O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Yuklamaning turlari va xususiyatlari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə63/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Yuklamaning turlari va xususiyatlari.
Sport amaliyoti qo‘llanilayotgan yuklamalar o‘z xususiyati xarakteriga ko‘ra mashq va musobaqa, odatiy (ma’lum sport ixtisosligi uchun) va noodatiy turlarga bo‘linadi, o‘stiruvchi ta’sir yo‘nalishi bo‘yicha kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik va ularning aralashmasini rivojlantirishga xizmat qiladi, ruhiy tanglik bo‘yicha ko‘p yoki kam ruhiy taranglikni talab qiluvchi, sportchi tanasiga ta’sir dara-jasi bo‘yicha kichik, o‘rta, sezilarli, katta yuklarga taqsimlanadi.



Yuklamalar

Yuklama kattalik mezonlari

Hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalar



Kichik

Muhim ish qobiliyati davrining 1-fazasi (haqiqiy charchash boshlanguncha bajarilgan ishning 15-20%).

Mashq bilan chiniq-qanlikning erishilgan darajasini saqlab qolish. Avvalgi yuklardan keyin tiklanish jarayonlarini tezlatish



O‘rta

Muhim ishqobiliyati davrining 2-fazasi (haqiqiy charchash boshlanguncha bajarilgan ishning 40-60%)

Mashq bilan chiniqqanlikning erishilgan darajasini saqlab qolish, mashqning xususiy vazifalarini hal etish



Sezilarli

Yashirin (kompensatsiyalangan)
Charchash fazasi (haqiqiy charchash boshlanguncha bajarilgan ishning 60-70%)

Mashq bilan chiniqishni ortishi

Katta

Haqiqiy charchashning vujudga kelishi

Mashq bilan chiniqishni ortishi

Yuklamaning tashqi va ichki tomonlariga tegishli ko‘rsatkichlarni shartli ravishda farqlash qabul qilingan.


Yuklamaning tashqi tomoni - bu mashqlar bajarish davomiyligi, mashg‘ulot mashqlarini takrorlash miqdori, harakat tezligi, tempi, tashilayotgan og‘irlik kattaligi va h.k.
Yuklamaning tashqi ko‘rsatkichlari - murabbiy va sportchini yo‘naltiradi, mashq jarayoni ayrim mashg‘ulotlar va mashq vazifalarini miqdoriy o‘lchamlarini belgilaydi. Mashq ishlarini rejalashtirish va hisobga olishda ulardan foydalaniladi.
Yuklamaning ichki tomoni - bu tananing vazifaviy imkoniyatlarini jalb etish darajasi (CHSS, nafas olish hajmi, qon bosimi va boshqa ko‘rsatkichlar).
Yuklamaning ichki ko‘rsatkichlari - (tananing vazifaviy siljishlari ko‘rsatkichlari) mashqi yuklarinng maqsadga muvofiq hajmini, mashq yuki ta’siri ostida sportchi tanasidagi siljishlar dinamikasini haqqoniy baholashga imkon beradi.
Mashq yuklamaning kattaligi-uningjadalligi (tangligi) va hajmi (miqdori) natijasi sifatida belgilanadi.
Yuklamaning bu kattaliklarini bir paytdagi ko‘payishi ma’lum bir darajaga etguncha davom etishi mumkin, bundan keyin jadallikning o‘sishi hajmini pasayishiga olib keladi yoki aksincha.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin