O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Bir butun konstruktiv mashqlar uslubi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə60/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Bir butun konstruktiv mashqlar uslubi
Bu uslub ta’limning har qanday bosqichida qo‘llaniladi. Nisbatan oddiy mashqlarda va o‘quvchilar tayyorgarligining etarlicha yuqori darajasida yakunlovchi mashqlarga zarurat bo‘lmaydi va, umuman, o‘rganish uslubidan ta’limning dastlabki bosqichlarida foydalansa bo‘ladi. Undan o‘rganishning yakunlovchi bosqichida har qanday harakatni o‘rganish vaqtida foydalaniladi.
O‘yin uslubi
O‘yin uslubi jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan o‘yinlar uchun xos ko‘pgina belgilarga ega. O‘yin nafaqat jismoniy tarbiyaning vositasi (ya’ni jismoniy mashqlarning o‘ziga xos tizimlari bilan), balki tarbiya va ta’limning samarali uslubi hamdir. Shuning uchun o‘yin uslubi tabiatini tushunish umuman o‘yinning mohiyatini tushunish demakdir.
O‘yin tarixning eng dastlabki bosqichlarida yuzaga kelgan va butun jamiyat madaniyati bilan birgalikda rivojlanib, kishilarning dam olishiga, vaqtlarini quvnoq o‘tkazishlariga, bilimlariga bilim qo‘shishga, ma’naviy va jismoniy tarbiyasiga, ularning turli ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilib keldi va xizmat qilmoqda. Lekin o‘yin azaldan pedagogik vazifani ado etib kelgan va tarbiyaning aosiy vositasi va metodlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Tarbiya sohasida o‘yin metodi degan tushuncha o‘yinning metodik xususiyatlarini, ya’ni tarbiyaning boshqa metodlaridan (shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish kabi xususiyatlari jihatdan) farq qiladigan tomonlarini ifoda etadi. Bu erda shuni qayd etish lozimki, o‘yin metodining keng ommalashgan biror aniq o‘yin, masalan, voleybol, futbol yoki harakatli o‘yinlar bilan bog‘langan bo‘lishi shart emas.
O‘yin uslubining eng xarakterli belgilari quyidagilardan iborat:
1. Faoliyatni obrazli yoki shartli syujet (o‘yinning maqsadi, rejasi) asosida tashkil etish, bunda vaziyatning doimo va ko‘pincha kutilmaganda o‘zgarishi bilan muayyan maqsadga erishish nazarda tutiladi.
2. Maqsadga erishish usullarining xilma-xilligi va faoliyatning majmuali xususiyatga ega bo‘lishi. O‘yinda maqsadga erishish mumkinligi, odatda, biror-bir harakat usuli bilan qat’iy bog‘liq bo‘lmaydi. O‘yin qoidasi doirasida yutishning xilma-xil yo‘llari mavjuddir. O‘yinda harakatlarning bajarilish sharoitlarida kurash olib borishning shartlari haddan tashqari o‘zgaruvchan. Demak, o‘yinchilar vujudga kelgan vazifalarni echishning turli xil usullarini egallashlari kerak. Ularda shakllangan ko‘nikmalar esa o‘zgaruvchan sharoitlarga muvofiqlashganligi bilan farq qilishi kerak.
3. Shug‘ullanuvchilarning bemalol mustaqil harakat qilishiga, ularning tashabbus va chaqqonlik ko‘rsatishlariga, topqir bo‘lishlariga, harakat faoliyatlariga yuksak talablar qo‘yish.
4. O‘yin harakatlarida hissiy ko‘tarinkilik va raqobatbardoshlikning yorqin ifodalanishi. Uslublar odamlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro munosabatlarni qayta tiklashga imkon beradi. Shu sababli o‘yin uslubida o‘yinchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sinchkovlik bilan reglamentatsiya qilinadi va tartibga tushiriladi.
5. Xilma-xil harakat ko‘nikmalari va sifatlarning majmuali namoyon bo‘lishi. O‘yinda muvaffaqqiyatga erishish uchun o‘quvchiga bir qancha harakatlar majmuasidan (yugurish, sakrashlar, uloqtirish va x.k.) foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bularning hammasi o‘yinchilarning organizmiga majmuali ta’sir o‘tkazishni ta’minlaydi.
6. Ko‘p hollarda o‘yinchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat biror predmet, masalan: koptok, bayroqcha va h.k. yordami bilan amalga oshiriladi.
Unutmaslik kerakki, o‘yin uslubiga xos jihat qayd qilingan belgilarning hammasi yoki ko‘pchiligining mavjudligidir.Undan ta’limning samarasini tekshirish va umumiy jismoniy tayyorlik darajasini oshirish vositasi sifatida foydalaniladi. O‘yin uslubidan to‘g‘ri foydalanish ongli intizomni, o‘zini tuta bilish, dadillik, matonat, tashabbuskorlik, faollik, va jamoatchilik xususiyatlarini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin