9-mavzu. Harakat faoliyatini shakllantirishning qonuniyatlari Harakatlarga o‘rgatish jarayonining asoslari. Ko‘nikma va malakani shakllantirish ta’lim jarayoni sifatida. Tushuncha va terminlar. Harakatni bajara olish. Harakat faoliyatini shakllantirish tizimi. Harakat malakasi dasturining shakllanishi. Harakat malakalarida dinamik stereotipning yuzaga kelish. Harakat malakasining shakllanishida ekstrapolyatsiyaning o‘rni. Harakat malakalarining shakllanish fazalari. Malakaning ko‘chishi. Malakaning ijobiy va salbiy ko‘chishi. Harakatni oliy tartibda bajara olish.
10-mavzu. Harakatlarga o‘rgatish jarayoni bosqichlarining xususiyatlari va tuzilishi Harakat faoliyatiga o‘rgatish jarayoniga tavsif. Dastlabki o‘rganish. Chuqurroq o‘rganish. Harakatlarni bajarish malakasini mustahkamlash va yanada takomillashtirish. O‘rgatish jarayonlarining vazifalari. O‘rgatish jarayonlarining uslub va tamoyillar bilan o‘zaro aloqasi.
2-Modul. Jismoniy sifatlar va ularning shug‘ullanuvchilar tayyorgarligidagi o‘rni 11-mavzu. Jismoniy sifatlarning umumiy tavsifi va ularni rivojlantirishni nazorat qilish Jismoniy sifatlarga umumiy tavsif. Jismoniy sifatlar to‘g‘risida tushuncha. Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari. Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining bosqichliligi. Qobiliyatlar rivojining notekis va geteroxronligi (turli vaqtga mansubligi). Jismoniy qobiliyatlarning ko‘chishi. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantrishda yosh xususiyatlari. Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish tamoyillari
12-mavzu. Koordinatsion qobiliyatlarni tarbiyalash Insonning muvofiqlik layoqatlariga tavsif. Chaqqonlikni tarbiyalash uslubiyatining asoslari. Chaqqonlik tushunchasiga ta’rif. Chaqqonlikni oshirishga qaratilgan yuklamalarning o‘zgarishi. Chaqqonlikni tarbiyalash uslubiyati.
13-mavzu. Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalash Tezkorlik tushunchasiga ta’rif. Oddiy va murakkab reaksiya. Tezkorlikning fiziologik va bioximik asoslari. Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalash. Analitik yondoshish uslubiyati. Sensomotor uslubiyati. Murakkab reaksiya tezkorligini tarbiyalash. Harakatdagi ob’ektga bo‘ladigan reaksiya va tanlash reaksiyasi. Tezkorlikni tarbiyalashning vosita va uslublari.