqlash ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Tahlil qilish. suhbatdan shu bilan farq qiladiki, u biror-bir topshiriq (masalan, o‘yinlar) bajarilganidan keyin o‘tkaziladi. Tahlil bir tomonlama bo‘lishi mumkin, uni faqat o‘qituvchi o‘tkazadi, ikki tomonlama tahlilda o‘quvchilar ishtirok etadilar, u suhbat ko‘rinishida bo‘ladi. Ikkinchi shakli ilmiy va tarbiyaviy vazifalarni ko‘proq samarali echishga imkon beradi.
Topshiriq. Dars oldidan darsning borishi bo‘yicha shaxsiy vazifalar qo‘yishni nazarda tutadi.
Baholash. Harakatning bajarilishi tahlili natijasidir. Baholash mezoni o‘quv jarayonining vazifalariga bog‘liq. SHuning uchun bu bir necha turga ega.
1. O‘quvchini boshqa o‘quvchining mashq texnikasini bajara olishi bilan taqqoslash orqali baholash. Bu o‘quvchining muntazam mashg‘ulotlarga qiziqishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
2. Mashq bajarilishining standart texnikasiga qiyoslash yo‘li bilan baholash, bu ta’limning boshlang‘ich bosqichida – hali o‘quvchilarning namunaga taqlid qilish qobiliyati imkoniyatlari chegaralangan vaqtda qo‘llaniladi.
3. Harakatning regulyativligini aniqlash yo‘li bilan baholash, odatdagidek, didaktik barqarorlikning eng ko‘p qismini egallaydi. U o‘quvchini mashq bajarishida erishilgan natijalari bilan mashq texnikasini taqqoslashga va uni individuallashtirish usullarini qidirishga majbur qiladi. Biroq bunday baholash faqat jismoniy tarbiyaning samaradorligiga texnik jihatdan bajarilish holini tushunadigan va o‘zining harakatini tanqidiy baholay oladigan, yaxshi tayyorlangan o‘quvchilar uchun yaroqlidir. Baholash mezoni o‘qituvchining ma’qullashi yoki ma’qullamasligini aks ettiruvchi “yaxshi”, “to‘g‘ri”, “shunday”, “yomon”, “noto‘g‘ri”, “unday emas”, “oyoqlar yuqoriroq”, “bukilmasin”, “qo‘llar bukilmasin” va h.k. kabi xilma-xil turdagi tanbehlarda ifodalanadi.
O‘qituvchi shunga o‘xshash qisqa-qisqa tanbehlarini asoslashi kerak.
Buyruq – o‘ziga xos va jismoniy tarbiyada so‘zdan foydalanishning eng ko‘p tarqalgan uslubidir. U harakatning darhol bajarilishiga, uning tugallanishiga, yoki harakatlar bajariladigan tezlik darajasining o‘zgarishiga tegishli bo‘lishi mumkin va h.k.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin