O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va internet saytlari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə67/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va internet saytlari
1.Salamov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. 1 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.-2014
2.Salamov R.S. Sport mashgʻulotlarining nazariy asoslari. 2 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.,-2015
3.Курамшин Ю.Ф. Теория и методика физической культуры. Учебник. Москва. – 2010.
4.Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва. – 1991.
5.Юнусова Ю.М. Теоретические основы физической культуры и спорта. Унебная пособия. T.,-2005


Internet saytlari
1. www.gov.uz – Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali.
2. www.lex.uz – Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
3. http://www.Ziyonet.uz.

  1. Sport.uz.



Mavzu: Jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy tamoyillariga tavsif
Reja:

  1. Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi

  2. Tamoyillar tizimi

  3. Onglilik va faollik tamoyili

  4. Ko‘rsatmalilik tamoyili.

  5. Bajara olish va individuallashtirish tamoyili

  6. Jismoniy tarbiyaning maxsus tamoyillari. Jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi tamoyili

  7. Yuklamalar va dam olishni tizimli uyg‘unlashtirish tamoyili

  8. Rivojlantiruvchi-mashqlantiruvchi ta’sirlarni asta-sekin oshirib borish tamoyili

  9. Yuklamalar dinamikasining moslashtirilgan muvozanati tamoyili.

  10. Mashg‘ulotlarni siklli tuzish tamoyili

  11. Jismoniy tarbiya yo‘nalishlarining yoshga mosligi tamoyili



Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi
Tamoyilning umumiy ta’rifi rus tili izohli lug‘atida biror nazariya, ta’limot, fanning asosiy boshlang‘ich qonuni (qoidasi) sifatida tushuntiriladi. Ta’lim va tarbiya tizimida tamoyil deganda “Yo‘naltiriluvchi qoida”, “Asosiy qoida”, “Ko‘rsatma” tushuniladi. Tamoyillarning amaliy ahamiyati shundan iboratki, ular sinovlar va xatolar qilish yo‘lidan holi ravishda belgilangan maqsadga aniq borishga imkon beradi, vazifalarni hal etish negizini ochadi hamda ularni amalga oshirishning asosiy qoidalarini belgilab beradi.
Ta’lim va tarbiya tizimining g‘oyaviy asoslarini aks ettiruvchi tamoyillar qatoriga jamiyatning tarbiyalash strategiyasiga oid umumiy ijtimoiy tamoyillarini kiritish mumkin. Ular insonning maqsadli har tomonlama rivojlanishini hamda tarbiyaning jamiyat amaliy hayoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash uchun ijtimoiy omillardan (madaniyat, tarbiya, ta’lim) foydalanishni nazarda tutadi.
Jismoniy tarbiya tizimida bu tamoyillar asosiy yo‘naltiruvchi qoidalarhisoblanadi, ularga muvofiq holda butun jismoniy tarbiya amaliyoti amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya tamoyillari jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning hamma tamonlari (aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat, jismoniy) birligini kafolatlaydi. Eng katta sog‘lomlashtiruvchi samarasi: sog‘liqni mustahkamlash va umumiy ish qobiliyatining yaxshi saqlanishini ta’minlaydi; insonni mehnatga va boshqa faoliyat turlariga, jumladan, har tomonlama harbiy xizmatga jismoniy tayyorlash ishidagi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasini aks ettiradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan eng muhim qoidalar jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillarida aks etgan (shaxsni har tomonlama rivojlantirish tamoyili, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy faoliyat bilan birligi tamoyili, sog‘lomlashtirishga yo‘naltiruvchi tamoyili).
Ta’lim va tarbiya tizimida umumiy pedagogik tamoyillar mavjud bo‘lib, ular o‘qitishning( didaktika) asosiy qonuniyatlarini aks ettiradi. Ular jismoniy tarbiyada umumiy metodik tamoyillar ko‘rinishida o‘zgarib, metodikaning qator universal qoidalarini o‘z ichiga oladi. Ularsiz ta’lim va tarbiya vazifalarini Yuksak sifat darajasida hal etish mumkin emas.
Bunday tamoyillardan tashqari, jismoniy tarbiya amaliyotida maxsus tamoyillar o‘rin olgan bo‘lib, ular “Jismoniy tarbiyaning qator o‘ziga xos maxsus qonuniyatlarini belgilab beruvchi va ulardan kelib chiquvchi qoidalar- uning tizimli tuzilishi” tamoyillaridir. (L.P.Matveev, 1991).
Shunday qilib jismoniy tarbiya tizimida bosh qoidalar sifatida ham umumiy ijtimoiy va umumiy pedagogik hamda umumiy metodik va maxsus tamoyillardan foydalaniladi (10-chizma)

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin