4-mavzu. Jismoniy tarbiyaning vositalariga tavsif Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tavsifi. Jismoniy mashqlarning kelib chiqishi va mohiyati. Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilaydigan omillar. Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli. Texnika. Texnikaning asosi, zvenolari va detallari. Jismoniy mashqlarning turkumlanishi. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari. Gigiyenik omillar.
5-mavzu. Jismoniy tarbiyaning umumpedagogik uslublari Jismoniy tarbiyaning umumpedagogik vositalariga tavsif. Ta’limning uslublariga qo‘yilgan umumiy talablar So‘z uslubi. Koʻrgazmalilik uslubi.
6-mavzu. Jismoniy tarbiyaning maxsus uslublari Jismoniy tarbiyaning maxsus uslublariga umumiy tavsif. O‘yin uslubi. Musobaqa uslubi. Qat’iy tartiblashtirilgan mashq uslubi. Harakatlarni o‘rganish jarayonida qismlarga bo‘lib bajariladigan mashq uslubi, yaxlit mashq uslubi. Harakat malakalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonida standart mashq uslubi va o‘zgaruvchan mashq uslubi, kombinatsiyalashtirilgan mashq uslublari, uzluksiz mashq uslubi bo‘yicha aylanma mashg‘ulot, intervalli mashq uslubi bo‘yicha aylanma mashg‘ulot.
7-mavzu. Jismoniy mashqlarni bajarishda yuklama va dam olishning o‘zaro bog‘liqligi Jismoniy yuklama. Yuklamani me’yorlash. Yuklamaning hajmi, shiddati. Yuklama va dam olishni to‘g‘ri navbatlash. Jismoniy tarbiya jarayonida yuklama samarasining miqdor va sifat jihatdan dam olish shart sharoitlarga bog‘liqligi. Faol va sust dam olish. Charchash va qayta tiklanish jarayoni. Topshiriqlarni murakkablashtirish shartlari va yuklamani oshirish shakllari. Yuklamaning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab oshib boruvchi, bosqichma-bosqich oshib boruvchi, to‘lqinsimon shakllari.
8-mavzu. Jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy tamoyillariga tavsif Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga tavsif. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish tamoyili. Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan aloqasi tamoyili. Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga qaratilganlik tamoyili. Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillariga tavsif. Onglilik va faollilik, ko‘rsatmalilik, bajara olish va individuallashtirish, muntazamlilik, taraqqiyot (talablarni asta-sekinlik bilan oshirib borish) tamoyillari.