Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi o‘qish malakalarini takomillashtirish,kitob tanlay oladigan , muntazam kitob o‘qiydigan, kitobni to‘g‘ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
Sinfdan tashqari o‘qish darslari 1-2-sinfda haftada 1marta,
3-4-sinfda 2 haftada 1marta o‘tkaziladi.
STO‘ darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil o‘qish malakalarini tarbiyalash hisoblanadi.
Sinfdan tashqari o‘qish bosqichlari.
1.Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi.Unga darsning bir qismi 17-20 daqiqasi ajratilganni uchun STO‘ mashg‘uloti deb yuritiladi.
2.Boshlang‘ich bosqich.Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to‘g‘ri keladi.Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.
3.Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to‘g‘ri keladi.Bu davrda o‘quvchilarning o‘qish malakalari mustahkamlanadi.
Sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlash va tavsiya etish.
1.Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko‘zda tutiladi.
2.Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e’tiborga olinadi.
3.Kitobning o’quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi.
Kitob tanlashda o’quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o’qishi hisobga olinadi.
5.Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi.
Amaldagi o’quv dasturi sinfdan tashqari o’qish borasida o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim,malaka va ko’nikmalarni belgilab,boshlang’ich ta’limning har bir bosqichi uchun alohida-alohida ko’rsatmalar beradi.
1-sinfda
-o’quvchilarning o’qish malakasini o’stirish;
-badiiy kitob orqali mustaqil o’qish ko’nikmasini hosil qilish;
-ona Vatan,uning tabiati,mamlakatimizning bugungi hayoti va sayr sayohatlardan olgan taassurotlarniso’zlash,rasmda ifodalash,kichik hajmli matn tuzish;
-mustaqil ravishda asar mutolasiga o’rganish qahramonlar nomini yozish, ularni tasvirlab ijodiy rasm chizish , fikr yakuniga mos maqollar toppish va yod olish ;
2-sinf
O’qish materiallari (17 soat)
- 8-30 betli bolalarbop badiiy ,ilmiy kitoblar;
- ovozsiz mustaqil o’qish va tanlab ovoz chiqarib o’qish uchun 1-5 bet hajmli she’r ertak va hikoyalar.
3-sinfda(17 soat)
Sinfdan tashqari o’qish ko’lami kengayib,o’zbek va jahon adabiyoti namunalarida,bolalarjurnali va gazetalarida kichik kitobxon uchun berilgan asarlarni o’qish tavsiya etiladi.
4-sinf(17 soat);
Sinfdan tashqari o’qish mashg’uloti sinfda o’qish dasturi bn uzviy bog’lanib,undagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun yaqindan yordam beradi.
. Individual sinfdan tashqari ishlarning shakllari. Individual sinfdan tashqari tarbiyaviy ishning umumiy maq- sadi — shaxsning to‘laqonli rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish bolada ijobiy „men“ konsepsiyasini shakllantirish hamda uning shaxsidagi xilma-xil tomonlarni, individual imkoniyatlarini rivojlantirishdan iboratdir.
.
Individual ishning mohiyati bolani umumlashtirish, unda o‘z- o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojini shakllan- tirishdan iborat. Individual ishning samaradorligi oldiga qo‘yilgan maqsadga muvofiq ish shaklini aniq tanlashgagina emas, balki bolani ma’lum bir faoliyat turiga jalb qilishga ham bog‘liq. Haqiqatda individual ish bolaning adabini berib qo‘yish, unga tanbeh berish, uni koyishdan iborat bo‘lgan vaziyatlarni tez-tez uchratish mumkin
Bola bilan olib boriladigan individual ish pedagogdan kuzatuv- chanlikni, nazokatni, ehtiyotkorlikni, sermulohazalikni talab etadi. Uning samaradorligida pedagog bilan bola o‘rtasida aloqa o‘rnatilishi asosiy shartlardandir. Quyidagi shartlarga rioya qilingandagina bularga erishish mumkin:
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik qilish shakllari STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday darslar erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar shakllanadi.Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo’ladi. Har bir dars o’qituvchi va o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi.
SHularga qaramay, STO’ darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun ma’lum talablarga bo’ysunadi. Ular quyidagilardir:
1. Har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o’qigan va o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikki-uch o’quvchi o’zlari o’qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o’zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqpri vaqtda ham davom etishi mumkin).
2. Har bir darsda o’qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatish, sinfda ko’rgazma tashkil etish, o’quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish, rasmlarni ko’rsatish yoki filьm namoyish etishdan iborat bo’lishi mumkin.
3. Har bir darsda o’quvchilarga asarni yaxlit holda o’qitish mumkin. Agar asar hajmi kattaroq bo’lsa, bu ish ikki-uch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar o’zlari o’qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o’qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.
Mashg‘ulotning mavzusi, mazmuniga alohida ahamiyat berib, uning maqsadini ifodalashga formal yondashadigan yoki uni umuman e’tibordan chetda qoldiradigan pedagoglar noprofessional ish ko‘radilar. Bunday holda tarbiyaviy ishning maqsadga yo‘naltirilganligi va sistemaliligi yo‘qoladi. Mashg‘ulot modelini tayyorlash natijalari sinf tarbiyaviy mashg‘uloti konspektida aks ettiriladi. U quyidagicha tuziladi: 1. Mashg‘ulotning nomi. 2. Maqsadi, vazifalari. 3. Jihozlanishi. 4. O‘tkazish shakli. 5. Borishi.
Mavzu : Sinfdan tashqari o’qish. ( Kitob haqida maqollar o’rganish)
Darsning maqsadi :
1) ta’limiy maqsad : to’g’ri ravon va ifodali o’qish malakasini takomillashtirish, kiobning yaratilishi, uning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish ;
2) tarbiyaviy maqsad : o’quvchilarni kitob o’qishga qiziqtirish, uni asrash yo’llarini o’rgatish ;
3) rivojlantiruvchi maqsad : ravon, to’g’ri va ifodali o’qish malakasini rivojlantirish .
Darsning turi : yangi bilim beruvchi .
Darsning metodi : suhbat metodi .
Darsning jihozi : darslik, kitoblar ko’rgazmasi, testlar .