O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə66/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

2. Sust dam olish – mashg’ulotdan so’ng aqliy tarbiya bilan bog’liq bo’lgan ishlarni o’z tarkibiga olgan holda, faoliyat turini o’zgartirish bo’lib, bajariladigan harakatlar asosan aqliy jarayonlardan iborat bo’ladi.
Sust dam olish – bu usul mashg’ulotlardan so’ng bajarilgan ishning hajmi va shiddati, shug’ullanuvchi-sportchining organizmida yuzaga kelgan o’zgarishlar, shuningdek murabbiy va sportchining o’zoro kelishuvi hamda ijodiy yondashuvlari asosida tanlangan holda qo’llaniladi.
Bu turdagi dam olish va tiklash ishlari quydagilardan iborat;
1. Ko’rish bilan bog’liq bo’lgan ishlar bilan band bo’lish, (Televizor tomosha qilish va turli ko’ngilochar tadbirlarni bevosita kuzatish yoki shu harakatlardan tashkil topgan harakatlarni oddiy holatda kuzatish)
2. Eshitish bilan bog’liq bo’lgan ishlar bilan band bo’lish, (Musiqa, audio eshittirishlar, radio tinglash, ruhiy tanlik va yuzaga kelgan turlli ruhiy emotsional holatlarni meyorlashtirishga ijobiy tasir etuvchi audioyozuvlar va h.k)lar.
3. Dam olish va hissiy tasir etuvchi tiklash tadbirlari, (uyqu, massaj, sauna, issiq dush qabul qilish, kitob mutoalasi, gipnoz va h.k) lar bilan band bo’lish
4. Sportchining o’zi yoki murabbiy bilan o’zoro kelishuvi va ijodiy yondashuvi asosida, turli noananaviy usullarda dam olish turlarini qo’llash.
Sportchi tezlik yo‘nalishidagi, shuningdek muqobillashtiruvchi qobiliyat, tezlik-kuch sifati, texnik, mahoratni oshiruvchi mashg‘ulotlardan keyin tezroq tiklanadi.
Odatda bunday yo‘nalishdagi katta yuklamali mashg‘ulotlardan keyin tiklanish 2-3 kunda yakunlanadi.
Mashg‘ulotlar chidamlilikka yo‘naltirilgan bo‘lsa, sportchi tanasida muhim siljishlarni yuzaga keltiradi va shuning uchun tiklanish jarayoni sekinroq 5-7 kunda ro‘y beradi.
Tiklanish jaryonlari tezligi mashg‘ulotning ko‘pligi va sportchi mahorati darajasiga ham bog‘liq. Yuqori ixtisosligi sportchida tiklanish II va III razryaddagigaqaraganda 1,5-3 marta tezroqyakunlanadi.
Tiklanish jarayonlarining davomiyligiga sportchi tanasining shaxsiy xususiyatlari va yuklamaning umumiy kattaligi ham ta’sir qiladi.
Sportda jahon miqyosida erishilayotgan yutuqlar mashq jarayoni uslubi va mazmunini o‘zgartirish zaruratini vazifa qilib qo‘ymoqda va birinchi navbatda mashq yukining ham hajmini, ham jadalligini oshirish ko‘zda tutiladi.
Mashq yuklamaning o‘sishi, tiklanishining zamonaviy vositalarini tadbiq etilishi sportchilarning moslashish imkoniyatlarini oshishiga, ular yanada yuqori sport yutuqlariga erishishga yordam beradi. 20-25 yil ilgari yosh sportchilar imkoniyatiga to‘g‘ri kelmaydigan holat hozirgi paytda me’yor bo‘lib qoldi. Turli asosiy yo‘nalishdagi yuklarni to‘g‘ri muvofiq-lashtirib va ketma-ket qo‘llab, tiklanishning kattaligi va vaqtini o‘zaro kelishtirib kuniga ikki va uch marta mashq qilish imkoniyati tug‘iladi.
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasida natijalar kundan-kunga yangilanib bormoqda buning bosh sababi esa shug’ullanuvchilar, sportchilar va murabbiylarning yuqori samarador usul va vositalardan foydalnish bilan birgalikda mashg’ulot jarayonida, yuklamalardan so’ng va mash’ulotlardan so’ng odatiy va noodatiy tiklash ishlarini samarali tashkil qilishi va qo’llash asosiy omillardan biri bo’lib qolmoqda.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin